Xushvaqtov Mehroj Isroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magniy xlorat, karbamid va salisil, sulfosalisil kislotalarining monoetanolaminli tuzlari asosida samarali defoliantlar olishning fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1048.
Ilmiy rahbar: Tog‘asharov Ahad Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magniy xlorat, karbamid va salisil, sulfosalisil kislotalarining monoetanolaminli tuzlari asosida samarali defoliantlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor magniy xlorat, karbamid, salisil va sulfosalisil kislotalarning monoetanolaminli tuzlaridan iborat 10 ta sistemalarning eruvchanlik va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
diagrammalarda hosil bo‘lgan yangi 6 ta birikmalar (C6H4(OH)COOH∙NH2C2H4OH,C6H3(OH)COOHSO2OH∙NH2C2H4OH,C6H3(OH)COOHSO2OH∙CO(NH2)2,C6H4(OH)COOMgClO3∙2H2O,[Mg(H2O)6](C6H3(OH)COOSO3H)2‧2H2O va [(C6H3(OH)COOSO3)2Mg(H2O)2]∙2H2O) individualligi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida mavjudligi isbotlangan;
salisil kislotasi va monoetanolamin asosida fiziologik faol modda sintez qilish jarayonining kinetik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda reaksiya tartibi 1, faollanish energiyasi 75,58 kJ/molga tengligi isbotlangan;
magniy xlorat, karbamid, salisil va sulfosalisil kislotalarning monoetanolaminli tuzlari asosida 3 ta samarali defoliant tarkiblarni olinish usullari, sarf meyorlari, texnologik sxemasi hamda moddiy balansi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magniy xlorat, karbamid, salisil va sulfosalisil kislotalarning monoetanolaminli tuzlaridan fiziologik faol xossaga ega defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan salisil va sulfosalisil kislotalarining monoetanolaminli tuzlaridan FZ-20200929348 raqamli “Fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarning tuzilishi bilan ularning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilish” mavzudagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 4 avgustdagi 4/1255-1907-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyihada fiziologik faol moddalar sintezining maqbul sharoitlarini ishlab chiqishda qo‘llanma material sifatida foydalanish imkonini bergan;
44,6 % [35,7 % Magniy xlorat, 8,9 % Magniy xlorid], 0,9 % monoetanolamin salisilat, 54,5 % suvdan iborat defoliant tarkibning olinish texnologiyasi “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning 2026-2027-yillarda joriy etiladigan isdiqbolli ishlanmalari ro‘yxatiga kiritilgan (Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning 2025 yil 8 iyuldagi 814-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir vaqtning o‘zida fiziologik jarayonlarni tezlashtiruvchi, oziqlantiruvchi suyuq defoliant olish imkoniyatlari yaratiladi;
40,6 % [32,5 % Magniy xlorat, 8,1 % Magniy xlorid], 8,9 % karbamid, 0,9 % monoetanolamin sulfosalisilat, 49,6 % suvdan iborat defoliant tarkibning olinish texnologiyasi “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning “2026-2027-yillarda joriy etiladigan isdiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Ifoda agro kimyo himoya” MChJ QKning 2025 yil 8 iyuldagi 814-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir vaqtning o‘zida fiziologik jarayonlarni tezlashtiruvchi, oziqlantiruvchi suyuq defoliant olish imkoniyatlari yaratiladi.