Niyazov Askarbay Tolibaeivch
falsafa fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akmeologik yondashuv asosida talabalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7343.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinbaevich pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Adizov Baxtyor Rahmonovich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbya va sport universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida talabalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologiyasini rivojlantirish strategiyalarini, kasbiy va individual sifatlarini oshirishning pedagogik va metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akmeologik, differensial va refleksiv yondashuvlarning integratsiyalashning didaktik mohiyati, shaxsning kasbiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashdagi o‘rni, tashkiliy-uslubiy asoslari va determinantlari ilmiy jihatdan asoslab berilib, talabalarning individual-rivojlanish traektoriyasi ochib berilgan;
jismoniy tarbiya ta’limida SMART ta’lim konsepsiyasi asosida talabalarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini rivojlantirish mexanizmi, shuningdek, akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning komparativ, individual va funksional xususiyatlarini hisobga olish kabi determinantlarga ustuvorlik berilgan holda takomillashtirilgan;
SPARK - (sport, o‘yin va faol dam olish) modeli asosida kognitiv faoliyatning shakllangan uslubi (deduktiv, induktiv, dialektik) xususiyatlari va strategiyalarini maqsadli qo‘llash, samaradorlik bloklari funksiyasini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llash asosida talabalarning akmeologik va kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya ta’limida ShIMO modelini (shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish) innovatsion ta’lim kontekstida interfaol usullar bilan integratsiya qilib o‘qitish jarayonida talabalarning akmeologik kompetensiyasini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar va dastur ishlab chiqilgan hamda metodik ta’minoti takomlillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya ta’limida talabalarining akmeologik yondashuv asosida shaxsiy-kasbiy va jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akmeologik, differensial va refleksiv yondashuvlarning integratsiyalashning didaktik mohiyati, shaxsning kasbiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashdagi o‘rni, tashkiliy-uslubiy asoslari va determinantlari ilmiy jihatdan asoslab berilib, talabalarning individual-rivojlanish traektoriyasi ochib berishda “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2023-yil 17-iyul 314-sonli buyrug‘i, 314-388-raqamli guvohnomasi). (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025 yil oktyabr 22-01-830/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya ta’lim tizimidagi islohotlar davrida sohada pedagogik kadrlar tayyorlash bosqichlarining tashkiliy-uslubiy faoliyatining tahliliy va tadqiqiy xususiyatlari va amaliyotdagi holati akmeologik, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya ta’limida SMART ta’lim konsepsiyasi asosida talabalarning shaxsiy-kasbiy sifatlarini rivojlantirish mexanizmi, shuningdek, akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning komparativ, individual va funksional xususiyatlarini hisobga olish kabi determinantlarga ustuvorlik berilgan holda takomillashtirilganda “Bokschilarning sport-pedagogik maxoratin oshirish” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2022-yil 25-noyabr 338-sonli buyrug‘i, 388-325-raqamli guvohnomasi). (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025 yil oktyabr 22-01-830/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, akmeologik yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilib, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
SPARK - (sport, o‘yin va faol dam olish) modeli asosida kognitiv faoliyatning shakllangan uslubi (deduktiv, induktiv, dialektik) xususiyatlari va strategiyalarini maqsadli qo‘llash, samaradorlik bloklari funksiyasini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llash asosida talabalarning akmeologik va kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya ta’limida ShIMO modelini (shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish) innovatsion ta’lim kontekstida interfaol usullar bilan integratsiya qilib o‘qitish jarayonida talabalarning akmeologik kompetensiyasini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar va dastur ishlab chiqilgan hamda metodik ta’minoti takomlillashtirilganda “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘qub qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inoovatsiyalar vazirligi, 2025-yil 14-aprel 136-sonli buyrug‘i, 808613-raqamli guvohnomasi). (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 2025 yil oktyabr 22-01-830/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning zamonaviy ta’lim sharoitida kasbiy kompetentligini oshirish strategiyalari, kontekstual omillari, ta’lim uslublari va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaruvchi pedagogik mexanizmlari va innovatsion ta’lim jarayonida interfaol usullari takomillashtirilgan.