Kenjaev Sirojiddin Nematullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibli shkivli yassi tasmali uzatmaning kinematik va dinamik tahlili”, 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4666.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusov Saloxiddin Zununovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mamaxanov A’zam Abdumajidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaxonov Yunusxon Umarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnologik mashinalar uchun resurstejamkor tarkibli shkivli tasmali uzatma konstruksiyasini yaratish hamda kinematik va dinamik tahlillar asosida hisoblash metodlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasma va shkiv orasidagi ishqalanish koeffisientini hamda tasmaning tortish qobiliyatini oshirish maqsadida etaklovchi shkivi tarkibli bo‘lgan yassi tasmali uzatmaning takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibli shkivning qayishqoq element hususiyatlarini yassi tasmali uzatmaning uzatishlar sonini o‘zgarishini inobatga oluvchi hamda etaklovchi shkivdagi qamrov burchagini o‘zgarishiga bog‘liqligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda ishlab chiqilgan;
4DP-130 arrali jin mashinaning ta’minlagich yuritmasida tavsiya etilayotgan yassi tasmali uzatma konstruksiyasini qo‘llash asosida mashinanig texnologik qarshiligi, yuritgichning mexanik xarakteristikasi, uzatishlar sonining o‘zgarishini inobatga olgan holda ko‘p massali mashina agregatining dinamikasi o‘rganilgan hamda massalarning harakat qonunlari ishlab chiqilgan;
tarkibli shkivli yassi tasmali uzatmaning F.I.K., tortish koeffisienti va tasmaning nisbiy elastik siljishini aniqlash uchun etaklovchi shkivining aylanishlar soni, tasmaning dastlabki taranglik kuchi va qayishqoq element qalinligini maqbul qiymatlari to‘liq omilli tajribalar yordamida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasmali uzatmalarning resurstejamkor yangi konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnologik mashinalarning uzatish mexanizmlari uchun tortish qobiliyati va ishqalanish koffisienti yuqori bo‘lgan tasmali uzatmaning texnink echimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi”dan ixtiro uchun patent olingan («Tasmali uzatma», № IAP 8144. 10.07.2025 y.). Natijada, paxtani qayta ishlash uchun mo‘ljallangan arrali jin mashinasining yuritmasida qo‘llanadigan etaklovchi shkivi tarkibli bo‘lgan yassi tasmali uzatmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
tarkibli shkivli yassi tasmali uzatma bilan jihozlangan arrali jin mashinasing yuritmasida qo‘llanilib, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Denov tekstil klaster” MChJ da joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 25 sentyabrdagi №03/25-2563-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, toladagi iflosliklar yig‘indisi miqdori 0,5%, chigit tukdorligi 0,4% ga kamayganligi, tolani chiqishi 0,3% ortganligi va tasmali uzatmaning ishlash muddati mavjud konstruksiyaga nisbatan 1,5÷2,5 barobarga ortgan hamda PD rusumli ta’minlagichning tasmali uzatma konstruksiyasini takomillashtirish evaziga 205331,5 ming so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.