Shichenko Olga Aleksandrovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik interstisial zotiljamning klinik-immunologik prediktorlari va ularni kasallikning rivojlanishidagi roli» mavzusidagi 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib1325.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik interstisial pnevmoniyaning rivojlanishida klinik-immunologik biomarkerlarning ahamiyatini baholash orqali kasallikni o‘z vaqtida aniqlash usullarini takomillashtirish, kasallik kechishining og‘irligini va asoratlar rivojlanish xavfini oldindan bashorat qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishi va kechishida SP-A va SP-D zardob surfaktant oqsillarining roli asoslangan hamda ularning klinik, rentgenologik va laborator ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
nospesifik interstisial pnevmoniyada surfaktant oqsillarning tavsiya etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi interstisial  yallig‘lanishning avj olishida va interstisial fibroz rivojlanishida prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor qon plazmasida surfaktant oqsillar miqdorining ortishi nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishining erta prognostik markeri ekanligi va prognozlash mezoni sifatida qo‘llanilishi zarurligi asoslangan;
nospesifik interstisial pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda fenotipga qarab glyukokortikosteroidlar, sitostatiklar yoki antifibroz preparatlarni individual tanlash orkali kasallikni olib borish xamda prognozlash taktikasi  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik interstisial zotiljamning klinik-immunologik prediktorlari va ularni kasallikning rivojlanishidagi roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr 26\43-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishi va kechishida SP-A va SP-D zardob surfaktant oqsillarining roli asoslangan hamda ularning klinik, rentgenologik va laborator ko‘rsatkichlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Nospesifik interstisial  pnevmoniya rivojlanishida immunologik prediktorlarning roli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasiga 2025 yil 26 sentyabrdagi 5274-7-107-TV\2025-sonli buyrug‘i bilan, Respublika iqtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2025 yil 20 sentyabrdagi 123a-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr` 26\43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Tavsiya etilgan mul`tidissiplinar konsensusni qo‘llash nospesifik interstisial pnevmoniyada klinik diagnostikasining oltin standarti ekanligi yana bir marta isbotlandi, hamda kasallik rivojlanishida yuqori aniqlikdagi kompyuter tomografiya ma’lumotlarini baholash erta diagnostik marker ekanligi aniqlandi.  Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda kasallikni erta aniqlash va qo‘shimcha tekshirishlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi. Statsionarda yotoq kunini 2 kunga qisqarishi xisobiga bitta bemor uchun 440000 so‘m iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesifik interstisial pnevmoniyada surfaktant oqsillarning tavsiya etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi interstisial yallig‘lanishning avj olishida va interstisial fibroz rivojlanishida prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishida immunologik prediktorlarning roli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasiga 2025 yil 26 sentyabrdagi 5274-7-107-TV\2025-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2025 yil 20 sentyabrdagi 123a-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr` 26\43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Nospesifik interstisial pnevmoniya (NSIP) rivojlanishi va kechishini bashoratlashda SP-A va SP-D surfaktant oqsillar ko‘rsatkichlari oshishining prognostik roli o‘rganildi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni hamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va pulmonologiya bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 200 750 so‘m tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor qon plazmasida surfaktant oqsillar miqdorining ortishi nospesifik interstisial  pnevmoniya rivojlanishining erta prognostik markeri ekanligi va prognozlash mezoni sifatida qo‘llanilishi zarurligi asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishida immunologik prediktorlarning roli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasiga 2025 yil 26 sentyabrdagi 5274-7-107-TV\2025-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2025 yil 20 sentyabrdagi 123a-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr` 26\43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NSIP bilan og‘rigan bemorlarda kasallik rivojlanishining xavf omillarini stratifikatsiyasi, kasallikning og‘ir kechishini va asoratlar rivojlanishi mumkinligini o‘z vaqtida bashorat qilish imkonini bergan. Shuning uchun SP-A va SP-D serologik ko‘rsatkichlari kompleks, dinamik tekshiruvga kiritilishi tavsiya etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi NSIP bilan og‘rigan bemorlarda kasalliklarda qimmat muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi  va shular hisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nospesifik interstisial pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda fenotipga qarab kasallikni olib borish va prognozlash taktikasi takomillashtirilganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 25 iyundagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Nospesifik interstisial pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarning klinik tavsifi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasiga 2025 yil 26 sentyabrdagi 5274-7-107-TV\2025-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali 2025 yil 20 sentyabrdagi 123a-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabr` 26\43-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NSIP bilan og‘rigan bemorlarda kasallik rivojlanish xavfi aniqlandi va kechishini bashorat qilish mezonlari takomillashtirildi. NSIP bilan kasallangan bemorlar uchun  ishlab chiqilgan algoritm fenotipga bog‘liq holda bemorlarni davolashga differensial yondashish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalarning tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi nospesifik interstisial pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda asoratlar sonini 1,5 barobarga kamayganligi, hamda kasallikning prognozini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga yordam beradi va shular xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish