Rashidova Kamila Xamidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aminometilefosfon kislotasi alifatik va geterotsiklik xosilalarining ingibitorlik xossalari», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K48.

Ilmiy rahbar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Sidikov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: aminometilefosfon kislotasi alifatik va geterotsiklik hosilalarining ingibitorlik xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor aminometilenfosfon kislotasining yangi alifatik va geterotsiklik hosilalarining strukturasi aniqlangan;

ilk bor fosfon guruhlarini tutgan alifatik va geterotsiklik birikmalar ishtirokida korroziyani ingibirlashning elektrokimyoviy mexanizmi isbotlangan;

ingibitorlarning samaradorligini o‘zaro ta’sirlashish koeffisient-larini miqdoriy baholash asosida ikki komponentli aminometilenfosfon kislotasi (AMFK) hosilalari-polielektrolit sistemasining ekvimolyar nisbatlarida ingibirlashni o‘zaro kuchaytiruvchi sinergetik effekti aniqlangan;

temperatura ortishi bilan yangi organik birikmalar asosida ishlab chiqilgan ingibirlovchi sistemalarning elektrod sirtini qoplash darajasi, adsorbsiyalanish muvozanat konstantasi va faollanish energiyasi qiymatlarining ortishi natijasida kimyoviy sorbsiyalanish borishi va ushbu jarayonning polielektrolitlar ta’sirida kuchayishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Alifatik va geterotsiklik birikmalarini sintez qilish va ko‘p funksiyali ingibitorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

yangi ingibirlovchi sistemalar «Gissarneftgaz» QKda amaliyotga joriy etilgan («Gissarneftgaz» QKning 2018 yil 6 dekabrdagi 1902-GNG-son ma’lumotnomasi).Natijada aminometilenfosfon kislotasi hosilalari asosida import o‘rnini bosuvchi ingibitorlarni olish imkonini bergan;

piperidin-1-il-metilenfosfon kislotasining rentgen tuzilishi tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC, 1876150). Natijada yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish