Mansurov Zuhriddin Halilulaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish metodikasi, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (Texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T251
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent Nasritdiniova Umida Axmadjonovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, dotsent Mustafoeva Durdona Asilovna, (13.00.06), pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent Malikov Kozim Gofurovich (13.00.02).
Yetakchi tashkilot – Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Qurilish chizmachiligi” fanini grafik dasturlar vositasida o‘qitish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi konstruksiyalash, prognozlash, modellashtirish kabi komponentlarning dinamik prespektiv metodika bilan identivlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
Revit dasturiga O‘zbekistonning amaldagi qurilish normalari va standartlariga mos keluvchi panellar kutubxonasi implementatsiyasini integratsiya qilish metodikasi ishlab chiqilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqotga va loyiha ishiga yo‘naltirish texnologiyasi qurilish chizmachiligi fanining katta hajmli mavzularini konsentrizm tamoyili asosida yirik bloklarga birlashtirib o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy-motivatsiyali faoliyat, yaratuvchanlik identivlik ko‘rsatkichi barqarorligiga ustuvorlik berish SmartGraph Approach metodikasi ishlab chiqilgan;
Revit dasturi vositasida tanlangan ob’ektning grafik aks ettirish shakllarini bosqichma-bosqich loyihalash, talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihaviy topshiriqlar majmuini tanlash mezonlarini ishlab chiqish kabi “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishning metodik shart-sharoitlari loyihaviy faoliyatning texnologik va refleksiv fazalari intensifikatsiyasini EvalTech Framework baholash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grafik dasturlar asosida qurilish chizmachiligi fanlarini o‘qitishning innovasion usuli bo‘yicha olingan natijalar asosida:
CAD grafik dasturlarining arxitektur kompozisiyalarni yaratishga doir avtomatlashtirilgan-didaktik imkoniyatlarini qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi loyihalash, konstruksiyalash, prognozlash, modellashtirish kabi komponentlarning dinamik arxitekturli prespektiv metodika bilan identivlik darajasi produktivligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirish, qurilish chizmachiligi fanini o‘qitish metodikasini avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish orqali arxitektur muhitda vizual kommunikatsiyasini hosil qilish, siluet izlash yordamida loyihalash, ob’ektlarning aksonometrik va perspektiv tasvirlarni yaratishga yo‘naltirilgan talabalarning grafikli faoliyatini fazoviy va mantiqiy fikrlash bilan o‘zaro optimal uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuter loyihalash” o‘quv qo‘llanmacini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-518-raqamli guvohnoma) natijada “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda mahoratlarini yanada oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha fa’kultativ mashg‘ulotlarini ko‘paytirish, har bir bo‘lajak kadr bilan individual shug‘ullanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Minbar” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 02-15-730-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirishda grafik dasturlarining barcha zamonaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot olishlariga erishilgan;
grafik dasturlar vositasida tanlangan ob’ektning grafik aks ettirish shakllarini bosqichma-bosqich loyihalash, talabalarning kreativ salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihaviy topshiriqlar majmuini tanlash mezonlarini ishlab chiqish kabi amaliy taklif va tavsiyalardan “Qurilish chizmachiligi” elektron darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 iyundagi 02/01-01-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Qurilish chizmachiligi” fanini o‘qitishning elektron-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.