Qodirov Quvonch Bekmurodovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda ichki ishlar idoralarining faoliyati (1991–2011 yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar166.

Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Ganiev Sherzod Alisherovich, yuridik fanlar doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar organlari faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanish masalalarini tarixiy yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonning taraqqiyotiga rahna solayotgan tahdidlarning oldini olishda fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlashda ichki ishlar organlarining faoliyati tarixiy bosqichlar asosida yoritib berilgan;

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrda ichki ishlar organlari jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlari huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasiga qaratilganligi asoslangan;

ichki ishlar organlarining fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligi natijasida ichki va tashqi xavf-xatarlardan mahalliy va mintaqaviy darajada himoyalanishni amalga oshirganligi ilmiy asoslantirilgan;

Toshkent oliy milisiya maktabi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga aylantirilishi natijasida ichki ishlar organlari uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va joy-joyiga qo‘yish tizimi optimallashtirilganligi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mustaqillik davrida O‘zbekistonda ichki ishlar idoralarining faoliyat yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrda ichki ishlar organlari jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlari huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasiga qaratilganligiga oid ma’lumotlardan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi guvohnomasi. Ro‘yxatga olish raqami: 133-202). Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik lisey o‘quvchilarining mamlakat tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlash borasidagi tushunchalarga ega bo‘lish imkonini bergan;

ichki ishlar organlarining fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligiga  oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/927-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlarda mustaqillik yillarida ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlarni o‘rganish hamda huquq tartibotni ta’minlash borasida jamoatchilik rolini kuchaytirishga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilgan;

Toshkent oliy milisiya maktabi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga aylantirilishi natijasida ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash va ularning zaxirasini shakllantirish borasidagi islohotlariga oid taklif va tavsiyalardan Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 12 martdagi 04-13/1175-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar ichki ishlar organlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish