Mamanov Siroj Kaxramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni 3D modellashtirishlar asosida grafik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/PeD6830.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich – pedagogika fanlari doktori, professor (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi, amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak muhandislarni 3D modellashtirishlar asosida grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik (kreativ, lateral fikrlash, tasvirlash, obektni grafik o‘qish), didaktik (topshiriqni uch o‘lchamli modellashtirish usullari, vizual modellashtirish), texnik (videorolik (grafik topshiriqqa oid)) imkoniyatlarini aniqlash orqali talabalarning grafik kompetentligini tarkibiy tuzilmasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning grafik kompetentligini rivojlantirish modelining motivatsion, amaliy-faoliyatli komponentlari virtuallik (tovush, uch o‘lchamli grafik) va illyustrativlik (animatsiya, dizayn, rasm) xususiyatlariga hamda konstruktivlik, individuallashtirish, ta’limda amaliy yondashuv, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish kabi didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fazoviy fikrlash orqali murakkab grafik tasvirlarni tahlil qilish qobiliyatini va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim metodlar Project-Based Learning (Loyihaga asoslangan ta’lim), Case-study (Amaliy vaziyat), Gallery Walk (Galereya bo‘ylab sayr)ni 3dmodellash.uz elektron ta’lim platformasi bilan uyg‘unlashtirish asosida bo‘lajak muhandislarning grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning garfik kompetentligini baholashning adekvat mezonlari va ko‘rsatkichlari (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatiy, refleksiv-baholash) talabalarning grafik tafakkuri, fazoviy tasavvuri, konstruktiv fikrlashini va muhandislik muammolarini vizual asosda hal qilish qobiliyatlarini kompleks baholashga qaratilgan indekatorlar asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarni 3D modellashtirishlar asosida grafik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak muhandislarning grafik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik (kreativ, lateral fikrlash, tasvirlash, obektni grafik o‘qish), didaktik (topshiriqni uch o‘lchamli modellashtirish usullari, vizual modellashtirish), texnik (videorolik (grafik topshiriqqa oid)) imkoniyatlarini aniqlash, xususan, “AvtoCAD” dasturidan vosita sifatida samarali foydalanib talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda taklif va tavsiyalar “Muhandislik va kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2025-yil 15-apreldagi 02/02-01-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning ta’lim jarayonida grafik kompetentligini oshirishga xizmat qiladi;
Fazoviy fikrlash qobiliyatini va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim metodlar Project-Based Learning (Loyihaga asoslangan ta’lim), Case-study (Amaliy vaziyat), Gallery Walk (Galereya bo‘ylab sayr))ni 3dmodellash.uz elektron ta’lim platformasi bilan uyg‘unlashtirish asosida bo‘lajak muhandislarning grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini o‘z ichiga olgan “Kompyuter va muhandislik grafikasi” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrugʻidagi №459022 raqamli nashr ruxsatnomasi) va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlanib, o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi. Natijada bo‘lajak muhandisning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida grafik kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
Bo‘lajak muhandislarni raqamli texnologiyalar vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid takomillashtirilgan https://www.3dmodellash.uz dasturiy ta’minoti yaratishgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yil 1-iyuldagi № DGU 40955-son ma’lumotnomasi). Maskur daturiy ta’minot muhandislik sohasi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.