Norov Otajon Shomurodovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom ma’rifatining hozirgi o‘zbek she’riyatidagi badiiy talqini”, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil1352
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021 .Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor G‘aniev Ilxom Muzaffarovich; filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Nurboy Abdulhakimovich; filologiya fanlari doktori, professor Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek she’riyatida islom ma’rifatining yetakchi tamoyillari, tarixiy-genetik asoslari, obrazlar uyg‘unligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hozirgi o‘zbek she’riyatida islomiy ma’rifatning shakllanish genezisi, ijtimoiy-psixologik va badiiy-estetik tafakkur o‘zgarishlariga doir qarashlar muammo sifatida o‘rganildi;
o‘zbek xalqining ming yillar davomida hayot tarziga singib ketgan islomiy ma’rifat va ijtimoiy-adabiy muhit Qur’oni karim va Hadisi sharif g‘oyalari bilan uyg‘unlashib, milliy-ma’rifiy qadriyatlar darajasida ommalashayotganligi she’riyatda badiiy ifodasini topganligi dalillangan;
XX asr o‘zbek she’riyatida islomiy ma’rifatning xalq ijodi bilan uyg‘unligi va poetik tafakkur asosi, diniy-ma’rifiy g‘oyalarning milliy ong va ma’naviyat taraqqiyotiga ta’siri ochib berilgan;
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida islom ma’rifati g‘oyalarining an’ana va individual ijodiy dunyoqarash hamda jahon adabiyotidagi badiiy-estetik tajribalar sintezi asosida amalga oshirilgani, yangicha mazmun va badiiy ifoda usullari yoritilgan;
Hozirgi o‘zbek modern she’riyatida islom ma’rifati negizini tashkil qiluvchi umuminsoniy qarashlarning yangicha mohiyat kasb etganligi, tasavvufiy g‘oyalarning she’riyatdagi badiiy talqinlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom ma’rifatning hozirgi o‘zbek she’riyatida aks etishi borasida olingan ilmiy natijalar va takliflar asosida:
o‘zbek she’rshunosligida ilk bor islomiy ma’rifat ijtimoiy-psixologik, ilmiy-nazariy tushuncha sifatida tadqiq etildi hamda o‘zbek lirikasiga xos falsafiy hodisa ekanligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2020-yillarda bajarilgan 1-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilganligi, hamda lirik janr poetikasiga doir masalalarni yoritishda foydalanilganligi ko‘rsatilgan (2023-yil 2-fevraldagi 358/30.02.01-son ma’lumotnomasi);
islomiy mavzuning milliy tafakkur, mumtoz poetika hamda o‘zbek xalqining ming yillar davomida hayot tarziga singib ketgan ishonch-e’tiqod, muqaddas kitob Qur’oni karim va Hadisi sharif bilan uyg‘unlashib ketgan faol ijtimoiy hodisa ekanligi, ayni hodisaning milliy-ma’rifiy zaminlari shoirlarning o‘ziga xos yondoshuvi, ovozi, uslubi, g‘oyaviy-estetik prinsiplari asosida dalillangani xususidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan 2021-2022-yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sohani rivojlantirishga qaratilgan targʻibot ishlarida foydalanilgan (2023-yil 2-iyundagi 01-13/202-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi davr she’riyatida islomiy qarashlarning chuqur yoritilishiga erishilgan;
XX asr o‘zbek poeziyasida islomiy ma’rifat mavzusining janriy yangilanishdagi o‘rni, poetik xususiyatlari, evolyusiyasining epik ko‘lam-xalq ijodi bilan uyg‘unligi va poetik tafakkur asosi bo‘lmish she’riy san’atlarning – ramz, metafora, tashbeh, istiora hamda boshqa miqyoslari, islomiy-falsafiy-milliy uchlikning dominantlik qilishi, zamonaviy she’riyatida millatning axloqiy qarashlarining namoyon bo‘lish tamoyillari asoslaganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi teleradiokompaniyasi radioeshittirishlarida foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2023-yil 8-iyundagi 17-05-109-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning she’riyatga bo‘lgan tasavvurlarini boyitishda, kitobxonlarning she’r mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishda, tadqiqot xulosalarini ommalashtirishda muhimligi dalolatlangan;
hozirgi modern o‘zbek she’riyatidagi tafakkurning islomiy ma’rifat bilan uyg‘unligi, ushbu she’riyat vakillarining asosiy g‘oyaviy yo‘nalishi, ularda shakliy-uslubiy xususiyatlarga, kompozision rang-baranglikka, polifonik ohanglarga alohida e’tibor berilganligi, shuningdek, milliy qadriyatlar, globallahsuv jaroyonlarida yangilanayotgan inson ruhiyati metaforik aks ettirilishi kuchayishiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 15-fevraldagi 377/02-son ma’lumotnomasi). Natijada islom ma’rifatining hozirgi o‘zbek she’riyatidagi badiiy talqini oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
islom dini ta’limoti hamda muqaddas kitoblardagi inson axloqini tarbiyalash, ilm-fanni o‘rganish, ezgulikni eng oliy qadriyat sifatida ulug‘lash kabi qarashlarga muvofiq, hadis iqtiboslari orqali insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan, she’riyatidagi siyosiylik, buyuk ajdodlarga bag‘ishlov, isyonkorlik kabi xos badiiy-estetik jihatlari asosida tahliliy ko‘rsatilgan xulosalardan Yozuvchilar uyushmasi She’riyat va adabiy tanqid kengashlarida ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida targʻib qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2022-yil 8-avgustdagi 01-03/1018-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari xususidagi xulosalarni amaliyotga tatbiq etishda manba vazifasini bajargan.