Toreshova Amina Ubbiniyazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida echkilarning go‘sht hamda sut mahsuldorligi potensialidan foydalanishning ilmiy va texnologik asoslari”, 06.02.03- Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Qx325
Ilmiy maslahatchi: Bazarov Soli Rahmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Omonov Mamatqobul Ismailovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijdan keltirilgan «zaanen» va «mursia-granada» zotli echkilarning biologik hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini mahalliy echkilar bilan tahliliy o‘rganish asosida ularni mahalliylashtirish hamda go‘sht va sut mahsuldorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoliy Qoraqalpog‘iston sharoitida turli xil saqlash texnologik usullardan foydalanib mahalliy, chetdan keltirilgan «Zaanen» va «Mursia-granada» zotli echkilar sut va go‘sht mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
turli oziqlanish va saqlash shroitlarining echkilarining reproduktiv qobiliyatiga ta’siri aniqlanganda, ularning serpushtligi mahalliy echkida 116%, «Zaanen» zotida 216% va «Mursia-granada» zotida 200% ni tashkil qilishi aniqlangan;
turli saqlash sharoitida 10 kunlik «Zaanen» va «Mursia-granada» zotli echkilarning sut mahsuldorligi yuqorigidan foydalanib, 60 kunlikka qadar ajratish-emdirish usulida saqlangan holda har bir ona echkidan qo‘shimcha 2,0–2,0 litr/kun sut olish mumkinligi isbotlangan;
turli zotli echkilarining go‘sht mahsuldorligini oshirishda 9-10 oylik takachalarni bo‘rdoqilash orqali «Zaanen» zotli takachalardan 44,8 kg, «Mursia-granada» zotidan 41,7 kg, mahalliy echkidan 30,5 kg go‘sht etishtirilganligi aniqlangan;
echkilar sutdorligining yuqoriligi sababli turli zotli echkilardan sut ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi «Mursia-granada» zotida 27,8% ni, «Zaanen» zotida 44,4% ni tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida xorijiy zotdor va mahalliy echkilarning biologik hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
turli zot echkilarni har xil saqlash sharoitida go‘sht mahsuldorligini oshirishning resurstejamkor usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi «Jarimbetov Junus» chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 33/02-05-679 son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat guruhiga nisbatan tajribadagi «Zaanen» zotli echkilar go‘sht mahsuldorligi 27,5 kg. ga, «Mursia-granada» zotli echkilarda 25,9 kg. ga ko‘payib, rentabellik darajasi o‘z navbatida 94,8 va 92,0 foizni tashkil etgan;
mahalliy va xorijdan keltirilgan «Zaanen», «Mursia-granada» zotli echkilarning har xil saqlash sharoitida sut mahsuldorligini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi «Pirnazar ota» chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 33/02-05-679 son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan tajriba guruhidagi «Zaanen» zotli echkilar sut mahsuldorligi 431,4 kg. ga va «Mursia-granada» zotida esa 335,7 kg. ga oshishiga erishilib, rentabellik darajasi esa 44,4 va 27,8 foizni tashkil etgan;
«Zaanen», «Mursia-granada» zotli hamda mahalliy echkilarning  turli saqlash sharoitida serpushtligini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Panaev Farms» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 33/02-05-679 son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan tajriba guruhidagi echkilarning serpushtligi «Zaanen» zotli echkilarda bir bosh hisobiga olingan uloqlar 2,16 boshga va rentabellik darajasi 116 foizga, «Mursia-granada» zotli echkilarda esa, bir bosh echkiga olingan uloqlar 2,0 boshga oshgan bir vaqtda rentabellik darajasi 100,0 foizga oshish imkonini bergan;
turli zot echkilarni har xil saqlash sharoitida go‘sht mahsuldorligini oshirishning resurstejamkor usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi «Ko‘kcha Nasl Chorva» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 33/02-05-679 son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat guruhiga nisbatan tajribadagi «Zaanen» zotli echkilar go‘sht mahsuldorligi 27,5 kg. ga, «Mursia-granada» zotli echkilarda 25,9 kg. ga ko‘payib, rentabellik darajasi 94,8 va 92,0 foizni tashkil etgan;
xorijdan keltirilgan «Zaanen» va «Mursia-granada» zotli echkilarning turli saqlash sharoitida serpushtligini oshirish usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanigi «QR Universal Eksport Invest» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 33/02-05-679 son ma’lumotnomasi). Natijasida mahalliy echkilardan 1 boshiga 1,16 bosh, «Zaanen»  zotli echkilardan 2,16 va «Mursia-granada» zotidan 2,0 boshdan uloq olingan bo‘lib, mahalliy zotga nisbatan mos tarzda 1,0 va 0,84 bosh ko‘p uloq olingan. Serpushtlikni oshirish bo‘yicha bir bosh hisobiga olingan sof foyda zotlar kesimida 8,8; 63,8 va 55,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 16,0; 116,0 va 100,0 foizga oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish