Tursunov Oqil Amrulloevichning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘pkari - milliy etnik o‘yin sifatida, uning zamonaviy sport turlari taraqqiyotidagi ahamiyati” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi, 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7350
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mehriddin Junaydulloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Izbullaeva Gulchehra Valerievna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rahmonov Rauf Rasulovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘pkari - milliy etnik o‘yin sifatida, uning zamonaviy sport turlari va jismoniy mashqlar taraqqiyotidagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- ko‘pkari ot sporti mashg‘ulotlarida kuch, chidamlilik, epchillik, koordinatsiya va reaksiya tezligi kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks (elka, qo‘l va bel mushaklarini mustahkamlovchi, chidamlilikni oshiruvchi, ot ustida boshqaruv va muvozanatni yaxshilovchi, otda yugurish va manyovr hamda reaksiya va tezkorlikni rivojlantiruvchi) mashqlarni sportchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga mos ravishda tizimli qo‘llash hisobiga ularning kompleks tayyorgarligi takomillashtirilgan;
ko‘pkari musobaqalarida sportchilarning jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) va psixologik (ruhiy barqarorlik, strategik fikrlash, jamoaviy muloqot va taktika, tiklanish hamda restavratsiya mashqlari) tayyorgarlik darajalari orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash hisobiga sportchilarning harakat tayyorgarligi va o‘zaro muloqotga kirishish, sherigini so‘zsiz tushunish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
ko‘pkari ot sporti etnik o‘yin turlarining rivojlanish genezisi va taraqqiyot bosqichlari, uning globallashuv sharoitida zamonga mos sport o‘yinlari rivojlanishidagi ahamiyati masalasini takomillashtirish hamda amaliyotga tadbiq qilish modelining tashkiliy-didaktik komponentlari tarkibiga munozarali o‘qitish (discussion-based learning), axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitish (ICT-learning) kabi o‘qitish usullarini kiritish hisobiga talabalarning o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ko‘pkari ot sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning jismoniy, texnik, taktika va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan haftalik sikl mashg‘ulotlarini murakkab va tizimli reja asosida olib borish hisobiga mashg‘ulotlar yuklamalarini oson o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari:quyidagilardan iborat: 
Ko‘pkari ot sportining etnik o‘yinlari tarixiy genezisi, taraqqiyot tamoyillari va zamonaviy sport o‘yinlari takomillashuvidagi ahamiyatiga oid va zamonaviy sport o‘yinlarining etnik tahlillari xususida to‘plamlar yaratilgan.
Ilmiy-badiiy adabiyotlarda ot va ko‘pkari milliy etnik o‘yiniga oid ilmiy-nazariy qarashlarini, Ot sporti o‘yinlari va ko‘pkari sportining mahalliy urf-odat, an’analar va qadryatlar bilan aloqadorligi masalasini manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar vositasida ishlab chiqilgan;
Ko‘pkari-milliy etnik o‘yinlarida jamoaviylik va individuallik kategoriyalarining shakllanishi, hozirgi zamon sport o‘yinlari bilan mushtarak xususiyatlari aniqlangan;
Ko‘pkari sport turining umummilliy etnik o‘yin sifatida, zamonaviy sportning tayyorgarlik mashqlari rivojlanishidagi o‘rni va tamoyillari negizida o‘qitishning ilmiy-pedagogik samaradorligi va tajriba-sinov ishlari, omillari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘pkari ot sporti mashg‘ulotlarida kuch, chidamlilik, epchillik, koordinatsiya, reaksiya tezligi kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks (elka, qo‘l va bel mushaklarini mustahkamlovchi, chidamlilikni oshiruvchi, ot ustida boshqaruv va muvozanat, otda yugurish va manvyor hamda reaksiya va tezkorlik) mashqlarini polvonlarning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga qarab tizimli qollash bo‘yicha tavsiyalar “Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i. Ro‘yxatga olish raqami 55-278). Natijada ko‘pkari ot sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning kompleks tayyorgarligi takomillashtirilgan;
Ko‘pkari musobaqalarida sportchilarni jismoniy (yuqori, o‘rtacha, past) va psixologik (ruhiy barqarorlik, strategik fikrlash, jamoaviy muloqot va taktika, tiklanish va restavratsiya mashqlari) (yuqori, o‘rtacha, past) tayyorgarligining tashqi namoyon bo‘lishi orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati ko‘pkarichilari mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada polvonlarning harakat tayyorgarligi va o‘zaro muloqotga kirisha olish, sherigini so‘zsiz tushuna olish qobiliyati 17-18 % ga yaxshilangan;
Ko‘pkari ot sporti etnik o‘yin turlarining arxaik genezisining, taraqqiyot bosqichlari, uning globallashuv sharoitida zamonga mos bo‘lgan sport o‘yinlari rivojlanishidagi ahamiyati masalasini takomillashtirish amaliyotga tadbiq qilish modelining tashkiliy-didaktik komponentlari tarkibiga muammoli vaziyat, munozara, seminar, konferensiya o‘qitish usullarini kiritish bo‘yicha tavsiyalar Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zlashtirishi 15-16 % ga oshirilgan;
Ko‘pkari ot sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning jismoniy, texnik, taktika va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan haftalik sikl mashg‘ulotlarini murakkab va tizimli reja asosida olib borish bo‘yicha tavsiyalar Surxondaryo viloyati ko‘pkarichilari mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27 fevraldagi 02/01-01-77 son ma’lumotnomasi). Natijada polvonlarning kompleks tayyorgarligi 13-14 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish