Ibatova Nigora Istamovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped 4475
Ilmiy rahbar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Xalimov Moxir Karimovich, dotsent, pedagogika  fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Yadgarov Nodir Djalolovich, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc) 
Yetakchi  tashkilot:  Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishning didaktik ta’minoti tasviriy san’atni o‘qitishning innovatsion – integrativ yondashuvga asoslangan hissiyotni ifodalash, mavzuga ijodiy kirishish usullaridan foydalanish orqali ularning metaforik va simvolik fikrlash darajasini o‘rganish asosida aniqlashtirilgan;
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy - obrazli tafakkur qilish imkoniyati ijodkorlik faoliyatining optimal o‘sishi, virtual muhitda hayoliy borliq hodisalarini vizual va hissiy idrok etishni ta’minlovchi badiiy ijodda mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi mobil ilovalar (“akademik sayr”, “personal galereya”) ni  motivatsion muhitda qo‘llash natijadorligini dinamik baholash orqali ilmiy asoslangan;
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishning didaktik modeli tabiat va ta’lim integratsiyasini ta’minlash asosida tabiat manzaralaridan olingan kompozisiyalarni modellashtirish va ularni individual uslubda dala amaliyoti jarayonida ifodalashga yo‘naltirilgan tamoyillarni belgilash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda badiiy-obrazli tafakkurning rivojlanganlik tizimi qadriyatli, loyihaviy, integratsion, tahliliy ta’lim yondashuvlari asosida egallangan bilimlarni idrok etish, o‘rganish, mushohada, badiiy tahlil qilishga oid baholash mezonlariga yo‘naltirilgan yaratuvchanlik, ijodkorlik, san’atkorlik kabi kasbiy sifatlarga tayyorlikning kompetensiyaviy darajalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishning didaktik ta’minoti tasviriy san’atni o‘qitishning innovatsion – integrativ yondashuvga asoslangan hissiyotni ifodalash, mavzuga ijodiy kirishish usullaridan foydalanish orqali ularning metaforik va simvolik fikrlash darajasini o‘rganish asosida aniqlashtirilgan takliflar “Kompozisiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi 02-02-5405/04-son dalolatnomasi). Natijada, Qalamtasvir fanini o‘qitish orqali talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari muayyan darajada oshgan.
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy - obrazli tafakkur qilish imkoniyati ijodkorlik faoliyatining optimal o‘sishi, virtual muhitda hayoliy borliq hodisalarini vizual va hissiy idrok etishni ta’minlovchi badiiy ijodda mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi mobil ilovalar (“akademik sayr”, “shaxsiy galereya”) ni  motivatsion muhitda qo‘llash natijadorligini dinamik baholash orqali ilmiy asoslash orqali talabalarning badiiy-obrazli tafakkurining rivojlanganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan mezonlar ishlab chiqilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-755 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishning, pedagogik, psixologik hamda didaktik imkoniyatlaridan foydalanib mashg‘ulotlarning jozibadorligini ta’minlanishiga erishilgan; 
qalamtasvir fanini o‘qitishda talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishning didaktik modeli tabiat va ta’lim integratsiyasini ta’minlash asosida tabiat manzaralaridan olingan kompozisiyalarni modellashtirish va ularni individual uslubda dala amaliyoti jarayonida ifodalashga yo‘naltirilgan tamoyillarni belgilash orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Buxoro” viloyati telekanalining ”Ijod ustaxonasi” nomli ko‘rsatuv tayyorlangan. (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-yanvardagi 02/02-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvning ilmiy ommaboplik darajasi amaliy – ijodiy jarayonlarga asoslanganligi bilan soha vakillarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
talabalarda badiiy-obrazli tafakkurning rivojlanganlik tizimi qadriyatli, loyihaviy, integratsion, tahliliy ta’lim yondashuvlari asosida egallangan bilimlarni idrok etish, o‘rganish, mushohada, badiiy tahlil qilishga oid baholash mezonlariga yo‘naltirilgan yaratuvchanlik, ijodkorlik, san’atkorlik kabi kasbiy sifatlarga tayyorlikning kompetensiyaviy darajalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Amaliy san’at” o‘quv qo‘llanmasining mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-240 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning badiiy-obrazli tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelidan amaliy dars jarayonlarida samarali foydalanishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish