Yodgorov Sunnatillo Qaxramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Paxta tolasi navini aniqlash usulini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01-“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5693.
Ilmiy rahbar: Kulmetov Mirpo‘lat, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Kadam Jumaniyozov, texnika fanlari doktori, professor; Bayxanov Bahtiyor Ashrabiddinovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli seleksiya navlari paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlarini LPS-4 asbobida aniqlash usulini takomillashtirish va laboratoriya namunalarining optimal massasini tanlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqbolli seleksion navlarning sifatini yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlashda LPS-4 asbobidan foydalanilgan holda tola massasi va bosimini o‘zgartirish hisobiga uning navini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
yangi metodologiyaga muvofiq tola sifat ko‘rsatkichining o‘lchash diapazoniga mosligi aniqlangan va paxta tolasi navini uzilish kuchini inobatga olgan holda aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
LPS-4 asbobida bosim o‘zgarishining DSh-3M dinamometrida seleksion navlari tolasining turlicha massadagi namunalar uchun approksimatsiya koeffisienti va uzish kuchiga darajali bog‘lanish tenglamalari ishlab chiqilgan;
tadqiq etilayotgan turli paxta seleksiya tolasi navlarini LPS-4 asbobida aniqlashda barcha o‘lchash diapazonlari uchun tola namunalarning optimal massasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uzun tolali seleksion navlarning sifatini yuqori aniqlikdagi o‘lchashni ta’minlashda LPS-4 asbobida aniqlash usulini ishlab chiqish va barcha o‘lchash diapazonlari uchun namunalarning optimal massasi aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan uzun tolali paxtadan ip ishlab chiqish va tola sifatini aniqlash usulini takomillashtirish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Zamin angor cluster” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 25 yanvardagi 03/25-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzun tolali paxtani keng rayonlashtirish borasida tavsiya ishlab chiqilgan undan olingan iplarning notekisligi 4,0% dan 6,3% gacha, variatsiya koeffisienti 2,63% dan 5,3% gacha, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 2,25% dan 5,25%gacha kamayganligi, uzilish kuchi 3,03% dan 5,65% gacha, solishtirma uzilish kuchi 1,91% dan 5,64% ga oshganligi aniqlangan;
taklif etilayotgan paxta tolasining navini aniqlash usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, Surxondaryo viloyatidagi “Denov tekstil klaster” MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 25 yanvardagi 03/25-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, LPS-4 asbobida bosim o‘zgarishining hisobiga DSh-3M dinamometrida Termez 49 va Surxon-101 seleksion navlari tolasining solishtirma uzilish kuchi 4,0% ga, yuqori oʻrtacha uzunligi 1,6% ga oshganligi, kalta tolalar indeksi 3,6% ga kamayganligi, uzilishdagi uzayishi 4,2% ga, yigiruvchanlik xususiyati 2,9% ga oshganligi aniqlangan.