Habibullaev Davron Xikmatullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayishqoq elementli og‘ma tishli mexanizm konstruksiyasini va parametrlarini asoslash”, 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5091.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Davidboev Baxtiyor Nizomiddinovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarkibli, qayishqoq elementli og‘ma tishli g‘ildiraklari bo‘lgan mexanizmni resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish  va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnologik mashinalar yurutmalaridagi zararli yuklanishlarni amortizatsiyalovchi, vallar burchak tezliklarining notekislik koeffisientini kamaytirish imkonini beradigan tarkibli qayishqoq elementli og‘ma tishli g‘ildirakli uzatmaning resurstejamkor konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
og‘ma tishli, tarkibli qayishqoq elementli g‘ildirakli uzatma kinematik xarakteristikalarini va yuklanishlarini aniqlash imkonini beruvchi hamda uzatish nisbatini, tishlarni ilashishidagi aylanma, radial va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni hisoblash ifodalari qayishqoq elementlar bikirlik koeffisientlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
og‘ma tishli, tarkibli qayishqoq elementli g‘ildirakli reduktorning oraliq hamda chiquvchi vallarini burchak tezligining notekislik koeffisienti va o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchning optimal miqdori, qayishqoq elementi aylanma bikrlik koeffisentlari, aylanishlar chastotasi hamda texnologik qarshilik momentiga bog‘liq ravishda olingan qonuniyatlar tahlili asosida aniqlangan;
elektrotenzometrik va magnitoelektirik tajribaviy usullar asosida og‘ma tishli g‘ildiraklardagi qayishqoq element aylanish bikirligini ortishi mos ravishda tishli g‘ildirak garniturasi burovchi momenti va burchak tezligi hamda o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchning tebranishlarini chiziqsiz qonuniyatda kamayishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qayishqoq elementli o‘g‘ma tishli uzatma konstruksiyasini va parametrlarini asoslash mavzusida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik mashinalar yurutmalarida qo‘llaniladigan og‘ma tishli uzatmaning dinamik va kinematik xususiyatlarini yaxshilaydigan hamda vallardagi o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchni kamaytirish imkonini beradigan og‘ma tishli uzatmaning texnik echimiga Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» dan foydali model uchun patent olingan («Silindrsimon og‘ma tishli uzatma», FAP 2420 – 13.02.2024 y.). Natijada, chigitni tashuvchi 4ShV vintli konveeri yuritmasi uchun og‘na tishli uzatmaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan S2U-160 rusumli ikki pog‘onali taklibli og‘ma tishli reduktor 4ShV vintli konveeriga qo‘llanilib, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasi” ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 03/25-2750-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan konstruksiyaning mavjud qurulmaga nisbatan resurs tejamkorligi 5-9% ga va reduktordan chiqayotgan shovqinning miqdorini 1,5-2,0 barobarga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish