Kuvandikov Shokir Oblokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishda Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy – ma’naviy qarashlarining o‘rni va ahamiyati, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal857.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Haqqulov Nabijon Qahramonovich, falsafa fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishda Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridan foydalanish tarixiy zaruriyat ekanligini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’naviy merosidagi “ma’rifatli inson” konsepsiyasi bugungi axloqiy degradatsiya jarayonlari kechayotgan bir davrda milliy ongni, qadriyatlarni va madaniyatni yuksaltirishga asoslangan yangi ma’naviy makonni yaratishda substansional asosga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan;
Mahmudxo‘ja Behbudiyning falsafiy-nazariy qarashlaridagi mustahkam tarixiy-irsiy ildiz va Sharq hamda G‘arb ma’rifatchilarining nazariy merosini egallashga bo‘lgan ikkita muhim xususiyat madaniyatlararo munosabatlarni takomillashtirish orqali xalqni ma’rifatli bo‘lishga undaganligi ilmiy asoslangan;
Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda Mahmudxo‘ja Behbudiyning insonparvarlik, ma’naviy yuksalish, bag‘rikenglik bilan bog‘liq falsafiy-ma’rifiy qarashlaridan bugungi davr xarakteridan kelib chiqib foydalanish zaruriyati birlamchi omil ekanligi dalillangan;
Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy ta’lim tizimini dunyoviy va diniy bilimlarni uyg‘unlashtirish asosida modernizatsiya qilishga qaratilgan konstruktiv g‘oyalari bugungi ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq yangi ma’naviy makonni yaratishdagi islohotlarga adekvat ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’naviy merosidagi “ma’rifatli inson” konsepsiyasi bugungi axloqiy degradatsiya jarayonlari kechayotgan bir davrda milliy ongni, qadriyatlarni va madaniyatni yuksaltirishga asoslangan yangi ma’naviy makonni yaratishda substansional asosga ega ekanligiga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining elektron kataloglar fondini boyitishda va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Milliy uyg‘onish harakati, uning namoyon bo‘lishi va amaliy yo‘nalishlari” nomli 2-bo‘limini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 11-iyuldagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey arxiv xujjatlarining nusxalari, ilmiy tadqiqot natijalari, turli xaritalar, yozma va og‘zaki falsafiy hamda tarixiy materiallari ekspozisiyaning yanada qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan; 
Mahmudxo‘ja Behbudiyning falsafiy-nazariy qarashlaridagi mustahkam tarixiy-irsiy ildiz va Sharq hamda G‘arb ma’rifatchilarining nazariy merosini egallashga bo‘lgan ikkita muhim xususiyat madaniyatlararo munosabatlarni takomillashtirish orqali xalqni ma’rifatli bo‘lishga undaganligiga oid ilmiy-metodologik g‘oyalardan, taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 5-dekabrdagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi globallashuv davrida Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifatparvarlik ta’limoti orqali yoshlarimizni milliy o‘zligini  anglash hamda insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminallik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilgan;
          Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlashda Mahmudxo‘ja Behbudiyning insonparvarlik, ma’naviy yuksalish, bag‘rikenglik bilan bog‘liq falsafiy-ma’rifiy qarashlaridan bugungi davr xarakteridan kelib chiqib foydalanish zaruriyati birlamchi omil ekanligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining VI rejasining “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”, 6.1 “Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasida” va 6.3 “Milliy, tarixiy­ilmiy madaniyat va manbalarni o‘rganish va targ‘ib etish sohasida”gi bandlari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini yaratish va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashining 2024-yil 18-martdagi 02/05-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, ajdodlarimizning xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy-ma’naviy qarashlarining va merosini keng targ‘ib etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy merosga ega ekanligimizni etkazishga va komil inson mezonlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy ta’lim tizimini dunyoviy va diniy bilimlarni uyg‘unlashtirish asosida modernizatsiya qilishga qaratilgan konstruktiv g‘oyalari bugungi ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq yangi ma’naviy makonni yaratishdagi islohotlarga adekvat ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat radiosida 2024-yil 7-fevral kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” ehsittirihsining navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-fevraldagi 01-07/38-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mahmudxo‘ja Behbudiyning axloqiy-estetik qarashlari va milliy ma’naviy merosi yoshlarimizda milliy o‘zligini anglash tuyg‘usini yuksaltirishda muhim nazariy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish