Barnoev Sanjar Kurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf Hamadoniyning Movarounnahr tasavvuf tariqatlari rivojidagi o’rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1112
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Navruzova Gulchixra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Abduraxim Amonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Xolidaxon Xoliqovna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yusuf Hamadoniyning Movarounnahr tasavvuf ilmi rivojidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning “Maqomoti Yusuf Hamadoniy” asari asosida Yusuf Hamadoniy Xojagon-Naqshband tariqatiga “Hush dar dam” (ogoh, voqif, sergak bo‘lish, har bir nafasini nazorat qilish), “Nazar bar qadam” (hushyorlik, gunoh va g‘aflatda qolmaslik uchun undan ogoh bo‘lish), “Safar dar vatan” (vatan ichra safarda bo‘lsin, xalq orasida bo‘lish, qalbga safar qilish) va “Xilvat dar anjuman” (zohiran xalq bilan botinan Haq bilan bo‘lish) kabi qoidalarni kiritganligi hamda “huzur”, “sukut”, “nafsni tarbiyalash”, “ruhiy poklanish” kabi tamoyillar orqali Movarounnahr tasavvufiy tariqatlarining tarkibiy shakllanishiga ta’sir etganligi aniqlashtirilgan;
Yusuf Hamadoniyning insonning Alloh tomonidan barcha maxluqlarning avvali, azizi va sarvari etib tanlangani g‘oyasida tafakkur orqali mas’uliyatni anglash, koinot bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarda borliq ne’matlari - taom, ichimlik, kiyim, maskanda meyorga amal qilish, issiqlik va sovuqlik, nur va olov, suv va tuproq, havo va shamoldan ehtiyoj darajasida foydalanish, oila va nikoh, xalq bilan birga bo‘lish, uyqu va uyg‘oqlik, harakat va to‘xtashda halollik va poklikka rioya etish, tafakkur va botiniy ishlarda mulohaza yuritish, istak va iroda aqlga, sabrga tayanish tamoyillari rivojlantirilganligi asoslab berilgan; 
Yusuf Hamadoniyning “Rutbat ul-hayot” asari asosida tana, qalb, ruh, sir kabi tushunchalarning odamning hayvoniylik darajasida qolib ketishi yoki insoniylik darajasiga ko‘tarilishidagi o‘rni tana va ruhga munosabatiga bog‘liq ekanligi, tirik - tinchlik (dunyo, ya’ni moddiy narsalar bilan osuda, tinch va sokin) jamiyat bilan bog‘liq hodisa sifatida, tiriklik - xotirjamlik (ilohiy, ma’naviy quvvat bilan) insonning o‘zi, qalbi va ruhi bilan bog‘liq hodisa sifatida uyg‘unlashgani dalillangan;
“Odobi tariqat” asaridagi nafs riyozati, halol luqma, pok libos va maskan, mujohada va zikr orqali tana va ruhni poklash inson komilligi bosqichi ekanligi, tariqat odoblaridagi pok qalb, ilohiy tajalliga tayyorgarlik va ehson darajasiga intilish tamoyillari zamonaviy tarbiya jarayonlarida “halollik vaksinasi”, ma’naviy barqarorlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy himoyani shakllantirish omili sifatida asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf Hamadoniyning Movarounnahr tasavvuf tariqatlari rivojidagi o’rnini tahlil etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning “Maqomoti Yusuf Hamadoniy” asari asosida Yusuf Hamadoniy Xojagon-Naqshband tariqatiga “Hush dar dam” (ogoh, voqif, sergak bo‘lish, har bir nafasini nazorat qilish), “Nazar bar qadam” (hushyorlik, gunoh va g‘aflatda qolmaslik uchun undan ogoh bo‘lish), “Safar dar vatan” (vatan ichra safarda bo‘lsin, xalq orasida bo‘lish, qalbga safar qilish) va “Xilvat dar anjuman” (zohiran xalq bilan botinan Haq bilan bo‘lish) kabi qoidalarni kiritganligi hamda “huzur”, “sukut”, “nafsni tarbiyalash”, “ruhiy poklanish” kabi tamoyillar orqali Movarounnahr tasavvufiy tariqatlarining tarkibiy shakllanishiga ta’sir etganligiga doir ilmiy yangiliklar va xulosalardan O’zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining 2025-yil 12-maydagi 04/11-5967-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xoja Yusuf Hamadoniyning hayot yo’li va ma’naviy merosini tahlil qilish orqali kishilik jamiyati hayotida hushyorlik, ogohlik, tinchlik, mehnatsevarlik maqomlarining tutgan o’rni, asosiy mezon va prinsiplarini aniqlashga xizmat qilgan;  
Yusuf Hamadoniyning insonning Alloh tomonidan barcha maxluqlarning avvali, azizi va sarvari etib tanlangani g‘oyasida tafakkur orqali mas’uliyatni anglash, koinot bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarda borliq ne’matlari - taom, ichimlik, kiyim, maskanda meyorga amal qilish, issiqlik va sovuqlik, nur va olov, suv va tuproq, havo va shamoldan ehtiyoj darajasida foydalanish, oila va nikoh, xalq bilan birga bo‘lish, uyqu va uyg‘oqlik, harakat va to‘xtashda halollik va poklikka rioya etish, tafakkur va botiniy ishlarda mulohaza yuritish, istak va iroda aqlga, sabrga tayanish tamoyillari rivojlantirilganligiga oid lmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 12-maydagi 2-13-21-2461-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yanada mustahkamlashda, shu bilan birga yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuksaltirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan; 
Yusuf Hamadoniyning “Rutbat ul-hayot” asari asosida tana, qalb, ruh, sir kabi tushunchalarning odamning hayvoniylik darajasida qolib ketishi yoki insoniylik darajasiga ko‘tarilishidagi o‘rni tana va ruhga munosabatiga bog‘liq ekanligi, tirik - tinchlik (dunyo, ya’ni moddiy narsalar bilan osuda, tinch va sokin) jamiyat bilan bog‘liq hodisa sifatida, tiriklik - xotirjamlik (ilohiy, ma’naviy quvvat bilan) insonning o‘zi, qalbi va ruhi bilan bog‘liq hodisa sifatida uyg‘unlashgani bo‘yicha ilmiy asoslangan ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil uchun ish rejasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, radikallashuvning oldini olish bo‘yicha ma’rifiy dasturlar, Sharq qo‘lyozmalarini tadqiq etish, ijtimoiy barqarorlik va ekstremizmning oldini olish bo‘yicha ma’rifiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-maydagi 4/17-4/4-12525-son ma’lumotnomasi). Natijada, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Bahoouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazlarining ta’limiy-tarbiyalash faoliyatida targ‘ibot va tashviqot ishlarining samaradorligini oshirishda, yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, hayotiy tajribasini oshirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ko‘rsatish ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
“Odobi tariqat” asaridagi nafs riyozati, halol luqma, pok libos va maskan, mujohada va zikr orqali tana va ruhni poklash inson komilligi bosqichi ekanligi, tariqat odoblaridagi pok qalb, ilohiy tajalliga tayyorgarlik va ehson darajasiga intilish tamoyillari zamonaviy tarbiya jarayonlarida “halollik vaksinasi”, ma’naviy barqarorlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy himoyani shakllantirish omili ekanligiga doir ilmiy natijalaridan Buxoro telekanalining 2025 yil yanvar va fevral oylarida efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Maxsus reportaj”, “Adabiyot millat ertasi” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosida efirga berilgan “Moziydan sado”, “Najot bilimda”, radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan ( “Buxoro viloyat teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 8-maydagi 01-09-97-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabin (tinglovchi)larning Yusuf Hamadoniy tasavvufiy ta’limotining mohiyati, umuman Movarounnahr tasavvufida uning o‘rni borasidagi bilimlarini oshirishga, teleko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabop ta’sirchanligini oshirishga, teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga hamda ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish