Mamatmuminov Alisher Turaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori haroratli sharoitda polimer-oltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.09.02 —“Geotexnika” (YO‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. YO‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5760 
Ilmiy rahbar: Sadikov Ibragim Salixovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.05
Rasmiy opponentlar: 
Axmedov Sherzod Baxadirovich – Toshkent davlat transport universiteti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Karimov Maqsud Ubaydulla o‘g‘li – Toshkent kimyo-texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil yo‘llaridagi asfaltbeton qoplamalarining yuqori haroratga chidamliligini oshirish uchun polimer-oltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 mahalliy homashyo hisoblangan oltingugurtni TP markali modifikator bilan modifikatsiya qilinishi natijasida modifikatsiyalangan polimer-oltingugurtli bitum olish texnologiyasi takomillashtirilgan; 
avtomobil yo‘llaridagi qoplamalarni qurish va ta’mirlash uchun ilk bor yuqori haroratga chidamli va mustahkamligi yuqori bo‘lgan yangi qurilish materiali – polimer-oltingugurtli asfaltbeton olingan;
polimer-oltingugurtli asfaltbeton qoplamalarining g‘ildirak izi hosil bo‘lishga chidamliligi, suvga bardoshliligi, surilishdagi mustahkamligi, yuqori haroratga chidamliligi kabi ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirishga erishilgan;
asosiy tarkib va texnologik omillarni (polimer-oltingugurt tarkibi, tayyorlash harorati, modifikator turi, miqdori va tayyorlash texnologiyasi) polimer-oltingugurtli asfaltbetonning fizik - mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘zgarish qonuniyatlari asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Polimer-oltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatasion ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
polimer-oltingururtning polimerlanish miqdori 54 % ga oshirildi va polimer-oltingugurtli asfaltbeton uchun ishlab chiqilgan optimal tarkib asosida asfaltbeton zavodlarida qorishma tayyorlandi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Boysun tuman yo‘llardan foydalanish  davlat muassasasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi №02-4424 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polimer-oltingugurtli asfaltbeton qoplamasining ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 2-3 marta oshirilishi laboratoriya sinovlari orqali aniqlangan. 
polimer-oltingugurtli asfaltbeton avtomobil yo‘llarining qoplamalarini qurish va ta’mirlash uchun mustahkamlik, yoriqbardoshlilik, yuqori haroratga chidamlilik, siljishga chidamlilik va g‘ildirak izi deformatsiyasiga chidamliligi kabi fizik-mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari oshirildi va natijalar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Boysun tuman yo‘llardan foydalanish  davlat muassasasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi №02-4424 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polimer-oltingugurtli asfaltbetonning qo‘llanilishi qoplamaning yuqori haroratda, ya’ni 70 oC da siqilishga mustahkamligi bugungi kunda qo‘llanilayotgan an’anaviy asfaltbetonga nisbatan 2-3 marta ortishiga olib kelgan.
polimer-oltingugurtli asfaltbetonning I markali A tipi uchun ishlab chiqilgan optimal donadorlik tarkibi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Boysun tuman yo‘llardan foydalanish  davlat muassasasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi №02-4424 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplamaning mustahkamlik ko‘rsatkichlari 20 oC haroratda 6,8 MPa gacha ortishiga olib kelgan.
polimer-oltingugurtli asfaltbetonning takomillashgan usuli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Boysun tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi №02-4424 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratli ekspluatatsion sharoitda qoplamaning mustahkamlik ko‘rsatkichlari oshirilgan, bundan tashqari ushbu uslubni qo‘llash natijasida bitum miqdorini 40 % gacha iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish