Aripova Kamola Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romanining ingliz tiliga tarjimasida leksik- stilistik birliklarni ifodalanishi (Kristofer Fort tarjimasi asosida)”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 8’1373:82-31:811.111
Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: f.f.d., professor Djusupov Nursulton Maxanbet uli hamda f.f.f.d., PhD, Asqarova Shaxnoza Kamoliddinovna tayinlanadi.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida qo‘llangan leksik-stilistik birliklarning ingliz tiliga tarjimasi masalalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy tarjima konsepsiyasida yozuvchi va tarjimon usul hamda uslublarining uyg‘unligini ta’minlash omillari tarjimonning asar mazmuni, janri va muallif uslubiga moslashgan holda matndagi milliy-madaniy bo‘yoqdorlikni saqlash uchun so‘zma-so‘z tarjima, adekvat tarjima, erkin tarjima, stilistik moslashtirish, ekvivalent almashtirish, obrazlilik kabi tarjima usullarini muayyan vaziyatlarda qollay bilish kompetensiyasiga egaligi orqali aniqlangan;
badiiy tarjimada metafora, metonimiya, sinekdoxa va mubolag‘a kabi uslubiy vositalarning pragmatik muammolari muallifning kommunikativ maqsadi, chet tili sohibining madaniy moslashuvi, tildagi stilistik qatlamlarini mos pragmatik ma’no orqali ifodalash, hissiy-emotsional boyoqdorlikni va madaniy kodni yetkazish vazifalari asosida dalillangan;
o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida badiiy matnda qo‘llanilgan stilistik vositalar va frazeologik birliklarning lingvistik jihatlarini o‘girishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbek tilida stilistik vositalar xalqning dunyoqarashi va kundalik turmush tarzi natijasida hosil bo‘lgan obrazlarga suyanadi, ingliz tilida esa mentalitet ongidagi obraz universal va psixologik-mavhum tushunchalar tarzida qayta yaratilishiga ko‘ra asoslangan;
o‘zbek mentalitetiga xos badiiy matnlarning stilistik vositalarini jahon tillariga adekvat tarjima qilish boyicha kompleks yondashuvdan iborat tavsiyalar muallif tilini muqobil tarzda qayta tiklash, tanlangan so‘zning nafaqat lug‘at ekvivalenti, balki uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan nutq holatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, so‘zma-so‘z tarjimadan qochish, adekvat tarjimaning imkoni bo‘lmaganda so‘zning transliteratsiyasi, izoh berishdan unumli foydalanish kabi tarjima usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romanining ingliz tiliga tarjimasida leksik stilistik vositalarning ifodalanishi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mentalitetiga xos badiiy matnlarning stilistik vositalarini jahon tillariga adekvat tarjima qilish boyicha kompleks yondashuvdan iborat tavsiyalar muallif tilini adekvat qayta tiklash, tanlangan so‘zning nafaqat lug‘at ekvivalenti, balki uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan nutq holatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, so‘zma-so‘z tarjimadan qochish, adekvat tarjimaning imkoni bo‘lmaganda so‘zning transliteratsiyasi, izoh berishdan unumli foydalanish kabi tarjima usullari ishlab chiqilganga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “English grammar in tables”, “Learn easily (course 1, 2, 3)” nomli o‘quv qo‘llanmalarning yaratilishida hamda Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazida diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari va tezislarini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02-02/844-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada tarjima va tarjimon uslubi hamda strategiyalari bo‘yicha ma’lumotlar o‘quv qo‘llanmalarning yaratilishida, ma’ruza matnlarni tayyorlashga xizmat qilgan.
badiiy tarjimada metafora, metonimiya, sinekdoxa va mubolag‘a kabi uslubiy vositalarning pragmatik muammolari muallifining kommunikativ maqsadi, chet tili sohibining madaniy moslashuvi, tildagi stilistik qatlamlarini mos pragmatik vosita orqali ifodalash, hissiy-emotsional bo‘yoqdorlikni va madaniy kodni yetkazish vazifalariga doir xulosalardan diniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy-tadqiqot markazlari uchun O‘zbekiston allomalarining jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini keng yoritishga qaratilgan materiallar, kitob va risolalarni tayyorlashda va boyitishda (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqod markazining 2024-yil 28-avgustdagi 01-07/103-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada badiiy matnlarda uslubiy vositalarning pragmatik vazifalarini ishlab chiqishga erishilgan.
o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida badiiy matnda qo‘llanilgan stilistik vositalar va frazeologik birliklarning lingvistik jihatlarini o‘girishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbek tilida stilistik vositalar xalqning dunyoqarashi va kundalik turmush tarzi natijasida hosil bo‘lgan obrazlarga suyanadi, ingliz tilida esa mentalitet ongidagi obraz universal va psixologik-mavhum tushunchalar tarzida qayta yaratilishiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan “Oydin hayot” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 12-dekabrdagi 06-28-865-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada teleko‘rsatuv senariysi stilistik vositalar va frazeologik birliklarning lingvistik jihatlarini ikki til misolida tarjima qilish boyicha ilmiy-nazariy materiallar bilan boyitilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 22 ta ilmiy-amaliy anjumanda, jumladan, 18 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy- amaliy anjumanida ma’ruza ko‘rinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan o‘tkazilgan.