Oribboeva Dilafruz Dadamirzaevnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika yo‘nalishi talabalarining maktab muhitida bullingning oldini olish texnologiyasiga oid kompetensiyalarini takomillashtirish”
13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1254
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori DSc, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Azimova Ziyoda Ergashevna, Qo‘qon davlat universiteti, professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Xanbabaev Xakimjon Ikromovich.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning maktab muhitida bullingning oldini olish texnologiyasiga oid kompetensiyalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning bullingni aniqlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zarurati o‘qituvchining sinfdagi yoki maktab jamoasidagi bulling holatlarini turli vignettalar asosida ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka aksil-mazmunli yondashuvning shaxsiy identifikatsiya traektoriyasiga ko‘ra aksiologik-motivatsion integratsiyalash orqali asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ yondashuv kompetensiyasini rivojlantirish bullingning oldini olish jarayonida pedagogning muloqot qilish va psixologik ta’sir o‘tkaza olish mahoratidan foydalanishning konseptual asoslari aksiologik yondashuv va kognitiv tahlil asosida talabalarning “o‘qituvchi-bosqinchi o‘quvchi”, “o‘qituvchi-jabrlanuvchi o‘quvchi”, “o‘qituvchi-guvoh o‘quvchi” kabi rolli o‘yinlarni refleksiv talqini orqali ochib berish asosida takomillashtirilgan;
bulling sodir bo‘lganda pedagog sifatida tegishli choralarni ko‘ra bilish, vaziyatga aralashish va mojaroni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish hamda bu ko‘nikmalarni baholash uchun maxsus (bulling turlarini aniqlashga doir) keys-stadi topshiriqlari, “Pedagog aralashuvi” usuli tarbiya tamoyillari, usullari va metodlarining samaradorligiga innovatsion tatbiq etish orqali ochib berilgan;
sinf jamoasida va maktab miqyosida bullingning oldini olish bo‘yicha tizimli faoliyatni rejalashtira olish va amalga oshira olishni ta’minlovchi pedagogika o‘qituvchisi konsepsiyasi kasbiy mo‘ljalning universallik va formativlik tamoyillariga muvofiq didaktik konvergensiya vositasida “Maktabda bullingni oldini olish”, “Ota-onalar uchun bulling haqida seminar-trening”, “Do‘stona sinf muhitini shakllantirish” kompetensiyalarini integrativ shakllantirishni samarali joriy etish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak pedagoglarning bullingni oldini olishga doir kompetensiyalarining tarkibiy jihatlari pedagogik modeli tarbiya nazariyasining aksiologik asoslari (inson qadri, adolat, mehr-oqibat, hamkorlik, mas’uliyat) va ta’lim jarayonida axloqiy dilemmalarni integratsiya qilish orqali talabalarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga metodik yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika yo‘nalishi talabalarini maktab muhitida bullingning oldini olish texnologiyasiga oid kompetensiyalarini takomillashtirish borasidagi olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning bullingni aniqlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zarurati o‘qituvchining sinfdagi yoki maktab jamoasidagi bulling holatlarini turli vignettalar asosida ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka aksil-mazmunli yondashuv orqali shaxsiy identifikatsiya traektoriyasiga ko‘ra aksiologik-motivatsion integratsiyalash orqali asoslangan taklif va tavsiyalar “Ontogenez psixologiyasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 218-164-sonli nashr ruxsatnomasi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-oktyabrdagi 02/01-01-390-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘qituvchining sinfdagi yoki maktab jamoasidagi bulling holatlarini turli vignettalar asosida ta’lim jarayonida kognitiv tahlil texnologiyalarini tatbiq etish hamda pedagogika o‘qituvchilarining kasbiy rivojlantirishga xizmat qilgan, talabalarning tarbiyaviy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ yondashuv kompetensiyasini rivojlantirish bullingning oldini olish jarayonida pedagogning muloqot qilish va psixologik ta’sir o‘tkaza olish mahoratidan foydalanishning konseptual asoslari aksiologik yondashuv va kognitiv tahlil asosida talabalarning “o‘qituvchi-bosqinchi o‘quvchi”, “o‘qituvchi-jabrlanuvchi o‘quvchi”, “o‘qituvchi-guvoh o‘quvchi” kabi rolli o‘yinlarni refleksiv talqini orqali ochib berish asosida takomillashtirish borasidagi taklif va tavsiyalardan “Oila psixologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 423-286-sonli nashr ruxsatnomasi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-oktyabrdagi 02/01-01-390-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ yondashuv kompetensiyasini rivojlantirish bullingning oldini olish jarayonida pedagogning muloqot qilish va psixologik ta’sir o‘tkazishidagi ilg‘or jihatlarni integratsiyalash borasida takliflar ishlab chiqilgan;
bulling sodir bo‘lganda pedagog sifatida tegishli choralarni ko‘ra bilish, vaziyatga aralashish va mojaroni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning o‘ziga xos jihatlarini aksiologik yondashuv asosida tahlil qilish hamda bu ko‘nikmalarni baholash uchun maxsus ( bulling turlarini aniqlashga doir) keys-stadi topshiriqlari, “Pedagog aralashuvi” usuli tarbiya tamoyillari, usullari va metodlarining samaradorligiga innovatsion tatbiq etish borasidagi tavsiyalardan “BARQAROR HAYoT” Xalqaro ijtimoiy ma’rifat markazi Namangan filiali tomonidan “Inson qadri ulug‘langan yurtda hech kim e’tibordan chetda qolmas” loyihasi doirasida qo‘llanildi (2025- yil 29-avgustdagi 5-son ma’lumotnomasi) Natijada, ilmiy taklif va tavsiyalar asosida bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarining bulling sodir bo‘lganda pedagog sifatida tegishli choralarni ko‘ra bilish, vaziyatga aralashish va mojaroni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik asoslarini ommalashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
sinf jamoasida va maktab miqyosida bullingning oldini olish bo‘yicha tizimli faoliyatni rejalashtira olish va amalga oshira olishni ta’minlovchi pedagogika o‘qituvchisi konsepsiyasi kasbiy mo‘ljalning universallik va formativlik tamoyillariga muvofiq didaktik konvergensiya vositasida “Maktabda bullingni oldini olish”, “Ota-onalar uchun bulling haqida seminar-trening”, “Do‘stona sinf muhitini shakllantirish” kompetensiyalarini integrativ shakllantirishni samarali joriy etish bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2025-yil iyul va avgust oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-09-1446-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarining sinf jamoasida va maktab miqyosida bullingning oldini olish bo‘yicha tizimli faoliyatni rejalashtirishga yo‘naltirilgan amaliy-texnologik tizim ommalashtirishga erishilgan.
bo‘lajak pedagoglarning bullingni oldini olishga doir kompetensiyalarining tarkibiy jihatlari pedagogik modeli tarbiya nazariyasining aksiologik asoslari va ta’lim jarayonida axloqiy dilemmalarni integratsiya qilish orqali talabalarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga metodik yo‘naltirish asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar “Kasb psixologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 218-180-sonli nashr ruxsatnomasi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-oktyabrdagi 02/01-01-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bullingni oldini olishga doir kompetensiyalarining tarkibiy jihatlari pedagogik modelini o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda bo‘lajak pedagogika o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, tarbiyaviy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.