Norbaboeva Matluba Toxirovnaning  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

     I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zbek nasrida etim bola obrazining poetik talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil2071 
Ilmiy rahbar: Ernazarova Gulnoza Xamraevna filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
    Rasmiy opponentlar: Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Marxabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nasrida etim bola obrazining poetik takomilini izchil  tadqiq etish, uning shakllanish jarayoni va badiiy-estetik funksiyalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot manbalarida etimlik motivi islomiy tafakkur asosida shakllanganligi ilmiy dalillar bilan asoslangan;
yangi o‘zbek nasrida folklor va mumtoz adabiyotdan transformatsiya jarayonlari mavjudligi, etim bola obrazining tarixiy-an’anaviy va realistik tasvir vositalari asosida shakllangani, ushbu obraz yuzaga kelishida ijtimoiy, psixologik va biografik omillarning o‘rni aniqlangan;
jadid nasri misolida etim bola obrazining ijtimoiy va milliy mazmunlari ochib berilib, sho‘ro davri o‘zbek nasrida etimlik mavzusi markaziy mavzulardan biriga aylangani, etim bola va jamiyat o‘rtasidagi konflikt poetik jihatdan ochib berilgan; 
zamonaviy o‘zbek nasrida etimlik motivi hamda etim bola epizodik obraz sifatida bajaradigan badiiy funksiyalar o‘rganilgan, rad etilgan etim bola va ota obrazlari tasvirining o‘ziga xosliklari, modernistik asarlarda etim bolaning ichki olami, ruhiy evrilishlari va olamni idrok etish tizimi umumiy badiiy mohiyati bilan birga yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Yangi o‘zbek nasrida etim bola obrazining poetik talqini  mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi ishlarda joriylangan:    
xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot manbalarida etimlik motivi islomiy tafakkur asosida shakllanganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” davlat innovatsion granti loyihasida foydalanildi. Natijada badiiy matnni o‘qib tushunish, badiiy matn mazmunini anglash va yozma nutq bilan bog‘liq muammolarning amaliy echimini topishda qimmatli ma’lumotlar berishga erishildi. ( Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 17-mart  №01/4-987-sonli ma’lumotnomasi)
yangi o‘zbek nasrida folklor va mumtoz adabiyotdan transformatsiya jarayonlari mavjudligi, etim bola obrazining tarixiy-an’anaviy va realistik tasvir vositalari asosida shakllangani, ushbu obraz yuzaga kelishida ijtimoiy, psixologik va biografik omillarning o‘rni aniqlanganligiga doir natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida PF-201912258-raqamli 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2925-yil, 17-mart № 01/4-988-sonli ma’lumotnoma) Natijada  loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi umumlashma xulosalar bilan boyitildi.
yangi o‘zbek nasri misolida etim bola obrazining ijtimoiy va milliy mazmunlari ochib berilgani, sho‘ro davri o‘zbek nasrida etimlik mavzusi markaziy mavzulardan biriga aylangani, etim bola va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar poetik jihatdan ochib berilganligi hamda etim bola epizodik obraz sifatida bajaradigan badiiy funksiyalar, rad etilgan etim bola va ota obrazlari tasvirining o‘ziga xosliklari,  etim bolaning ichki olami, ruhiy evrilishlari va olamni idrok etish tizimi yoritilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Birgalikda o‘qiymiz” ko‘rsatuvining “Shum bola” asari tahliliga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 12.04.2023-yil, 01-02-03/91-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning milliy adabiyotimizda etim bola obrazi poetik talqinida  bola ruhiyatiga xos yangicha qarashlari boyitilgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Xoliqov rahbarligidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda Shahrisabz davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi Norbaboeva Matluba Toxirovnaning  10.00.02 – Oʻzbek adabiyoti ixtisosligida “Yangi o‘zbek nasrida etim bola obrazining poetik talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining quyidagi ilmiy natijalaridan foydalanilgan:

Yangiliklarga obuna bo‘lish