Amridinova Farangiz Shaxobiddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus etiologiyali polinevropatiyaning akupunktura davolash fonida klinik-nevrologik va neyrofiziologik namoyon bo‘lish dinamikasi xususiyatlari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1539.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus etiologiyali polineyropatiyada iglorefleksoterapiya va farmakopunktura (gipotalamus fosfolipidi bilan) samaradorligini o‘rganish va davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
post-COVID va diabetik polineyropatiyali bemorlarda endotelial disfunksiya va neyrovaskulyar buzilishlar sensor va motor belgilarning kuchayishi, vegetativ tizimning dizregulyasiyasi va nevrologik defisitning ortib borishi bilan bog‘liq ekani aniqlangan;
post-COVID polineyropatiyali bemorlarda achishish, gipoesteziya va giperpatiya kabi sensor simptomlarning kuchayishi neyrogen yallig‘lanish va og‘riq impul`slarining ortiqcha neyronal qayta ishlanishi jarayonlarida ishtirok etuvchi P substansiya mediatorining oshishi bilan bog‘liq ekani matematik kross-korrelyasion tahlil asosida aniqlangan;
akupunktura va farmakopunkturani o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya periferik aksonal uzatilish samaradorligini kuchaytirishi va S-javob amplitudasini oshirishi bilan standart davolashga nisbatan afzal neyromodulyator ta’sirga ega ekani isbotlangan;
post-COVID polineyropatiyali bemorlarda klinik va elektroneyromiografik ko‘rsatkichlariga asoslangan differensial reabilitatsiya mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
koronavirus etiologiyali polinevropatiyaning akupunktura yordamida davolash fonida klinik-nevrologik va neyrofiziologik namoyon bo‘lish dinamikasi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: post-COVID polineyropatiyada endotelial disfunksiya va neyrovaskulyar buzilishlar asosiy patogenetik omil ekanligi aniqlanib, ushbu buzilishlarni bartaraf etishda akupunkturaning vazoregulyator va neyromodulyator ta’siri klinik-nevrologik va instrumental tekshiruvlar asosida tasdiqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrda 03/325-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus etiologiyali polineyropatiya bilan kasallangan bemorlarda og‘riq sindromining ilk diagnostikasi uchun P substansiyani marker sifatida qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 6/1-sonli buyrug‘i bilan va O‘zbekiston Respublikasi administratsiyasi qoshidagi tibbiyot boshqarmaning «Qibray» klinik sanatoriyasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 14/1A - sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: bemorlarda og‘riq sindromini barvaqt aniqlash va samarali davolash hisobiga ularning hayot sifatini oshirish, ruhiy-emotsional barqarorligini ta’minlash, jamiyatga to‘liq moslashuviga ko‘maklashish va nogironlik holatlarining oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: tashxis va davolashda maqsadli, yuqori samarali usullarni qo‘llash orqali ortiqcha instrumental va laborator tekshiruvlarning oldini olish, umumiy tibbiy xarajatlarni qisqartirish, mehnat qobiliyatini tez tiklash hisobiga har bir bemor hisobiga 2500000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: tashxis va davolashning maqsadli usullarini joriy etish bemorlarda og‘riq sindromini erta aniqlashga, davolash samaradorligini oshirishga hamda kasallikning ruhiy va jismoniy asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: post-COVID polineyropatiyali bemorlarda sensor simptomlar (achishish, gipoesteziya, giperpatiya) kuchaygan holatlarda R substansiya mediatorining roli bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrda 03/325-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus etiologiyali polineyropatiya bilan kasallangan bemorlarda og‘riq sindromining ilk diagnostikasi uchun P substansiyani marker sifatida qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 6/1-sonli buyrug‘i bilan va O‘zbekiston Respublikasi administratsiyasi qoshidagi tibbiyot boshqarmaning «Qibray» klinik sanatoriyasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 14/1A-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: reabilitatsiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qilib, og‘riq sindromini engillashtirish, nevrologik funksiyalarni tiklash, bemorlarning kundalik harakatlanish faolligini oshirish, mustaqil hayot tarzini qayta tiklash va shu orqali ularning jamiyatga moslashuv imkoniyatlarini kengaytirish hamda uzoq muddatli nogironlik holatlarini kamaytirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: iqtisodiy samaradorlik akupunkturaning noinvaziv va nisbatan arzon usul sifatida an’anaviy dorivoriy va apparatli davolashlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va 150000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: post-COVID polineyropatiyada akupunkturani reabilitatsiya dasturiga integratsiya qilish R substansiya mediatorining sensor disfunksiyalardagi rolini hisobga olgan holda klinik samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul va amaliyotga joriy etish uchun maqsadga muvofiq yondashuv sifatida tavsiya qilinishi mumkin.
uchinichi ilmiy yangilik: akupunktura va farmakopunkturani o‘z ichiga olgan kompleks reabilitatsiya periferik aksonal uzatilish samaradorligini kuchaytirishi va S-javob amplitudasini oshirishi elektroneyromiografiya orqali aniqlanib, standart terapiyaga nisbatan afzal neyromodulyator ta’sirga ega ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrda 03/325-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus etiologiyali polineyropatiya bilan kasallangan bemorlarda og‘riq sindromining ilk diagnostikasi uchun P substansiyani marker sifatida qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 6/1-sonli buyrug‘i bilan va O‘zbekiston Respublikasi administratsiyasi qoshidagi tibbiyot boshqarmaning «Qibray» klinik sanatoriyasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 14/1A-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: akupunktura fonida sezuvchanlikning tez tiklanishi og‘riq sindromining kamayishi, harakat va faollik qobiliyatining tezroq tiklanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlik: iqtisodiy samaradorlik akupunkturaning noinvaziv va nisbatan arzon usul sifatida an’anaviy dorivoriy va apparatli davolashlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va 150000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa. akupunktura usulining klinik foydasi bilan bir qatorda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi ham yuqori ekanligi aniq tasdiqlandi va bu usulni kompleks reabilitatsiya dasturlariga integratsiya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: post-COVID polineyropatiyali bemorlar uchun akupunkturani o‘z ichiga olgan reabilitatsiya mezoni ishlab chiqilib, uning neyrofunksional tiklanishni kuchaytirishda samarali ekanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrda 03/325-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus etiologiyali polineyropatiya bilan kasallangan bemorlarda og‘riq sindromining ilk diagnostikasi uchun P substansiyani marker sifatida qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan bo‘lib, ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 6/1-sonli buyrug‘i bilan va O‘zbekiston Respublikasi administratsiyasi qoshidagi tibbiyot boshqarmaning «Qibray» klinik sanatoriyasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 14/1A-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: neyrofunksional tiklanishni tezlashtirib, sezgi buzilishlari, og‘riq, qichishish va harakatdagi noqulayliklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, kundalik faollikka qaytish, ruhiy-emotsional barqarorlikni saqlash, ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish va uzoq muddatli nogironlik holatlarining oldini olish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: tashxis va davolashda maqsadli, yuqori samarali usullarni qo‘llash orqali ortiqcha instrumental va laborator tekshiruvlarning oldini olish, umumiy tibbiy xarajatlarni qisqartirish, mehnat qobiliyatini tez tiklash hisobiga har bir bemor hisobiga 2500000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishildi. Xulosa: post-COVID polineyropatiyali bemorlar uchun akupunkturani o‘z ichiga olgan reabilitatsiya mezonini qo‘llash nafaqat klinik jihatdan samarali, balki ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ham maqbul, yuqori samaradorlikka ega neyroreabilitatsion yondashuv sifatida tavsiya etiladi.