Aytimbetov Yusupbay Mambetyaroivch
 falsafa fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped2956.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Shixnazar Raximberganovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Juraev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Zufarov Sherzod Mirdjalovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish tuzilmasi induktiv va deduktiv xulosa chiqarish, dekompozisiya, abstraksiya komponentlarining murakkab masalalarni loyihalash va konstruksiyalash, algoritm va natijani prognozlash funksiyalari bilan o‘zaro birligi va shartlanganligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish mazmuni nazariy materialni bayon qilish va masalalarga echim topish jarayonida kooperativ ta’limning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, samarali hamkorlikdagi faoliyat bilan mazkur tafakkur komponentlarining identiv aspektlari o‘rtasida qayta aloqani o‘rnatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishning modelining mazmunli-jarayonli bloki “Algoritmlash va dasturlash” moduli bo‘yicha o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyiliga ustuvorlik berish asosida strukturalash, talabalarning algoritmik faoliyat tajribasini propedevtik, amaliy va ijodiy darajalarga muvofiq amalga oshirish konstuktini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi strategik va taktik o‘quv maqsadlarini belgilash, yo‘naltiruvchi va personallashgan harakatlarning maqbulligiga erishish, faoliyat natijalarining produktivligiga erishishning diagnostik va korreksion jihatlari validligini hisobga olish bo‘yicha pedagogik dizaynni loyihalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish tuzilmasini induktiv va deduktiv xulosa chiqarish, dekompozisiya, abstraksiya komponentlarining murakkab masalalarni loyihalash va konstruksiyalash, algoritm va natijani prognozlash funksiyalari bilan o‘zaro birligi va shartlanganligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirish, talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish mazmunini nazariy materialni bayon qilish va masalalarga echim topish jarayonida kooperativ ta’limning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, samarali hamkorlikdagi faoliyat bilan mazkur tafakkur komponentlarining identiv aspektlari o‘rtasida qayta aloqani o‘rnatish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi uchun “Kompyuter taminoti” darsligini ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018-yil 7-dekabdagi 1000-son buyrug‘i, 1000-056 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishning modelining mazmunli-jarayonli bloki “Algoritmlash va dasturlash” moduli bo‘yicha o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyiliga ustuvorlik berish asosida strukturalash, talabalarning algoritmik faoliyat tajribasini propedevtik, amaliy va ijodiy darajalarga muvofiq amalga oshirish konstuktini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110700 informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi uchun “Kompyuter taminoti” darsligini ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018-yil 7-dekabdagi 1000-son buyrug‘i, 1000-056 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirish texnologiyasini strategik va taktik o‘quv maqsadlarini belgilash, yo‘naltiruvchi va personallashgan harakatlarning maqbulligiga erishish, faoliyat natijalarining produktivligiga erishishning diagnostik va korreksion jihatlari validligini hisobga olish bo‘yicha pedagogik dizaynni loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60540100 Matematika ta’lim yo‘nalishi uchun “Python programmalastırıw” darsligi ishlab shiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2025-yil   14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 848429 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish