Mavlanova Moxigul Uralovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farhod va Shirin”: adabiy matn tarkibi va g‘oyaviy-badiiy talqin, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil 3342.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Maqsud Husenovich, filologiya fanlari doktori, professor, direktor o‘rinbosari.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Farhod va Shirin” dostonining o‘rganilishiga doir qarashlarni tizimli tarzda yoritish orqali asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari ilm-fandagi yangi talqinlar asosida atroflicha ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 “Farhod va Shirin” dostonining shakllanish omillari aniqlanib, genezisi, obrazlarning tarixiy asoslari, yozma adabiyotda o‘rinlashish tamoyillarini yoritish asosida muallifning ijodiy konsepsiyasi ochib berilgan;           
“Farhod va Shirin” dostonining o‘rganilish tarixiga e’tibor qaratilib, tadqiqotlardagi yutuq va kamchiliklarni tasniflash orqali ularga munosabat bildirilgan va asarning o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni adabiy matn mazmuniga tayanib dalillangan;
dostonning ramziy-majoziy tabiati obrazlar tizimi orqali tahlil qilinib, uning diniy, irfoniy ma’no qamrovi buyuk mutafakkirning dunyoqarashiga uyg‘un holda yoritilgan hamda g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarining o‘ziga xosligi isbotlangan;                       dostonning kompozisiyasi, vazn, qofiya, radif kabi poetik unsurlarning adabiy matn mazmuni bilan mushtarakligi, shuningdek, Alisher Navoiyning she’riy san’atlarni qo‘llash bilan bog‘liq badiiy mahorati ochib berilgan.    
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ““Farhod va Shirin”: adabiy matn tarkibi va g‘oyaviy-badiiy talqin” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya hamda ishlanmalar asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024 yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning 2025-yil 26-iyundagi №01/4-2761-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik korpusi ma’lumotlar bazasi “Farhod va Shirin” dostonining ramziy-majoziy tabiatiga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotida “Farhod va Shirin” dostonidagi ramziy poetik timsollarning ko‘chma va majoziy ma’nolarining ifoda imkoniyatlari, shuningdek, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022-yilda bajarilgan f.f.d-ri professor Z.Qobilova rahbarligidagi AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha web sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Qo‘qon universitetining 2025-yil 14-noyabrdagi №01/03-3007-ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy ijodida ifodalangan tasavvufiy-irfoniy ma’nolarning Qo‘qon adabiy muhiti vakillari she’riyatida davom etganligini ko‘rsatib berishdagi ahamiyati ilmiy dalillar asosida o‘z isbotini topgan.        
Ilmiy tadqiqot ishi xulosalaridan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariylarida 2023-2024 yillar hamda 2025-yil yanvar va fevral oylari sonlari tadqiqotda aks etgan “Farhod va Shirin” dostonidagi irfoniy, tasavvufiy va rindona mavzular, muallif g‘oyasi, an’anaviy obrazlar tizim, asar strukturasida syujet va kompozisiyaning o‘rni va mumtoz an’analar doirasida baholash kabi masalalar borasida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan. (“O‘zbekiston” radiokanali DMning 2025-yil 11-iyuldagi 05-09-1125-son ma’lumotnomasi). Natijada “Farhod va Shirin” dostonining obrazlar talqinidagi an’anaviylik, salaflari ijodidan samarali foydalanish va asarning badiiy  g‘oyasi va xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar haqida bildirilgan fikrlar radiotinglovchilar uchun muhim ahamiyat kasb etishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish