Shoxobutdinova Dilnoza Muxitdinovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fransuz tilida komizmning falsafiy-estetik va lisoniy xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3413
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Tursunov Akmaljon Xamdamovich, filologiya fanlari doktori (PhD), professor
Isakova Guzalxon Ne’matovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi komizmni yaratishda til birliklari stilistik qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish, hamda leksik va frazeologik birliklar yordamida komik samara yaratishning o‘ziga xos mexanizmini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
komizm hodisasini falsafiy, estetik va lingvistik yo‘nalishlarning o‘zaro kesishuvidagi kompleks yondashuv turli lingvistik sohalar ya’ni, stilistika, adabiyotshunoslik, mantiqshunoslik, psixolingvistik, shuningdek, estetikaga oid bo‘lgan natijalarni qo‘lga kiritishga imkon berishi asoslangan;
badiiy matnlarda satira va yumorning stilistik vositalari tizimli tahlil qilinib, ularning komik effektni yuzaga keltirishdagi semantik-pragmatik funksiyalari ishonchli til materiallari asosida aniqlangan;
komizmni ifodalovchi stilistik vositalarning qo‘llanishi adiblarning dunyoqarashi, individual mualliflik uslubi va badiiy asarlarning g‘oyaviy-tematik yo‘nalishi bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu hodisa estetik va mantiqiy mikrosistema sifatida talqin etilgan;
frazeologik birliklarning komik ta’sirni kuchaytirishdagi o‘rni hamda ularning okkazional qo‘llanishiga xos stilistik modifikatsiyalar fransuz adiblarining badiiy matnlari asosida aniqlanib, ularning funksional-estetik imkoniyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz tilida komizmning falsafiy-estetik va lisoniy xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
komizmni ifodalovchi stilistik vositalarning qo‘llanishi adiblarning dunyoqarashi, individual mualliflik uslubi va badiiy asarlarning g‘oyaviy-tematik yo‘nalishi bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu hodisa estetik va mantiqiy mikrosistema sifatida talqin etilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining 2023-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (№ 04-36-299- 23.02.2023). Natijada, fransuz tilida komizmning falsafiy-estetik va lisoniy xususiyatlarining komizmni yaratishda til vositalari stilistik qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlari, komizmning asosiy jihatlarini estetik, logik va psixologik kategoriyaligini aniqlash, frazeologik birliklar yordamida satira va yumorni hosil qilish kabi ma’lumotlari asosida dastur va eshittirishlarning mazmuni yanada boyitilgan;
frazeologik birliklarning komik ta’sirni kuchaytirishdagi o‘rni hamda ularning okkazional qo‘llanishiga xos stilistik modifikatsiyalar fransuz adiblarining badiiy matnlari asosida aniqlanib, ularning funksional-estetik imkoniyatlari ochib berilishi haqidagi ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi - o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada dissertatsiyaning frazeologik birliklar obrazli, baholash, ekspressiv birliklar sifatida komediyalikning xilma-xil shakllarini aktuallashtirishning katta imkoniyatlarini yaratib berishi, ularning semantik va struktur semantik transformatsiyalari, shuningdek, okkazional, individual-mualliflik frazeologik birliklari komik samara yaratish vositalarining orasida yetakchi o‘rin egallashi, komizmni yaratish maqsadidagi stilistik qo‘llanishning o‘ziga xos xususiyatlari adiblarning dunyoqarashi, ularning individual mualliflik uslubi, badiiy asarlar g‘oyaviy-tematik mazmuniga bog‘liq til tasviriy vositalarining estetik va mantiqiy mikrosistemasini aniqlash kabi ma’lumotlari asosida innovatsion loyiha yanada boyitilgan;
komizm hodisasi falsafiy, estetik va lingvistik yo‘nalishlarning kesishgan nuqtasida shakllangan kompleks yondashuv asosida stilistika, adabiyotshunoslik, mantiqshunoslik, psixolingvistika hamda estetika fanlari doirasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanib, ularning integrativ tadqiq etish imkoniyatlari asoslab berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ “Credit Mobility” dasturi doirasida №2020-1-FR01-KA107-079549 (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Versal Akademiyasi huzuridagi Serji-Pontuaz universiteti (Fransiya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (№IRD/2376–04.07.2023). Natijada, ikki Oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ishlab chiqilgan bakalavr bosqichi, xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishida kredit tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunan boyitilgan.