Badalbaeva Irodaxon Xabibulaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangilanayotgan O‘zbekistonda saxovat tamoyili va uning ijtimoiy mohiyati, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal845
Ilmiy rahbar: Kurbonova Lolaxon Abdulxodimovna - falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg'ona davlat
universiteti, PhD.03/28.08.2024.Fal.05.08.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich - falsafa fanlari
doktori (DSc), professor, Xaydaraliev Shuxtatjon Abdulazizovich - falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston jamiyatida saxovat tamoyili rivojlanishining ijtimoiy falsafiy ta’sirini tadqiq etish va ahamiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saxovat tamoyilining ijtimoiy-falsafiy ildizlari o‘rganilgan, yangilanayotgan jamiyatdagi mazmuni va ijtimoiy funksiyalari aniqlangan;
ijtimoiy hamjihatlikni rivojlantirish hamda milliy islohotlar davrida saxovatning ijtimoiy usul va vositalari ishlab chiqilgan;
alturistik dunyoqarashni rivojlantirish, saxiy-bilimli Uchinchi Renessansni yaratishga qodir yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati hamda qadriyaviy kohenezi ochib berilgan;
yangi islohotlar davrida “saxovat”ga asoslangan jamiyatda intersub’ektivlik, ijtimoiy adolat va inson huquqlari tamoyillarini targ‘ib qilish hamda davlat siyosati darajasiga ko‘tarishning ilmiy, ma’naviy, metodologik yondashuvlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
saxovat tamoyilining ijtimoiy-falsafiy ildizlari, yangilanayotgan jamiyatdagi mazmuni va ijtimoiy funksiyalarining yoshlarni milliy-ma’naviyatimiz ruhida barkamol avlod etib tarbiyalashdagi ahamiyatiga doir ilmiy yondashuvlaridan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturi doirasida “Inson qadri”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari, “Inson e’tiborda”. “Ayol qadri” radio eshittirishlarida foydanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023.13.06 dagi 02-31-949 sonli dalolatnomasi) Natijada, jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va o‘zaro yordam kabi qadriyatlarni targ‘ib qilishda foydalanilgan va targ‘ibot materiallarining ta’sirchanligi yanada oshishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy hamjihatlikni rivojlantirish hamda milliy islohotlar davrida saxovatning ob’ektiv va haqqoniy omil ekanligi nuqtai nazaridan ilmiy tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan ijtimoiy usul va vositalaridan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil № 02-22G‘734-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangilanayotgan O‘zbekistonda saxovat tamoyili va uning ijtimoiy mohiyatini yoritish hamda ijtimoiy hamjihatlikni rivojlantirishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
yangi islohotlar davrida “saxovat”ning jamiyatda intersub’ektivlik, ijtimoiy adolat va inson huquqlari tamoyillari asosida targ‘ib qilishga doir ma’naviy-ma’rifiy metodologik yondashuvlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy merosini o‘rganish va kelajak avlodga etkazish”ga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. Jumladan “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda mazkur tadqiqotda ilgari surilgan milliy taraqqiyotimizda inson qadrini uning milliy, diniy va huquqiy manfaatlari bilan uzviy bog‘langan holda ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, bebaho ilmiy-ma’naviy merosimizni o‘rganish oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan foydanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 13 iyundagi 02-31-949 sonli dalolatnomasi). Natijada, “Saxovat” ko‘rsatuvi, “Yaxshilikka oshno” reportaji va “Saxovat va saxiylik” radio dasturlari Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni yaratishga qodir yoshlarni tarbiyalash g‘oyalarini yoritib berishga asos bo‘lgan;
alturistik dunyoqarashni rivojlantirish, saxiy-bilimli Uchinchi Renessansni yaratishga qodir yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ilmiy yangiligidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil № 02-22G‘734-son dalolatnomasi). Natijada, taqdim etilgan taklif va tavsiyalardan Markazning targ‘ibot va tashviqot ishlarida samarali foydalanishga xizmat qilgan.