Jumaboeva Marg‘uba Umirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda mieloid neoplaziyalarning klinik, molekulyar-genetik xususiyatlari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Tib5646.
Ilmiy rahbar: Islamov Miralisher Sadriddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSs 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mieloproliferativ neoplaziya bilan og‘rigan bemorlarda somatik mutatsiyalar, apoptoz va antioksidant himoyani tartibga soluvchi genlarning polimorfizmlari tarqalishini, ularning klinik ko‘rinishlari va kasalliklarning bashorati bilan bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatining turli hududlarida mieloproliferativ neoplaziyalar (surunkali mieloleykoz, chin polisitemiya, va essensial trombotsitemiya)ning uchrashi va Bcr/abl (p210) , Jak2 (ekzon 12 i V617F), CALR (del52bp, insTTGTC), Mpl (W515A, W515K) genlaridagi somatik drayver mutatsiyalarning hissasi aniqlangan;
mieloproliferativ neoplaziyalar bo‘lgan bemorlar orasida Bcl2 (938 C>A) va TP53 (Pro72Arg) hujayra siklini tartibga soluvchi genlarning irsiy polimorfik turlarining taqsimlanishi va TP53 genining Rro72arg polimorfizmining kasallik rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan;
antioksidant himoya fermentlari SOD2 genidagi C60T polimorfizmi mieloproliferativ neoplaziyalarda o‘sma klonlarining shakllanishida ahamiyati, T allelining mavjudligi kasallik rivojlanish xavfini 5 baravardan ko‘proq oshirishi (χ2=6,2; r=0,03), Ala16Val polimorfizmining Val/Val mutant gomozigot genotipini mavjudligi esa, ushbu havfni 2 barobar kuchaytirishi (χ2=4,0; r=0,05) asoslangan;
molekulyar genetik tashxislash va klinik kechishini bashoratlash belgilarini hisobga olgan holda surunkali mieloproliferativ kasalliklarni oldini olish va erta aniqlash mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali mieloproliferativ kasalliklarni tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Xorazm viloyatining turli hududlarida mieloproliferativ neoplaziya (surunkali mieloleykoz,chin polisitemiya,essensial trombotsitemiya va birlamchi mielofibroz)ning uchrashi va Bcr/abl (p210) , Jak2 (ekzon 12 i V617F), CALR (del52bp, insTTGTC), Mpl (W515A, W515K) genlaridagi somatik drayver mutatsiyalarning hissasi qiyosiy aniqlanganligi Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.09.2025 yildagi 326-U sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: mieloproliferativ neoplaziyalarning shakllanish xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mieloproliferativ neoplaziya bilan og‘rigan bemorlar davlat byudjetini tejalishida yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: mieloproliferativ neoplaziyalar va uning rivojlanish xavfini bashorat qilish usuli kasallik asoratlarini rivojlanishini oldini olishga imkon bergan, bu kimyorezistentlikni kamaytirishga imkoniyat tug‘diradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mieloproliferativ neoplaziyalar bo‘lgan bemorlar orasida Bcl2 (938 C>A) va TP53 (Pro72Arg) hujayra siklini tartibga soluvchi genlarning irsiy polimorfik turlarining taqsimlanishi va TP53 genining Rro72arg polimorfizmining kasallik rivojlanishidagi ahamiyati aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.08.2025 yildagi 184 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mieloproliferativ neoplaziyalar rivojlanish xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mieloproliferativ neoplaziya kasallik bilan og‘rigan bemorlarga erta tashxislash va erta davolash choralarini boshlash imkonini beradi. Xulosa: mieloproliferativ neoplaziyalar bo‘lgan bemorlar orasida hujayra siklini tartibga soluvchi genlarning irsiy polimorfik turlarining taqsimlanishi va kasallik rivojlanishidagi bashorat qilish mezonlari kasallik rivojlanishining oldini olishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: antioksidant himoya fermentlari SOD2 genidagi C60T polimorfizmi mieloproliferativ neoplaziyalarda o‘sma klonlarining shakllanishida ahamiyati, T allelining mavjudligi kasallik rivojlanish xavfini 5 baravardan ko‘proq oshirishi (χ2=6,2; r=0,03), Ala16Val polimorfizmining Val/Val mutant gomozigot genotipini mavjudligi esa, ushbu havfni 2 barobar kuchaytirishi (χ2=4,0; r=0,05) asoslanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.08.2025 yildagi 184 sonli hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 02.09.2025 yildagi 326-U sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mieloproliferativ neoplaziya rivojlanishi xavfini erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: antioksidant himoya fermentlari SOD2 (T58C, Ala16Val va C60T) genining allelik va genotipik shakllarini mieloproliferativ neoplaziyalarning o‘sma klonlari shakllanishida va rivojlanishida Xorazm viloyatining ekologik jihatdan obod va shartli noqulay hududlarida ahamiyati baholanganligi sarf xarajatlarni saqlab qolishga imkon beradi. Xulosa: surunkali mieloproliferativ kasalliklarni rivojlanish xavfini bashorat qilishning genetik mezonlari kasallik rivojlanishini erta aniqlash, kasallikni o‘z vaqtida tashxislash, bu esa nogironlik va o‘lim ko‘rsatgichlarini kamaytirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: molekulyar genetik tashxislash va klinik kechishini bashoratlash belgilarini hisobga olgan holda surunkali mieloproliferativ kasalliklarni oldini olish va erta aniqlash mezonlari asoslanganligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi 28.08.2025 yildagi 184 sonli va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi 02.09.2025 yildagi 326-U sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali mieloproliferativ kasalliklarni samarali tashxislash, xayot sifatini yaxshilash va uning og‘ir kechishi xavfini bartaraf etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali mieloproliferativ kasallikli bemorlarni dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish, shifoxonada o‘rin kunini qisqartirish va davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tejalishi imkonini bergan. Xulosa: molekulyar genetik tashxislash mezonlari surunkali mieloproliferativ kasalliklarini rivojlanishini oldini olishga olib kelgan, bu o‘lim ko‘rsatkichlarining kamaytirish imkonini beradi.