Ismailov Bobur Baxramovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xiva xonligining metallsozlik hunarmandchiligi tarixi (XVI-XIX asr oxiri), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2308.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turganov Baxit Kurbanbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Matyakubov Shonazar Sabirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. Xiva xonligining metallsozlik hunarmandchiligi taraqqiyoti jarayonlari belgilangan va uning xalqimiz xo‘jalik turmushida hamda madaniy aloqalarda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XV-XVI asrlar qal’alarida metallsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish davom etgan va bu davrda Sariqamish havzasida mahalliy konlardan temir rudasini qazib olish, qayta ishlash, undan temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi; 
XVI–XVIII asr birinchi yarmida siyosiy va iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik va kandakorlik sohalarida an’anaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish davom etganligi dalillandi;
XIX asrda Xiva xonligida metallsozlik tarmoqlarining yangi bosqichga ko‘tarilgani ko‘rsatib, cho‘yangarlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik kabi ustaxonalarning deyarli barcha shaharlarda faol bo‘lgani, Xiva shahrining esa pichoqchilik va qulfsozlikni ham qamrab olgan markaz sifatida shakllangani, ayrim shaharlarning temir buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgani hamda yirik ustaxonalarda mehnat taqsimoti yuzaga kelgani asoslab berildi;
Xorazmda Rossiya imperiya bosqinchiligidan so‘ng asta-sekinlik bilan metallsozlik sohalarida an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish keskin qisqara boshlaydi va bu davrda eng dastlab qurolsozlik, so‘ng cho‘yangarlik sohalari inqirozga yuz tuta boshlaganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot XVI-XIX asr oxirida Xiva xonligining metallsozlik hunarmandchiligi tarixini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida: 
XV-XVI asrlar qal’alarida metallsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish davom etgan va bu davrda Sariqamish havzasida mahalliy konlardan temir rudasini qazib olish, qayta ishlash va undan temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2025-yil “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 15-33-752-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular teletomoshabinlarning Xiva xonligining metallsozlik hunarmandchiligi tarixining rivojlanish davriga oid tasavvurlarini kengaytirish imkon bergan;
XVI–XVIII asr birinchi yarmida siyosiy va iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik va kandakorlik sohalarida an’anaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish davom etganligi isbotlanganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2025-yil “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 15-33-752-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarni Xiva xonligining metallsozlik hunarmandchiligi tadqiqotlardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirish imkonini yaratgan;
XIX asrda Xiva xonligida metallsozlik tarmoqlarining yangi bosqichga ko‘tarilgani ko‘rsatib, cho‘yangarlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik kabi ustaxonalarning deyarli barcha shaharlarda faol bo‘lgani, Xiva shahrining esa pichoqchilik va qulfsozlikni ham qamrab olgan markaz sifatida shakllangani, ayrim shaharlarning temir buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgani hamda yirik ustaxonalarda mehnat taqsimoti yuzaga kela boshlaganligi to‘g‘risidagi xulosa va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining temirchilik, cho‘yangarlik, misgarlik va zargarlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan a’zolari amaliy ishida, shuningdek, III Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasidagi ilmiy-amaliytadbirlarda samarali foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi 2025-yil 4-noyabrdagi № 01-11/1492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishida isbotlangan xulosa va ilmiy yangiliklardan loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya tayyorlash jarayonida foydalanilgan;
Xorazmda Rossiya imperiya bosqinchiligidan so‘ng asta-sekinlik bilan metallsozlik sohalarida an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish keskin qisqara boshlaydi va bu davrda eng dastlab qurolsozlik, so‘ng cho‘yangarlik sohalari inqirozga yuz tuta boshlaganligi boʻyicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining temirchilik, cho‘yangarlik, misgarlik va zargarlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan a’zolari amaliy ishida, shuningdek, III Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasidagi ilmiy-amaliytadbirlarda samarali foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi 2025-yil 4-noyabrdagi № 01-11/1492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va xalqimizning voha tarixiga doir bilimlarini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish