Rustamova Baxora Normurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ag/P3AT, ZnO/P3AT nanokompozitlarining optik va fotokatalitik xossalari”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1330
Ilmiy rahbari: Shaymardanov Zafar Shapaatovich fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Saparbaev Aziz Adamovich, fizika-matematika fanlari doktori, kat.i.x.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli usullarda kumush va rux oksidi nanostrukturalarini sintez qilish, ularning morfologik, kristallografik xarakteristikalarini hamda nanostukturalar va organik polimerlar asosida tayyorlangan nanokompozitlarning optik, fotokatalitik xossalariga ta’sir qiluvchi omillarni tadqiq qilish orqali ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik nurlari ta’sirida oqova suvlarni organik ifloslantiruvchi moddalardan tozalovchi fotokatalizatorlar prototipini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor P3HT polimerining toluoldagi konsentratsiyasi ortib borishi bilan polimer zanjirlarning agregatsiyalanishi va konjugatsiya uzunligining o‘zgarishlari natijasida optik taqiqlangan zona energiyasi va erkin eksiton zona kengligi konsentratsiyaning 0,036 va 0,7 darajalariga teskari nochiziqli bog‘lanishda ekanligi aniqlandi;
gidrotermal usulda o‘stirilgan ZnO mikrorodlarida kuzatilgan xususiy nuqsonlarning yuqori haroratlardagi fotolyuminessent xossalari ilk bor tadqiq qilindi. Aniqlandiki, harorat ortishi bilan kristall panjara tugunlari orasida joylashgan ortiqcha kislorod atomlarining (vakansiya) kristall panjara bilan bog‘lanish energiyasi kamayishi (ortishi) natijasida ushbu tur nuqsonlarning taqiqlangan zonada hosil qilgan energetik sathi yuqoriga (pastga) qarab siljiydi va bu energetik sathlardagi optik o‘tishlarda ko‘k (qizil) siljishga sababchi bo‘ladi;
birinchi marta turli o‘lchamdagi kumush nanozarralarining yutilish spektrlarida kuzatilgan sirt plazmon rezonansiga tegishli yutilish polosalarining maksimumi va nanozarrachalarning diametrlari orasida kvadratik bog‘lanish funksiyasi aniqlandi;
ZnO mikrorodlaridagi mavjud nuqsonlar fotouyg‘otilish natijasida hosil bo‘lgan elektron-kovak juftini samarali parchalanishida faol ishtirok etib, ZnO fotokatalitik xossalarining yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi;
ZnO mikrorodlarining sirti P3HT polimeri bilan qoplanganda fotokatalitik samaradorlikning keskin ortishiga ZnO va P3HT polimeri interfeys qatlami orqali elektron- kovak juftining Z-sxema asosida samarali ajralishi sabab ekanligi kuzatildi;
birinchi marta Ag/P3HT nanokompozitidagi kumush nanozarralarining energetik holati P3HT polimerining HOMO sathida hosil bo‘lgan kovaklarni samarali ekstraksiyalashi natijasida aktiv yashil 4G bo‘yog‘ini ko‘zga ko‘rinuvchi nurlar ta’sirida ishlovchi fotokatalizatorga aylantirishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ag/P3AT, ZnO/P3AT nanokompozitlarining optik va fotokatalitik xossalarini tadqiq etish natijalari asosida:
bir xil morfologik xossalarga ega bo‘lgan ZnO nanostrukturalarida kuzatilgan nuqsonlarning turi va konsentratsiyasini o‘zgartirish orqali fotokatalitik samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadqiqot natijalaridan xorijiy tadqiqotchilar (Acta Materialia, 294 (2025) 121154, IF=9.3; Surfaces and Interfaces, 48 (2024) 104245, IF=6.3; Ceramics International 51 (2025) 43289–43296, IF=5.6; Materials Science & Engineering B, 319 (2025) 118388, IF=4.6) fotokatalizatorlarda hosil qilingan sirtiy nuqsonlar oqava suvlarni tozalash uchun optimal texnologiya sifatida foydalanishgan. Olingan ilmiy natijalardan foydalanish namunalarning fotokatalitik samaradorligini oshirish imkonini bergan;
gidrotermal usulda sintez qilingan ZnO mikrorodlarida mavjud bo‘lgan nuqsonlarning yutilish xossalarida tutgan o‘rni va ushbu nuqsonlarning yuqori haroratlardagi fotolyuminessent tabiatiga doir tadqiqot natijalaridan xorijiy tadqiqotchilar (Discover Nano 20, 109 (2025) IF=4.5; Advanced Powder Technology Vol. 36, Issue 7, July 2025, 104918, IF=4.2; Journal of the Indian Chemical Society, 101 (2024) 101337, IF=3.4) nuqsonlarning xossalarini tushuntirish va nanostrukturalarning taqiqlangan zona energiyalarini to‘g‘ri hisoblash usuli sifatida foydalangan. Mazkur natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgich materiallarning taqiqlangan zona kengligini aniqlashdagi xatoliklarni kamaytirishga va nanostrukturalardagi nuqsonlarni samarali boshqarish orqali turli qurilmalarning samarali ish faoliyatini amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish