Babayazov Umidbek Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qadimgi Xorazmning dehqonchilik madaniyati tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1889.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdieva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdirimov Razzoqberdi tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qadimgi Xorazmning mil.avv. II ming yillikdan – milodiy IV asrlardagi dehqonchilik madaniyati tarixini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm vohasida vujudga kelgan ilk dehqonchilik-qo‘ltiq dehqonchiligi bo‘lib, u tozabog‘yob madaniyati aholisi tomonidan olib kelinganligi arxeologik ma’lumotlar asosida dalillandi;
Ilk sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham Tozabog‘yob madaniyati davri bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrda soqa ixtiro qilingan va sodda sug‘orish tizimi yaratganligi asoslandi;
Qadimgi davr dehqonlari melioratsiya ishlarini ilmiy asosda olib borishganligi, dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi bu kasb bo‘yicha katta bilim, malakaga ega bo‘lganliklari va shu asosda astronomiya, matematika kabi tabiiy fanlarning rivojlanishiga asos solganliklari arxeologik va yozma manbalar asosida asoslandi;
Qadimgi Xorazm davlatining dehqonchilik vohalarining rivojlanish dinamikasi ishlab chiqildi va har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Xorazm dehqonchilik madaniyati tarixi mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalari va tavsiyalaridan:
Xorazm vohasida vujudga kelgan ilk dehqonchilik-qo‘ltiq dehqonchiligi bo‘lib, u tozabog‘yob madaniyati aholisi tomonidan olib kelinganligi arxeologik ma’lumotlar asosida dolzarb tarixiy-ijtimoiy jarayonlarning ilmiy tadqiqiga bag‘ishlangan. Ushbu ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 05-09-1628-sonli dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Qadimgi Xorazmda dehqonchilik madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
Ilk sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham Tozabog‘yob madaniyati davri bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrda soqa ixtiro qilingan va sodda sug‘orish tizimi yaratganligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarix ko‘zgusi” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-oktyabrdagi 05-09-1628-sonli dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Qadimgi Xorazmda dehqonchilik madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
Qadimgi davr dehqonlari melioratsiya ishlarini ilmiy asosda olib borishganligi, dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi bu kasb bo‘yicha katta bilim, malakaga ega bo‘lganliklari va shu asosda astronomiya, matematika kabi tabiiy fanlarning rivojlanishiga asos solganliklari arxeologik va yozma manbalar asosida tahlil qilingan ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 07-25-sonli dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi qadimgi Xorazmda dehqonchilik madaniyatining yuksak darajada rivojlanganligi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
Qadimgi Xorazm davlatining dehqonchilik vohalarining rivojlanish dinamikasi ishlab chiqildi va har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 07-25-sonli dalolatnomasi). Natijalardan yangi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi bo‘yicha hududlardagi dehqonchilik sohasidagi qarashlarni va nazariyalarni takomillashtirish imkonini bergan.