Tuxtaev Dilshod Abduxamidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni bartaraf etishga bariatrik jarrohlik usulini tanlash”, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5628.
Ilmiy rahbar: Sattarov Oybek Taxirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Obidjon Maqsudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Gulamov Olimjon Mirzoxitovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: “I.P.Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg birinchi davlat tibbiyot universiteti” (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni bartaraf etishda bariatrik jarrohlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
semizlik bo‘lgan bemorlarda bariatrik operatsiyaning turli variantlari o‘tkazilganidan so‘ng noalkogol steatogepatitning giperketonemiya, giperketonuriya, chiqariladigan nafas havo kondensatida ketoz konsentratsiyasining yuqori qiymatlari, shuningdek qon zardobida γ-glutamiltranspeptidaza fermentlari va ishqoriy fosfotazaning faolligi ko‘rinishida asosiy belgilari ekanligi asoslangan;
semizlik bo‘lgan bemorlarda oshqozonning laparoskopik bo‘ylama rezeksiyasidan keyin noalkogol steatogepatitning ketonemik sindrom ko‘rinishidagi belgilari operatsiyadan keyingi davrdagi erta muddatlardayoq keskin sodir bo‘lishi, bu vaqtda laparoskopik minigastroshuntlashdan keyin mazkur jarayon operatsiyadan keyingi uzoq muddatlarda fiziologik bariatrik ketonemik sindrom ko‘rinishida mo‘tadil kechishi isbotlangan;
ilk bor qiyosiy jihatdan klinik-laborator (UTT va jigarni fibroskanerlash), biokimyoviy laborator tadqiqot usullari (chiqariladigan nafas havo kondensatida ketoz darajasi, ketonemiya, ketonuriya, γ- glutamiltranspeptidaz fermentlari va ishqoriy fosfataza faolligi) o‘rtasida diagnostik bashoratlash qiymati aniqlanib, bu semizlik bo‘lgan alkogolsiz steatogepatit sifatida a’soratlangan bemorlarda operatsiyadan keyin ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli darajasining asosiy mezonlarini ekanligi aniqlangan;
ilk bor semizlik bo‘lgan bemorlarda “PNASH” nomli noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral dasturi yordamida mazkur bemorlarda bariatrik operatsiyaning maqbul usulini tanlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 14 apreldagi 000116– son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: semizlik bo‘lgan bemorlarda bariatrik operatsiyaning turli variantlari o‘tkazilganidan so‘ng noalkogol steatogepatitning giperketonemiya, giperketonuriya, chiqariladigan nafas havo kondensatida ketoz konsentratsiyasining yuqori qiymatlari, shuningdek qon zardobida γ-glutamiltranspeptidaza fermentlari va ishqoriy fosfotazaning faolligi ko‘rinishida asosiy belgilari ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: alkogolsiz steatogepatit  bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyin ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli past bashoratlash qilingan holatda bariatrik operatsiya usulini faqat oldindan gepatoprotektor terapiya (Tiazolidindionlar, ursodezoksixol kislota, vitamin E, statinlar va boshq.) o‘tkazgandan so‘ng tana vazni indeksining darajasi va yondosh 2-tur qandli diabet mavjudligiga bog‘liq ravishda tanlash takomillashtirilgan yo‘l hisoblandi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi Ibn Sino nomli 1-son klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (18.02.2025 y.; №82) hamda Toshkent shahar hokimligi Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi 7-son shahar klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (03.02.2025 y.; №56U/T) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar alkogolsiz steatogepatit  bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni erta tashxislashga imkon bergan. Yuqoridagi tekshirish usullari hamda davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda konservativ davolashni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikda tavsiya etilayotgan ushbu davolash usullaridagi hamda yangi zamonaviy “PNASH” nomi ostida noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral usuli ishlab chiqilgan, bariatrik operatsiyaning, ishlab chiqilgan yangi davolash algoritmi asosida davolashni o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 750000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 10 kunga qisqartirishga erishildi. Xulosa: semizligi bo‘lgan bemorlarda noalkogol steatogepatitning faol belgilari ehtimoli bo‘lmagan holatda bariatrik operatsiya usulini tanlashga standart shartlardan kelib chiqib yondashish lozim, aynan: LMGSh semizligi bo‘lgan va TVI 40 kg/m2 dan ortiq yoki semizligi bo‘lgan va TVI 40 kg/m2 dan kam bemorlarga, lekin yondosh 2-tur qandli diabet mavjudligida ko‘rsatilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizlik bo‘lgan bemorlarda oshqozonning laparoskopik bo‘ylama rezeksiyasidan keyin noalkogol steatogepatitning ketonemik sindrom ko‘rinishidagi belgilari operatsiyadan keyingi davrdagi erta muddatlardayoq keskin sodir bo‘lishi, bu vaqtda laparoskopik minigastroshuntlashdan keyin mazkur jarayon operatsiyadan keyingi uzoq muddatlarda fiziologik bariatrik ketonemik sindrom ko‘rinishida mo‘tadil kechishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: alkogolsiz steatogepatitning faol belgilari darajasini, lipoliz faolligini, shuningdek keton tanalari hosil bo‘lishini operatsiyadan oldingi va bariatrik operatsiyalarning turli usullari qo‘llanganidan keyingi davrda uskunaviy va laborator uyg‘unlikda baholanishiga asoslangan “PNASH” mezonlari 96,2% gacha ehtimol bilan operatsiyadan keyingi davrda ketonemik sindrom rivojlanish og‘irligini bashoratlash qilish imkonini bergan. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi Ibn Sino nomli 1-son klinik shifoxonasi  bo‘yicha buyruq (18.02.2025 y.; №82) hamda Toshkent shahar hokimligi Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi 7-son shahar klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (03.02.2025 y.; №56U/T) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar alkogolsiz steatogepatit  bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni erta tashxislashga imkon bergan. Yuqoridagi tekshirish usullari hamda davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda konservativ davolashni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: alkogolsiz steatogepatit  bilan og‘rigan bemorlarda semizlikda tavsiya etilayotgan ushbu davolash usullaridagi hamda yangi zamonaviy “PNASH” nomi ostida noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral usuli ishlab chiqilgan, bariatrik operatsiyaning, ishlab chiqilgan yangi davolash algoritmi asosida davolashni o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 750000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 10 kunga qisqartirishga erishildi. Xulosa: semizligi bo‘lgan bemorlarda noalkogol steatogepatitning faol belgilari past ehtimolda bo‘lib, u ikkinchi, fiziologik bariatrik bosqichdan oshmaganida ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli mavjud, bu operatsiya usulini yuqorida keltirilgan ko‘rsatmalarga bog‘liq ravishda, faqat oldindan gepatoprotektor terapiya o‘tkazgandan keyin amalga oshirish imkonli ekanligi aniqlangan. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qiyosiy jihatdan klinik-laborator (UTT va jigarni fibroskanerlash), biokimyoviy laborator tadqiqot usullari (chiqariladigan nafas havo kondensatida ketoz darajasi, ketonemiya, ketonuriya, γ- glutamiltranspeptidaz fermentlari va ishqoriy fosfataza faolligi) o‘rtasida diagnostik bashoratlash qiymati aniqlanib, bu semizlik bo‘lgan alkogolsiz steatogepatit sifatida a’soratlangan bemorlarda operatsiyadan keyin ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli darajasining asosiy mezonlarini ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyin ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli yuqori bashoratlash qilingan holatda laparoskopik minigastroshuntlash usulini mazkur toifa bemorlarda, hatto 2-tur qandli diabet qayd etilmagan holatda asosiy jarrohlik amaliyoti turi sifatida tanlash optimal hisoblanadi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi Ibn Sino nomli 1-son klinik shifoxonasi  bo‘yicha buyruq (18.02.2025 y.; №82) hamda Toshkent shahar hokimligi Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi 7-son shahar klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (03.02.2025 y.; №56U/T) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni erta tashxislashga imkon bergan. Yuqoridagi tekshirish usullari hamda davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda konservativ davolashni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikda tavsiya etilayotgan ushbu davolash usullaridagi hamda yangi zamonaviy “PNASH” nomi ostida noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral usuli ishlab chiqilgan, bariatrik operatsiyaning, ishlab chiqilgan yangi davolash algoritmi asosida davolashni o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 750000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 10 kunga qisqartirishga erishildi. Xulosa: semizligi bo‘lgan bemorlarda noalkogol steatogepatit faol belgilarining yuqori ehtimoli kuzatilganida, ketonemik sindrom uch yoki hatto to‘rtinchi bosqichigacha rivojlanishi mumkin, bu LMGSh ni, hatto yondosh 2-tur qandli diabet aniqlanmagan holatda, mazkur toifa bemorlarda asosiy jarrohlik amaliyoti sifatida tanlashni talab etgan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor semizlik bo‘lgan bemorlarda “PNASH” nomli noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral dasturi yordamida mazkur bemorlarda bariatrik operatsiyaning maqbul usulini tanlash asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyin ketonemik sindrom rivojlanish ehtimoli yuqori bashoratlash qilingan holatda laparoskopik minigastroshuntlash usulini mazkur toifa bemorlarda, hatto 2-tur qandli diabet qayd etilmagan holatda asosiy jarrohlik amaliyoti turi sifatida tanlash optimal hisoblanadi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi Ibn Sino nomli 1-son klinik shifoxonasi  bo‘yicha buyruq (18.02.2025 y.; №82) hamda Toshkent shahar hokimligi Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasi 7-son shahar klinik shifoxonasi bo‘yicha buyruq (03.02.2025 y.; №56U/T) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar alkogolsiz steatogepatit  bilan og‘rigan bemorlarda semizlikni erta tashxislashga imkon bergan. Yuqoridagi tekshirish usullari hamda davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda konservativ davolashni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: alkogolsiz steatogepatit bilan og‘rigan bemorlarda semizlikda tavsiya etilayotgan ushbu davolash usullaridagi hamda yangi zamonaviy “PNASH” nomi ostida noalkogol steatogepatit rivojlanishining belgilari darajasini aniqlash va bashoratlashning yangi integral usuli ishlab chiqilgan, bariatrik operatsiyaning, ishlab chiqilgan yangi davolash algoritmi asosida davolashni o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 750000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘ni tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 10 kunga qisqartirishga erishildi. Xulosa: yondosh noalkogol steatogepatit mavjud bo‘lgan semizligi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini bariatrik operatsiyaning optimal usulini tanlashning diagnostika va bashoratlash mezonlarini ishlab chiqish yo‘li bilan yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish