Adilov Farxod Abduvalievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSRning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respublikalari bilan madaniy aloqalari (1925-1991 yy.)”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar222
Ilmiy maslahatchi: Yunusova Xurshida Erkinovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04. 
Rasmiy opponentlar: Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori; Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston SSRning Kavkazorti respublikalari bilan 1925–1991-yillardagi madaniy aloqalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sovet hukumati va partiya yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, kino va teatr xodimlari oldiga go‘yoki kishilarning ongi va hissiyotiga ta’sir ko‘rsata oladigan badiiy kuchga ega bo‘lgan sovet kishilarning kommunizm qurayotganligi haqidagi balandparvoz asarlar yaratish vazifasini qo‘ysada, biroq, sotsialistik real hayot qurishdagi yo‘l – yo‘riqlarni “tezroq” bajarmagan adiblar asarlarini “voqelik to‘g‘risida ahlatxonalarning qo‘lansaligiga qarab hukm chiqarish”da ayblanganligi dalillangan;   
san’at va adabiyot sovet madaniyatini “taraqqiy” ettirishning bosh quroli deb hisoblanganligi bois O‘zbekiston SSRning Kavkazorti respublikalari bilan o‘tkazgan san’at asarlarining ko‘rgazma va festivallari asosan “qurilayotgan” kommunizmning “qahramonona” davri yoritilgan ijod na’munalaridan iborat bo‘lganligi isbotlangan; 
O‘zbekiston SSR va Kavkazorti respublikalari o‘rtasida o‘tkazilgan festival, ko‘rgazma, madaniyat kunlari sovet badiiy ijodining shahar va qishloqlarga kirib borishini keskin suratda “yuksaltirish”ga yo‘naltirilib, deyarli barcha tadbirlar asosan viloyatlardagi kolxozchilar, ishchilar bilan uchrashuvlardan boshlanib, festivallar viloyatlaring o‘zida tugatilganligi isbotlangan;   
O‘zbekiston SSRning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respub-likalari bilan madaniyat sohasidagi aloqalari sovet mafkurasi doirasida olib borilgan bo‘lsa-da, A.Navoiy, Sh.Rustaveli,  N.Ganjaviy, Nodar Sisishvili hamda “Sasunlik Dovud” arman xalq eposi kabilar xalqlar o‘rtasida millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilish hamda mafkuraviy bosimdan saqlab qolishga xizmat qilganligi aniqlangan; 
yagona sovet madaniyati mafkuraviy ko‘rsatmalar asosida shoir va adiblarning hamkorligi asosida rivojlangan bo‘lsada, ozar, gruzin va arman millatlariga mansub atoqli madaniyat, adabiyot hamda san’at arboblarining O‘zbekiston madaniyati, professional teatrining shakllanishiga, san’at asarlarining hamkorlikdagi na’munalarini yaratishga hissa qo‘shganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston SSRning Kavkazorti respublikalari bilan madaniy aloqalari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
Sovet hukumatining madaniy aloqalar sohasida amalga oshirgan siyosati ta’sirida respublikalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan tadqiqot xulosalaridan, talaba yoshlar orasida olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida xalqimiz orasidan etishib chiqqan ozar, gruzin va arman millatlariga mansub taniqli madaniyat va san’at namoyandalarining O‘zbekiston madaniyati va ilm-fani nufuzining oshishiga qo‘shgan hissasi ilmiy dalillar asosida isbotlab berish orqali ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining orasida millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilingan. Shuningdek, ushbu mamlakatlarning yoshlari orasida ishonch va do‘stlikni mustahkamlash, ular o‘rtasida interfaol muloqotni yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar yo‘nalishda ikki va ko‘ptomonlama darajada bir qator tadbirlar hamda loyihalar muntazam ravishda O‘zbekiston respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadbir dasturlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 5-sentyabrdagi 02-13-21-4635-sonli ma’lumotnomasi). Bu madaniyatimiz tarixini yanada boyitgan, uni xalqaro miqyosdagi mavqeini oshirgan hamda yoshlar ma’naviyatining yuksalishiga hissa qo‘shgan. 
Respublikamizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida O‘zbekistonning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respublikalari xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning tarixiy ildizlari va zamonaviy omillari, asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari hamda ularning ahamiyati sovet hukumati tomonidan amalga oshirilgan madaniyat sohasidagi ba’zi muammolarini isbotlab berish orqali ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasi xalqi orasida millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilingan ushbu ilmiy tadqiqot materiallari ilmiy natijalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi dasturlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 11-sentyabrdagi 04-13/865-sonli ma’lumotnomasi). Bu millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasini hamda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik hamjamiyatlari faoliyatini takomillashtirishning tarixiy faktlar bilan ilmiy asoslab berilishiga xizmat qilgan.
XX asrning 20–yillaridan 90-yillariga qadar O‘zbekiston SSRning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respublikalari bilan madaniyat sohasidagi aloqalari sovet mafkurasi ta’siri ostida bo‘lsa-da, bu xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga xizmat qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi orasida millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilishda ilmiy tadqiqot materiallari natijalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi dasturlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 11-sentyabrdagi 04-13/865-sonli ma’lumotnomasi). Bu ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘rtasidagi tinchlik totuvlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
XX asrning 1925–1991-yillar oralig‘ida O‘zbekiston SSRning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respublikalari bilan madaniy aloqalari tarixidagi muhim jihatlar tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 13-dekabrdagi 06-28-1743-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sovet davridagi madaniy aloqalar va hamkorliklar teletomoshabinlarga ta’sirli etkazilib, bugungi kundagi madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston SSRning Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston sovet respublikalari bilan madaniyat sohasidagi aloqalaridagi mavjud sun’iy to‘siqlar, ayrim salbiy holatlar hukmron siyosiy tuzumning hosilasi bo‘lib, “yagona sovet madaniyati”ni sobiq ittifoq xalqlari uchun umummilliy madaniyat darajasida shakllantirish siyosatining mohiyati ilmiy asoslab berilgan, og‘ir siyosiy bosimlarga qaramay xalqimiz orasidan etishib chiqqan ozar, gruzin va arman millatlariga mansub taniqli madaniyat va san’at namoyandalarining O‘zbekiston madaniyati nufuzining oshishiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatib berilgan, sovet hokimiyatining madaniy sohadagi uzoqni ko‘zlab qilingan strategik siyosati sovet tuzumi uchun xalqni yangi mafkura ruhida qayta tarbiyalashda, sovet hokimiyati siyosatini keng targ‘ib qilishda teatr va kino san’ati muhim vosita bo‘lganligi asoslab berilgan, ayni paytda xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar ravnaqi yo‘lida amalga oshirilgan faoliyatlarni asoslash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda ushbu tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiya dasturida o‘z ifodasini topgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 20-maydagi 02/06-46-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida O‘zbekiston fuqarolarini, yoshlarini vatanparvar, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash shuningdek, jamoatchilik boshqaruvi sohalarida keng foydalanish bo‘yicha tashkiliy choralarni amalga oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish