Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ekstraksion fosfor, nitrat va sul`fat kislotalarni qayta ishlash asosida suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T813.
Ilmiy maslahatchi: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich. texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sherquziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bentonitli barqarorlashtiruvchini qo‘llab, ekstraksion fosfor, nitrat va sul`fat kislotalari, azot va kaliy tuzlarini qayta ishlash asosida suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
muvozanatlashgan va suspendirlangan NP-, NPK-, NPS- va NPKS-o‘g‘itlar uchun asosiy ammofos bo‘tqasini tayyorlashning qulay sharoitini ta’minlaydigan maqbul (pH=6,5) qiymati aniqlangan;
suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itlarning har qanday tarkibining bir xilligini va qatlamlarga ajralishga barqarorligini maksimal darajada saqlaydigan Ammofos bo‘tqasi : Bentonit suspenziyasi = 100:3 minimal nisbati aniqlangan;
SKO‘ past kristallanish harorati va tiniqlik darajasi bilan tavsiflanadigan, shuningdek, g‘o‘za o‘simligini ozuqa elementlarning maqbul nisbati bilan ta’minlaydigan N : P2O5 = 1 : 0,7 va N : P2O5 : K2O = 1 : 0,7 : 0,5 maqbul og‘irlik nisbatlari topilgan;
azot va oltingugurt komponentlari sifatida nitrat va sul`fat kislotalaridan foydalanish orqali ammofos bo‘tqasini ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sul`fati yoki suyuq KAS (karbamid-ammiakli selitra) kabi qattiq azotli o‘g‘itlar bilan aralashtirish bosqichlarini bartaraf etish isbotlangan;
tuproqqa N - 200, P2O5 - 140, K2O - 100, S - 20-40 kg/ga S miqdorida kompleks o‘g‘itlar berilishini, o‘simliklar oziqlanishi uchun azot, fosfor va kaliydan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadigan oltingugurt bilan taminlaydigan suspendirlangan NPKS-o‘g‘itlar tarkibi ishlab chiqilgan;
barg bilan oziqlantirishga mo‘ljallangan NP- va NPK-o‘g‘itlar uchun tiniq bazis eritmasini hamda uzoq muddatli ta’sirga ega qattiq sitrat eruvchan NPMg-o‘g‘itini olishni ta’minlaydigan ammofos bo‘tqasini suyuq va qattiq fazalarga ajratishda ammofos bo‘tqasidagi pH maqbul qiymati 6,5 ekanligi asoslangan;
EFK, nitrat va sul`fat kislotalari, azot va kaliy tuzlari asosida yangi turdagi suyuq va suspendirlangan NP-, NPK-, NPS- va NPKS-o‘g‘itlar tarkiblarini olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekstraksion fosfor, nitrat va sul`fat kislotalari, kaliy xloridni qayta ishlash asosida suyuq va suspendirlangan, muvozanatlashgan NP-, NPK-, NPS- va NPKS-o‘g‘itlar texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
EFKni ammoniylashtirib, karbamid va kaliy xlorid qo‘shish asosida suspendirlangan NP- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 16 iyundagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va iqlim sharoitlarni o‘ziga xos xossalarini hisobga oluvchi muvozanatlashgan, suyuq kompleks kompozisiyalar tarkibini ishlab chiqish, shu orqali qishloq xo‘jaligining ekologik barqarorligini ta’minlash imkonini beradi;
tozalangan ammofos suspenziyasi, karbamid va kaliy xloridi asosida suyuq NP- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 16 iyundagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqxona xo‘jaliklari va klasterlarda bargdan oziqlantirishda tomchilatib qo‘llash uchun samarali bo‘lgan muvozanatlashgan kompleks o‘g‘itlarning tiniq eritmalarini olish imkonini beradi;
EFK, nitrat va sul`fat kislotalari aralashmalarini ammoniylashtirib, kaliy xloridi qo‘shish asosida suspendirlangan NP-, NPK-, NPS- va NPKS-o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK-AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 16 iyundagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suspendirlangan SKO‘ tarkibi tuproqdagi ozuqa moddalarini o‘zlashtirishga yordam beradigan, shu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilaydigan turli hil ozuqa elementlari (N, P, K, S va boshqalar) bilan boyitish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish