Nurllaev Ruslon Rustombekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi xududlarida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarda surunkali virusli B gepatitni klinik-laborator xususiyatlari va  oqibatlarini kiyosiy baholash», 14.00.10 -  Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3790.
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Shaxnoza Abdullaxatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi xududlarida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarda surunkali virusli B gepatitni klinik-laborator xususiyatlari va  oqibatlarini kiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Orolbo‘yidagi reproduktiv yoshdagi ayollarda surunkali virusli  gepatit V og‘irligi va oqibatiga ta’sir etuvchi asosiy prediktor-omillar sifatida selen va rux tanqisligi, trombotsitopeniya, limfopeniya, leykotsitoz va aspartataminotransferaza miqdorining ortishi aniqlangan;
ilk bor Orol bo‘yidagi ayollarda surunkali virusli gepatit V jarayoni kam muddat (5 yilgacha) davom etsa ham jigar etishmovchiligi (23,6%) va jigar sirroziga (19,4%) olib kelishi selen va rux tanqisligi hamda atrof-muhitdagi mishyak, mis va qo‘rg‘oshin ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor Orolbo‘yidagi surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarda hayz siklining buzilishi va tuxumdonlar polikistozi bilan jigar fibrozi darajasi ortishi o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ilk bor Orolbo‘yidagi o‘smir qizlarda anti-HBs IgG darajasi 10 mME/mldan pastligi 12 yoshlilarda 28,0% va 18 yoshlilarda 100% holatlarda qayd etilishi virusli gepatit V ni yuqish xavfining yuqoriligi va buster emlash zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 22 maydagi 18-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga muvofiq: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Orolbo‘yidagi reproduktiv yoshdagi ayollarda surunkali virusli  gepatit V og‘irligi va oqibatiga ta’sir etuvchi asosiy prediktor-omillar sifatida selen va rux tanqisligi, trombotsitopeniya, limfopeniya, leykotsitoz va aspartataminotransferaza miqdorining ortishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03-24/279-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarni nazoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasining 25.10.2024 yildagi 152-son va Buxoro viloyati, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining 04.02.2025 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekologik noqulay Orolbo‘yi sharoitida yashovchi reproduktiv yoshdagi ayollarda ilk bor SVVG ning og‘irligi va oqibatiga ta’sir etuvchi asosiy prediktor-omillar (hamroh kasalliklar, klinik belgilar, trombotsitopeniya, limfopeniya, anemiya, selen va rux tanqisligi) aniqlandi. Selen va rux etishmovchiligini Bioselensink vositasi bilan bartaraf etish orqali sirroz xavfi 10,2% ga kamayib, 76,6% samaradorlikka erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Sirroz rivojlanishi xavfini kamaytirish orqali yuqori xarajatli davolash choralariga ehtiyoj kamaytirish orqali, dori vositalarga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Orol bo‘yidagi ayollarda surunkali virusli gepatit V jarayoni kam muddat (5 yilgacha) davom etsa ham jigar etishmovchiligi (23,6%) va jigar sirroziga (19,4%) olib kelishi selen va rux tanqisligi hamda atrof-muhitdagi mishyak, mis va qo‘rg‘oshin ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03-24/279-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarni nazoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasining 25.10.2024 yildagi 152-son va Buxoro viloyati, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining 04.02.2025 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi hududlarida selen va rux tanqisligi jigar zararlanishi, fibroz va asoratlar xavfini oshirib, sirroz rivojlanishini tezlashtirishi aniqlandi. Bioselensink bilan ushbu tanqislikni bartaraf etish orqali sirroz xavfi 10,2% ga kamaydi, mehnatga layoqatsizlikning oldi olinib, 59 mln so‘m iqtisodiy foyda va ijtimoiy samaradorlikka erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarga Bioselensinkni berish orqali sirroz rivojlanishini oldini olish har 5 nafar bemorda taxminan 160 mln so‘m tejalishga erishiladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Orolbo‘yidagi surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarda hayz siklining buzilishi va tuxumdonlar polikistozi bilan jigar fibrozi darajasi ortishi o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03-24/279-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarni nazoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasining 25.10.2024 yildagi 152-son va Buxoro viloyati, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining 04.02.2025 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ekologik noqulay hududdagi SVVG li ayollarda hayz buzilishlari va tuxumdon mono/polikistozi sog‘lom ayollarga nisbatan sezilarli ko‘p uchradi. Bu patologiyalar va jigar fibrozi darajasi o‘rtasida yuqori, to‘g‘ri korrelyasiya aniqlandi. Shu bois, bunday ayollarda sirroz xavfini kamaytirish uchun kompleks davo tavsiya etildi. Iqtisodiy samaradorligi: Ginekologik asoratlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks davo o‘tkazish orqali ayollarda jigar sirrozi rivojlanishi xavfini pasaytirish, shu bilan bog‘liq qimmatbaho davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har bir sirrozning oldi olinishi orqali o‘rtacha 30 million so‘m miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor Orolbo‘yidagi o‘smir qizlarda anti-HBs IgG darajasi 10 mME/mldan pastligi 12 yoshlilarda 28,0% va 18 yoshlilarda 100% holatlarda qayd etilishi virusli gepatit V ni yuqish xavfining yuqoriligi va buster emlash zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03-24/279-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan reproduktiv yoshdagi ayollarni nazoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasining 25.10.2024 yildagi 152-son va Buxoro viloyati, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining 04.02.2025 yildagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yida 12 yoshdan katta qizlarni virusli gepatit V ga qarshi qayta emlash orqali kasallanish xavfini 96 % ga kamaytirish mumkin. Bu orqali qizlar sog‘lom reproduktiv yoshga etib, asoratlar va surunkali kasalliklar kamayadi, aholining sog‘lom avlodi ta’minlanadi, mehnat unumdorligi oshadi va salomatlik tizimiga tushadigan yuk qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: 12 yoshdan katta qizlarni qayta emlash orqali virusli gepatit V bilan kasallanishning oldini olish natijasida 96 % holatlarda davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlar tejaladi. Bu chora o‘rtacha 1660 mln. so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish