Akbarov Abduraxmon Iminjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmalarda zanjir tarangligini ta’minlash usullarini tadqiq etish”, 05.02.02-Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4883.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Djuraev Anvar Djuraevich texnika fanlari doktori, professor; Yunus Umarovich Mirzaxonov texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmalarda zanjir tarangligini ta’minlash usularini tadqiq etishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnologik mashinalarning uzatish mexanizmlari uchun ishchi organlarni texnologik jarayonga tez moslashish imkonini beradgan, zanjirining tarangligi avtomatik ta’minlanadigan o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmaning yangi konstruksiyadagi o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma zanjiri tarmog‘i uzunligini aniqlash imkoninin beradigan analitik ifoda koromisloning uzunligi va burilish burchagining o‘zgarishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
taranglash qurulmasidagi prujinaning bosim kuchi hisobiga zanjirning yetakchi tarmog‘ida hosil bo‘ladigan taranglik kuchini aniqlash imkoninin beradigan analitik ifoda zanjir yetakchi tarmog‘ining qiyalik burchagi va markazdan qochma kuch ta’sirini inobatga oluvchi koeffisientni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
o‘qlararo masofasi o‘zgaruvcha zanjirli uzatma zanjirining yetakchi tarmog‘idagi umumiy taranglik kuchini aniqlash imkoninin beradigan analitik ifoda taranglash qurulmasidagi prujinaning bosim kuchini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
yangi konstruksiyadagi o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma zanjiri tarmog‘i uzunligini aniqlash imkoninin beradigan analitik ifoda koromisloning uzunligi va burilish burchagining o‘zgarishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmalarda zanjir tarangligini ta’minlash usularini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnologik mashinalarning rotasion ishchi organlari uzatish mexanizmlari uchun o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmaning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi foydali modeli uchun patent olingan («Zanjirli uzatma»,
№ FAP 01974. 27.05.2022 y.). Natijada, ko‘n yarim mahsulotiga mexanik ishlov beradigan mashina siquv barabani uzatish mexanizmining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
uzatish mexanizmida o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmasi bo‘lgan ko‘n yarim mahsulotiga mexanik ishlov beradigan mashina Namangan viloyatidagi “Yuksalish charm” MChJ va “Sulaymon shox charm” MChJ larida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 20-iyun 2025-yildagi 03-07/1846- son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘n yarim mahsulotiga mexanik ishlov berishda ish unumini 8-10 % ga oshirishga erishilgan.