Yaxshiboeva Laylo Abdisattarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahallada tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 -“Menejment” va 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2672
Ilmiy rahbari: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Norov Asror Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus University NOOT.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahallalarda tadbirkorlikni tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mahallalarda tadbirkorlik faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalla hududidagi aholining iqtisodiy faol qatlamini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy faollik va hududiy integrasiyani ta’minlovchi asosiy omil nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
mahallalardagi tadbirkorlik subektlari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat va bozor operatorlarini yagona raqamli platforma orqali bog‘lash orqali har bir tadbirkorning moliyaviy ehtiyojini aniqlash, kredit liniyalari bo‘yicha avtomatik reyting berish va mahsulotni bozorga chiqarish jarayonini “Raqamli mahalla” platformasiga integrasiya qilish asosida tadbirkorlik subektlari mablag‘ aylanmasini oshirish taklifi asoslangan;
mahalliy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari va xususiy sektor ishtirokida akselerasiya markazlari tashkil qilish orqali yangi startaplarga grant yordami berish va mahallalarda tadbirkorlik faolligini oshirish asosida mahallalardagi yangi va kichik tadbirkorlik tashabbuslarini ilk bosqichda qo‘llab-quvvatlashga taklifi asoslangan;
mahalliy aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bilan birga iqtisodiy foyda keltiradigan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini 40% mablag‘ni davlat-xususiy sheriklik, 30%ni tijorat banklari, 30%ni mahalliy tadbirkorlar hissasi hisobiga shakllantirish orqali ijtimoiy tadbirkorlik loyihalari sonini va mahalliy bandlik darajasini oshirish imkonini beruvchi “Ijtimoiy-innovasion tadbirkorlik fondi”ni shakllantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahallalarda tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mahallalarda tadbirkorlik faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalla hududidagi aholining iqtisodiy faol qatlamini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy faollik va hududiy integrasiyani ta’minlovchi asosiy omil nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsionniy menedjment i predprinimatel`stvo” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy faollik va hududiy integrasiyani ta’minlovchi asosiy omil nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “mahallalarda tadbirkorlik faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mahallalardagi tadbirkorlik subektlari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat va bozor operatorlarini yagona raqamli platforma orqali bog‘lash orqali har bir tadbirkorning moliyaviy ehtiyojini aniqlash, kredit liniyalari bo‘yicha avtomatik reyting berish va mahsulotni bozorga chiqarish jarayonini “Raqamli mahalla” platformasiga integrasiya qilish asosida tadbirkorlik subektlari mablag‘ aylanmasini oshirish taklifi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 30 oktyabrdagi 040206/445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahallalarda tadbirkorlik subektlari mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj va talabni rag‘batlantirish va bozorga chiqarishda yordam beradigan bosqichlar yordamida qarorlar qabul qilish, samarali reklama qilish va ularga bo‘lgan talabni oshirish imkoni yaratilgan;
mahalliy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari va xususiy sektor ishtirokida akselerasiya markazlari tashkil qilish orqali yangi startaplarga grant yordami berish va mahallalarda tadbirkorlik faolligini oshirish asosida mahallalardagi yangi va kichik tadbirkorlik tashabbuslarini ilk bosqichda qo‘llab-quvvatlashga taklifi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 30 oktyabrdagi 040206/445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahallalardagi yangi va kichik tadbirkorlik tashabbuslarini ilk bosqichda qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratilgan;
mahalliy aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bilan birga iqtisodiy foyda keltiradigan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini 40% mablag‘ni davlat-xususiy sheriklik, 30%ni tijorat banklari, 30%ni mahalliy tadbirkorlar hissasi hisobiga shakllantirish orqali ijtimoiy tadbirkorlik loyihalari sonini va mahalliy bandlik darajasini oshirish imkonini beruvchi “Ijtimoiy-innovasion tadbirkorlik fondi”ni shakllantirish taklifi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025-yil 30 oktyabrdagi 040206/445-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni davlat-xususiy sheriklik, tijorat banklari, mahalliy tadbirkorlar hissasi hisobiga shakllantirish orqali ijtimoiy tadbirkorlik loyihalari sonini va mahalliy bandlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan.