Doniev Sardor Ixtiyor o‘g‘lining 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning Hindiston Respublikasi bilan xalq diplomatiyasi doirasidagi hamkorlik aloqalari tarixi (1991–2021-yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar949
Ilmiy rahbar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Sayfullaev Behruz Dilshod o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2021-yillarda O‘zbekiston va Hindiston Respublikalari o‘rtasidagi xalq diplomatiyasi doirasidagi hamkorlik aloqalari tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
siyosiy munosabatlarning faollashib borishi natijasida O‘zbekiston va Hindiston Respublikalari o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarining o‘rnatilishi  mamlakatlar o‘rtasidagi xavfsizlik, iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalardagi aloqalarning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shayotganligi asoslangan;
hind oliy ta’lim muassasalarining filiallari Markaziy Osiyo respublikalaridan faqatgina O‘zbekistonda tashkil etilgani hamda Hindiston tomonidan ajratilayotgan grantlarning doimiy ravishda ortib borishi davlatlar o‘rtasidagi kadrlar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
xalq diplomatiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanuvchi sport diplomatiyasidagi o‘zbek-hind aloqalarining mustahkamlanib borishi, sportning turli sohalaridagi Olimpiada o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida ijobiy raqobatning shakllanib borishi o‘zbekistonlik va hind sportchilarining muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shayotganligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Madaniy aloqalar bo‘yicha Hindiston konsulligi, Lal Bahodur Shastri nomidagi hind madaniy markazi, Dehli ayollar uyushmasi birlashmasi singari tashkilotlarning yumshoq kuch elementlari bo‘lgan madaniyat, san’at, raqamli diplomatiya va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlik aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yishda katta hissa qo‘shayotganligi va ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi muloqot omili sifatida xizmat qilayotganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonning Hindiston bilan munosabatlarining shakllanish va rivojlanish tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
siyosiy munosabatlarning faollashib borishi natijasida O‘zbekiston va Hindiston Respublikalari o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarining o‘rnatilishi  mamlakatlar o‘rtasidagi xavfsizlik, iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalardagi aloqalarning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shayotganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatini rivojlantirish jarayonida tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda, xususan, markazning  Axborot va tahlil, Madaniy-gumanitar aloqalar, Matbuot va protokol bo‘limlariga oid ma’lumotlarni boyitishda foydalanilgan (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2023-yil 11-martdagi 92/23 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi Markazda tashkil etilgan ShHTga a’zo davlatlar uchun ajratilgan burchakning bir qismi bo‘lgan Hindiston Respublikasi bilan aloqalar tarixi bo‘yicha ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan; 
hind oliy ta’lim muassasalarining filiallari Markaziy Osiyo respublikalaridan faqatgina O‘zbekistonda tashkil etilgani hamda Hindiston tomonidan ajratilayotgan grantlarning doimiy ravishda ortib borishi davlatlar o‘rtasidagi kadrlar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etganligiga oid natijalardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatini rivojlantirish jarayonida tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda, xususan, markazning  Axborot va tahlil, Madaniy-gumanitar aloqalar, Matbuot va protokol bo‘limlariga oid ma’lumotlarni boyitishda foydalanilgan (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2023-yil 11-martdagi 92/23 son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Markazning elektron platformalari materiallaridan keng jamoatchilik uchun ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan;
xalq diplomatiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanuvchi sport diplomatiyasidagi o‘zbek-hind aloqalarining mustahkamlanib borishi, sportning turli sohalaridagi Olimpiada o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida ijobiy raqobatning shakllanib borishi o‘zbekistonlik va hind sportchilarining muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shayotganligi bilan bog‘liq masalalar tahliliga oid nazariy va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga beriluvchi “Taqdimot” ko‘rsatuvi  ssenariysini tayyorlashda (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-martdagi 06-31-454 son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada O‘zbekiston va Hindistonning ikki tomonlama hamkorligi tarixini kengroq yoritib berish va teletomoshabinlarga O‘zbekiston va Hindiston respublikalari o‘rtasidagi xalq diplomatiyasi doirasidagi aloqalari to‘g‘risida kengroq ma’lumot olish imkonini bergan;
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Madaniy aloqalar bo‘yicha Hindiston konsulligi, Lal Bahodur Shastri nomidagi hind madaniy markazi, Dehli ayollar uyushmasi birlashmasi singari tashkilotlarning yumshoq kuch elementlari bo‘lgan madaniyat, san’at, raqamli diplomatiya va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlik aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yishda katta hissa qo‘shayotganligi va ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi muloqot omili sifatida xizmat qilayotganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga beriluvchi “Taqdimot” ko‘rsatuvi  ssenariysini tayyorlashda (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-martdagi 06-31-454 son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada mavzuga oid ilmiy ma’lumotlardan keng jamoatchilikni xabardor qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish