Maxmudova Gulnoza Azamatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er osti ishqorlash jixozlarining ishlash rejimlari va asoratlarini boshqarishda texnik echimlar ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3078.
Ilmiy rahbar: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Atakulov Lazizjon Ne’matovich, texnika fanlari doktori, professor; Kaliev Bakitjan Zautbekovuch, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos uskunalarining ish rejimlari va quduqlarning asoratlarini boshqarish bo‘yicha texnik echimlarni ishlab chiqish orqali er ostida tanlab eritish usuli bilan foydali komponentlarni qazib olish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kolmatatsiya va gaz-qum ajralishi bilan murakkablashgan sharoitda er osti ishqorsizlantirish jarayonining gidrodinamik rejimini jadallashtirish asoslangan bo‘lib, bu texnologik quduqlarda pnevmoimpulsli va kimyoviy ishlov berish hamda yuvishni kompleks qo‘llash orqali quduq atrofi zonasining filtratsiya xususiyatlarini barqarorligi isbotlangan;
haydovchi quduq, ma’dan qatlami hamda so‘ruvchi quduq bosim gradientlarining optimal nisbati (Rhq˃Rq˃Rtoq) er osti tanlab eritish rejimini va texnologik uskunalar ishini boshqarish hisobiga massivning o‘tkazuvchanligi va eritmalar filtratsiyasining o‘sishi aniqlangan;
inersion desenderlarni qo‘llash samaradorligi aralashmalarning granulometrik tarkibi va suyuqlik sarfiga qarab har bir turdagi konstruksiyaning afzalliklarini aniqlash imkonini berishi, bu esa murakkab sharoitlarda mexanik aralashmalarni ajratishning yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ikkita teskari klapanli va faza transformatorli ishga tushirishda cho‘ktirma elektr markazdan qochma nasoslarni 3 sekunddan kam vaqt ichida ishga tushirish va to‘xtatishni ta’minlashi, ularni ishlash muddatini 2 barobarga oshirishi va suyuqlik olish uchun energiya sarfini chastota rejimiga nisbatan 2-3 barobarga kamayishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er osti ishqorlash jixozlarining ishlash rejimlari va asoratlarini boshqarishda texnik echimlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er ostida tanlab eritish texnologiyasida cho‘ktirma elektr markazdan qochma nasosning energiya tejamkor qurilmasini tanlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ GQE obektlarida joriy etilgan (NKMK AJning 2025 yil 4 apreldagi 23.01-01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan usul bo‘yicha so‘ruvchi quduqlar debitini 15-22% ga oshirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri chastotali ishga tushirish rejimiga nisbatan solishtirma elektr energiya sarfini 12-14% ga kamaytirishga imkonini bergan;
ma’dan massivi, quduq atrofi zonasining o‘tkazuvchanligini ta’sir qilishning kompleks usuli va quduqning o‘zi va quduq uskunasining ish rejimini boshqarish usullarini qo‘llash orqali oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ GQE obektlarida joriy etilgan (NKMKAJning 2025 yil 4 apreldagi 23.01-01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduq uskunalarini ta’mirlash-tiklash ishlarining ta’mirlashlararo davrini 35-50% gacha uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish