Avezov Sherali Nayimovichning fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”(amaliy bezak san’ati misolida)
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3084
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Gulyamov Komiljon Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, (DSc)professor Yadgarov Nodir Djalolovich;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kreativ ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amaliy bezak san’ati fanini o‘qitish metodikasi mazmuni “Tazxib” san’atiga moslashtirilgan interaktiv texnologiyalardan foydalanishning ichki motivatsion hamda tashqi rag‘batlantiruvchi “g‘oya yangiligi”, “texnik yondashuv”, “milliy ruh” darajasini baholash tamoyillarining samaradorligiga ta’siri empirik asosda tahlil qilingan;
talabalarning kreativ kompetentlik darajalarini rivojlantirish jarayoni dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlarni bajarish asosida ularda tarkib topgan kasbiy faoliyatga tayyorgarlik holatini belgilovchi ijodkorlik, tashabbuskorlik, uslubiy yangilik kiritish qobiliyati kabi mezon ko‘rsatgichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kreativ ta’lim texnologiyalariga asoslangan ko‘p bosqichli o‘qitish modeli o‘quv jarayonidagi “diagnostika – interaktiv o‘zlashtirish – kreativ ijod – refleksiya” bosqichlardan iborat mustaqil ijodiy jarayonlar uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan estetik tafakkurini rivojlantirish darajasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy faoliyat malakalarini uzviy ta’minlovchi mustaqil topshiriqlar tizimi “amaliy san’at + axborot texnologiyalari + dizayn asoslari”ni integratsiyalashga, interaktiv-kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan, milliy va innovatsion qadriyatlarni birlashtirgan ilmiy - ijodiy loyiha majmualarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amaliy bezak san’ati fanini o‘qitish metodikasi mazmuni “Tazxib” san’atiga moslashtirilgan interaktiv texnologiyalardan foydalanishning ichki motivatsion hamda tashqi rag‘batlantiruvchi “g‘oya yangiligi”, “texnik yondashuv”, “milliy ruh” darajasini baholash tamoyillarining samaradorligiga ta’siri empirik asosda tahlil qilishga oid ma’lumotlar “Miniatura” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-604 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarining mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning pedogogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan;
talabalarning kreativ kompetentlik darajalarini rivojlantirish jarayoni dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ijodiy topshiriqlarni bajarish asosida ularda tarkib topgan kasbiy faoliyatga tayyorgarlik holatini belgilovchi ijodkorlik, tashabbuskorlik, uslubiy yangilik kiritish qobiliyati kabi mezon ko‘rsatgichlarini kiritish orqali takomillashtirilga oid ma’lumotlar “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-168 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan;
kreativ ta’lim texnologiyalariga asoslangan ko‘p bosqichli o‘qitish modeli o‘quv jarayonidagi “diagnostika – interaktiv o‘zlashtirish – kreativ ijod – refleksiya” bosqichlardan iborat mustaqil ijodiy jarayonlar uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan estetik tafakkurini rivojlantirish darajasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Miniatyura” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-604 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning Amaliy bezak san’ati fanidan ijodik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan.
talabalarning ijodiy faoliyat malakalarini uzviy ta’minlovchi mustaqil topshiriqlar tizimi “amaliy san’at + axborot texnologiyalari + dizayn asoslari”ni integratsiyalashga, interaktiv-kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan, milliy va innovatsion qadriyatlarni birlashtirgan ilmiy - ijodiy loyiha majmualarini kiritish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-604 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarining mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning pedogogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan.