Qodirov Olimjon Raximjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aerosilga suv, uglerod (IV) oksidi, benzol va ammiak molekulalari adsorbsiya molekulyar mexanizmlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K947.
Ilmiy rahbar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmanov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Aerosil adsorbentida qutbli va qutbsiz molekulalarning adsorbsiyasiga xos termodinamik xususiyatlarni, sirt yuzasining tuzilishini hamda faol markazlarda adsorbat molekulalarining lokalizatsiya holatini yuqori aniqlikka ega adsorbsion kalorimetrik uskunalar yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikrokalorimetrik usulda suv, benzol, ammiak, azot va uglerod (IV) oksidi molekulalarining aerosil adsorbentida adsorbsiyasining adsorbsiya aniq izotermalari va to‘liq termodinamik tavsiflari aniqlangan;
aerosilda suv, ammiak, benzol va uglerod (IV) oksidi molekulalarining adsorbsiya differensial issiqligi bosqichli ko‘rinishda egri chiziqlar bilan ifodalanib va har bir bosqichda faol sirt yuzalardagi proton va natriy kationlari bilan ion molekulya komplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
aerosilga past haroratli azot adsorbsiya sirt yuzalari BET, Lengmyur tenglamalari yordamida hisoblandi. Aerosilni 150, 250, 350 va 4500C haroratlarda vakumli sharoitda tozalandi. Harorat ko‘tarilishi bilan azotga nisbatan o‘ziga xos surt yuzalari kattalashihi aniqlangan;
aerosil adsorbentiga suv, benzol, ammiak va uglerod (IV) oksidi molekulalari adsorbsiyalanishi jarayonida, sorbent sirt yuzalarida joylashgan H+ va Na+ kationlarining sorbsion markazlarga migratsiyasi isbotlangan.
aerosil adsorbenti faol sirt yuzalarida adsorbat molekulalari proton va natriy kationlari bilan ((C6H6)n/Nan+(H+), ((CO2)n/Nan+(H+), ((NH3)n/Nan+(H+) va (H2O)n/Nan+(H+)) ion-molekulyar komplekslar hosil qiladi va kuchli adsorbsiyalanishi va lokalizatsiyalanishi aniqlangan;
aerosil adsorbentida suv, benzol, ammiak, azot va uglerod (IV) oksidi molekulalarining adsorbsiya izotermalari yarim logarfimik qiymatlari hisoblandi va adsorbentga sorbsiyalangan molekulalarning sirt yuzalari BET, Lengmyur tenglamalari asosida tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aerosil adsorbentining adsorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft mahsulotlarini suv molekulalaridan tozalashda Aerosil «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2025 yil 14 iyuldagi 15/84-son ma’lumotnomasi). Natijada, benzin va dizel yoqilg‘isi tarkibidagi suv molekulalarini tozalash imkonini beradi;
neftni qayta ishlashda neft mahsulotlarini tarkibidagi qo‘shimcha aromatik birikmalardan tozalashda aerosil «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2025 yil 14 iyuldagi 15/84-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni mahsulotlari tarkibidan aromatik birikmalar (benzol) molekulalaridan tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish