Axmedova Nazokat Zikirillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda mediareklama faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.11 –Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4539.
Ilmiy rahbari: Muminova Nargiza Maxsudjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Tillyaxodjaev Azizxon Aloxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda mediareklama faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mediareklama” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning xulq-atvorini shakllantirish, talabni ragʼbatlantirish va bozor ulushini kengaytirish orqali iqtisodiy qiymat yaratishni kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
xalqaro “marketpleys”lardan foydalanish asosida milliy marketpleys dasturini ishlab chiqish orqali mahsulotlarning eksport hajmini (E = 25–30%), milliy brendlar tanilishi darajasini (MB = 40%) va raqamli savdo platformalari orqali tashqi savdo aylanmasini (SA = 18%) oshirish imkoni asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari mediareklama samaradorligini hisoblash ko‘rsatkichlari yangi integral oraliqlar natijalarini raqamli marketing metrikasi hisobiga “past” (1 –2), “qoniqarli” (2,1 – 3), “o‘rta” (3,1 – 4), “yuqori” (4,1 – 5) chegara diapazonlari doirasida yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
korxonalarda mediareklama faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida “Nil-Granit” MChJning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishilgan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mediareklama” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iste’molchilarning xulq-atvorini shakllantirish, talabni ragʼbatlantirish va bozor ulushini kengaytirish orqali iqtisodiy qiymat yaratishni kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Merchandayzing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-sonli buyrugʼi). Mazkur tushunchaning yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lgʼusi mutaxassislarning mediareklama borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
xalqaro “marketpleys”lardan foydalanish asosida milliy marketpleys dasturini ishlab chiqish orqali mahsulotlarning eksport hajmini (E = 25–30%), milliy brendlar tanilishi darajasini (MB = 40%) va raqamli savdo platformalari orqali tashqi savdo aylanmasini (SA = 18%) oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 24 iyundagi 03/25-1478-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalari xodimlariga marketpleyslar bilan ishlashni o‘rgatish, ularning dastlabki mahsulotlarini marketpleyslarda joylashtirishda ko‘maklashish, mahalliy brendlarni yaratish va ilgari surish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari mediareklama samaradorligini hisoblash ko‘rsatkichlari yangi integral oraliqlar natijalarini raqamli marketing metrikasi hisobiga “past” (1–2), “qoniqarli” (2,1–3), “o‘rta” (3,1–4), “yuqori” (4,1–5) chegara diapazonlari doirasida yondashuvga ko‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 24 iyundagi 03/25-1478-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Nil-Granit” korxonasining sotuv hajmi 21%ga oshishiga olib kelgan;
korxonalarda mediareklama faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida “Nil-Granit” MChJning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan korxonaning istiqboldagi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 24 iyundagi 03/25-1478-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy faoliyat asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.