Ulashova Nafisa Aktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston sul`fatli tuz konlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4380.
Ilmiy rahbarlar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Mutalov Shuxrat Axmatjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqbul texnologik parametrlarni aniqlash orqali sul`fatli cho‘kindilarni kaliy xlorid bilan konversiyalash asosida barqaror yodlangan osh tuzi va kaliy sul`fat olishning resurstejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fat tuzlaridan kaliy sul`fati va yodlangan osh tuzini olishdagi jarayonlar ketma-ketligi hamda texnologik parametrlarning maqbul o‘zgarish intervali 25 va 75 °C haroratlarda 2Na⁺, 2Mg²⁺, 2K⁺ // SO₄²⁻, 2Cl⁻–H₂O sistemasida Na₂SO₄–MgSO₄ yuzasidan KCl cho‘qqisigacha grafoanalitik usul orqali kesim o‘tkazish asosida aniqlangan;
jarayonning texnologik parametrlariga bog‘liq ravishda mahsulotlarning kimyoviy va fraksion tarkibidagi o‘zgarishlar 25, 60 va 100 °C haroratlarda kaliy yodid ishtirokida kristallanish jarayonining maqbul sharoitlari o‘rnatilgan, shuningdek barqaror yodlangan osh tuzining fizik-kimyoviy va tovar xususiyatlari aniqlangan;
barqaror yodlangan osh tuzi olish bilan tarkibida kaliy yodid bo‘lgan tozalangan namakob suvlarni bug‘lanish jarayoni, kaliy yodid kristallarini natriy xlorid kristallarining kristall panjarasida kristallanishi aniqlanib, bunda osh tuzi tarkibidagi yodning barqarorligi isbotlangan;
kaliy sul`fati va yodlangan natriy xloridi hosil qiladigan sul`fat minerallari, kaliy xloridi va suvdan iborat boshlang‘ich komponentlarning maqbul massa nisbatlari aniqlangan;
sul`fatli tuzlarni kaliy xloridi bilan konversiya qilish jarayonlarining texnologik parametrlariga qarab eritmalar va suspenziyalarning reologik xususiyatlarini grafoanalitik usulda aniqlash imkonini beradigan hajmli nomogramma ishlab chiqilgan;
kaliy xloridi va sul`fatli tuzlardan kaliy sul`fati bilan bir vaqtning o‘zida yodlangan osh tuzi olishning resurstejamkor ekologik muvofiqlashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston sul`fatli tuz konlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
Orol hududidagi sul`fatli tuz qatlamlarini kompleks qayta ishlash texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ QKning “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QKning 2025 yil 16 yanvardagi 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi kimyo sanoati korxonalarida va qishloq xo‘jalida xlorsiz kaliy sul`fati o‘g‘itlari bilan ta’minlash imkonini beradi;
kaliy sul`fati olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ QKning ning “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ QK ning 2025 yil 16 yanvardagi 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy xloridini sul`fatli tuz qatlamlari, ya’ni astraxanit va/yoki glazerit va shenitni konversiya yo‘li bilan import o‘rnini bosuvchi kaliy sul`fati olish imkonini beradi.