Sharipov Sanjar Salomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «LOR-kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislash va kompleks davolashning samaradorligini oshirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib620.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxammadieva Gul`mira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Marmara universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyaning rivojlanishini og‘irlashtiruvchi omillarning o‘rnini asoslash va davolash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyaning rivojlanishiga burun to‘sig‘i qiyshiqligi, surunkali polipoz rinosinusit, adenoid vegetatsiyasi, surunkali tonzillit va tilcha gipertrofiyasi sabab bo‘lishi isbotlangan;
LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ronxopatiyaning og‘irlik darajasiga asoslanib, ularda polisomnografiya, faol rinomanometriya va qondagi kislorodning parsial bosimini o‘lchash tekshiruvlarini o‘z ichiga olgan kompleks tashxislash o‘tkazishning samarali bo‘lishi aniqlangan;
ronxopatiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan faol rinomanometrik tekshiruv yordamida tana holatini vertikal holatdan gorizontal holatga o‘zgarishida havo oqimining qarshiligi oshishi isbotlangan;
LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyaning darajasi og‘irlashib borishiga bog‘liq holda ularning hayot sifatini pasayishidagi statistik ishonchli ko‘rsatkichlarga asoslangan korrelyasion natijalari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
LORkasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislash va kompleks davolashning samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislashni maqbullashtirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 8n-r/340-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma LOR kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislash va davolash tizimini tashkillashtirish, erta tashxislash hamda zamonaviy davolash usullarni tatbiq qilish imkonini bergan.
«LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani kompleks davolash samaradorligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 8n-r/341-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma LOR-a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani kompleks davolash samaradorligini baholash tizimini yaratish imkonini bergan;
LORkasalliklari bo‘lgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislash va kompleks davolashning samaradorligini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-, 3-klinikalari, Toshkent shahar 7-klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi 8n-d/275-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmlari asosida ronxopatiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini 40%ga yaxshilab, ijobiy terapevtik samaraga erishilgan.