Parmonov Sharofiddin Shavkatovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligi va Turkiston o‘lkasida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda general Jo‘rabekning ishtiroki”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar 1813
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Urakov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Adilov Abror Anvarovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. General Jo‘rabekning 1852–1906-yillarda Buxoro amirligi va Turkiston o‘lkasida kechgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li siyosiy faoliyatining ilk bosqichidan boshlab amir saroyining ikkiyoqlama ziddiyatli pozisiyasiga qaramasdan 1866-1868-yillarda amirlikda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyatda Abdulmalik to‘ra (katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakatining ittifoqchi kuchlari safida bo‘lib, pirovardida mazkur kuchlarning Rossiya imperiyasi tajovuziga qarshi kurashida yetakchilardan biri bo‘lganligi asoslangan;
Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li o‘zining Turkiston general-gubernatorligidagi mahalliy kadr sifatidagi o‘ttiz besh yillik ziddiyatli va murakkab faoliyati davomida general-gubernatorlar tomonidan Turkiston o‘lkasidagi mustamlakachilik siyosati sharoitida ham tub joyli aholi manfaatlarini qatʼiylik bilan himoya qilganligi dalillangan;
Turkiston general-gubernatorlari bilan bo‘lgan munosabatlarda Jo‘rabek doimo ma’naviy va moddiy merosni saqlashga uringan holda Kitob bekligida hamda Toshkentdagi uyida ham qadimiy qo‘lyozmalardan iborat kutubxonalar tashkil qilganligi, 1860–1870-yillarda Kitob bekligi markazida hamda 1897-yilda Qorasuv dahasida o‘z mablag‘lari hisobidan masjid qurdirganligi orqali uning mesenatlik jihatlari ochib berilgan;
General Jo‘rabek XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda jadidchilik harakatining faollari bilan hamfikr sifatida o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga kuchli ta’sir ko‘rsatgani holda Turkistonning inqirozdan chiqishi uchun o‘zining hurfikrlik g‘oyalarini ilgari surib, yangi usul maktablarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlab mahalliy aholini ma’rifatparvarlikka chorlagani isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligi va Turkiston o‘lkasida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda general Jo‘rabekning ishtiroki mavzusidagi tadqiqot davomida olingan ilmiy xulosa va natijalar asosida:
Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li siyosiy faoliyatining ilk bosqichidan boshlab amir saroyining ikkiyoqlama ziddiyatli pozisiyasiga qaramasdan 1866–1868-yillarda amirlikda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyatda Abdulmalik to‘ra (katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakati ittifoqchi kuchlari safida bo‘lib, pirovardida mazkur ittifoqchi kuchlarning Rossiya imperiyasi tajovuziga qarshi kurashida yetakchilardan biri bo‘lganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 29-apreldagi 01-30/282 son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv orqali jamoatchilik Rossiya imperiyasi bosqinchiligiga qarshi kurashda Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda General-mayor Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘lining alohida o‘rin tutganligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lgan.
Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li o‘zining Turkiston general-gubernatorligidagi mahalliy kadr sifatidagi o‘ttiz besh yillik ziddiyatli va murakkab faoliyati davomida general-gubernatorlar tomonidan Turkiston o‘lkasidagi mustamlakachilik siyosati sharoitida ham tub joyli aholi manfaatlarini qatʼiylik bilan himoya qilganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 29-apreldagi 01-30/282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasi bosqinchiligiga qarshi kurashda Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda General-mayor Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘lining alohida o‘rni haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan.
Turkiston general-gubernatorlari bilan bo‘lgan munosabatlarda Jo‘rabek doimo ma’naviy va moddiy merosni saqlashga uringan holda Kitob bekligida hamda Toshkentdagi uyida ham qadimiy qo‘lyozmalardan iborat kutubxonalar tashkil qilganligi, 1860–1870-yillarda Kitob bekligi markazida hamda 1897-yilda Qorasuv dahasida o‘z mablag‘lari hisobidan masjid qurdirganligi kabi faoliyati orqali uning mesenatlik roliga oid natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida amirlikning Rossiya imperiyasiga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 27-iyundagi № 39-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondini yangi materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan.
General Jo‘rabek Qalandar qori o‘g‘li XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda jadidchilik harakatining faollari bilan hamfikr sifatida o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga kuchli ta’sir ko‘rsatgani holda Turkistonning inqirozdan chiqishi uchun o‘zining hurfikrlik g‘oyalarini ilgari surib, yangi usul maktablarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, mahalliy aholini ma’rifatparvarlikka chorlaganiga oid natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat muassasasida amirlikning Rossiya imperiyasiga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 27-iyundagi № 39-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi kataloglarini tizimlashtirish uchun foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish