Shermatov Elbek Sirojiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Stansiyaning mahalliy ishlarini optimallashtirish asosida temir yo‘l transport-texnologik tizimlarini rivojlantirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.PhD/T 5145
Ilmiy rahbar: Qobulov Jamshid Renatovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Masharipov Ma’sudjon Nu’monjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi stansiyaning mahalliy ishlarini optimallashtirish asosida temir yo‘l transport-texnologik tizimlarini rivojlantirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l stansiyasidagi mahalliy ishlarning tarmoq grafigini tuzish asosida transport vositalaridan foydalanish parametrlariga bog‘liq ravishda yuk va tijorat amallarini bajarish ustuvorligini hisobga olgan holda shoxobcha yo‘llariga ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilgan;
temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga vagonlarni qo‘yib berish, ularda ishlatiladigan ortish-tushirish mashinalarining optimal soni va zaruriy ish vaqtini hisobga olgan holda ortish-tushirish joylarining qayta ishlash qobiliyatini aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llardan foydalangan holda stansiyaga tegishli bo‘lgan tortuv birliklari etishmovchiligini oldini olish imkonini beruvchi xususiy manyovr lokomotivlari bilan shoxobcha yo‘llariga vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xususiy va ijaraga olingan vagonlarni umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga tegishli bo‘lgan obektlarda vaqtincha joylashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha transport ekspeditorlik xizmatlari navbatdagi yuk ortilishini kutish vaqtining miqdoridan kelib chiqadigan xarajatlarni hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Stansiyaning mahalliy ishlarini optimallashtirish asosida temir yo‘l transport-texnologik tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi, ortish-tushirish joylarining qayta ishlash qobiliyatini aniqlash imkonini beruvchi matematik model va dasturiy majmualar ko‘rinishidagi instrumental vositalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Tashishlarni tashkil etish departamenti”ning “Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 4/E1228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir qo‘yib berilgan vagonlarni ortish-tushirishga sarflanadigan vaqt 32,7 foizga qisqarib, yuk ortish-tushirish joylarining qayta ishlash qobiliyati ikki barobarga oshirish hamda kutiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik 485 mln. so‘mni tashkil etishi orqali yuk ortish-tushirish joylarining umumiy xarajatlar hajmini 15 foizga qisqartirishga erishilgan;
xususiy manyovr lokomotivlari bilan shoxobcha yo‘llariga vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqish texnologiyasi, xususiy va ijaraga olingan vagonlarni umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarga tegishli bo‘lgan obektlarda vaqtincha joylashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha transport ekspeditorlik xizmatlari va ularga doir qo‘shimcha ko‘rsatmalarni shartnomalarga kiritish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 4/E1228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanish ko‘lami jami shoxobcha yo‘llariga vagonlarni qo‘yib berish va olib chiqishlar umumiy hajmining 6,48% ulushini tashkil qilgan vagonlar shoxobcha yo‘liga o‘z vaqtida qo‘yib berish orqali Xamza stansiyasida kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 387,97 mln. so’mni tashkil etgan.