Eminov Afzal Ashrapovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Texnik maqsadlardagi alyumosilikat keramik materiallarining tarkiblarini va past haroratda olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T963.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Vereshhagin Vladimir Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaqulov Xoltura Chorievich. texnika fanlari doktori, professor; Iskanderov Axmed Maksedbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo komponentlari asosida texnik maqsadlardagi alyumosilikat keramik materiallarining tarkiblarini va past haroratda olish texnologiyasini ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Al`yans kaolinini ho‘l usulda boyitish orqali olingan AKF-3 markali kaolin konsentrati asosida texnik keramika tarkiblarini ishlab chiqish imkoniyatlari asoslangan;
yuqori glinozemli massaning import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqishda kaolin, glinozem tarkibli chiqindilardan suyuqlanma hosil qiluvchi qo‘shimchalar bilan birgalikda foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
alyumosilikat namunalarida mullit va korund kristall fazalari hosil bo‘lishiga g‘ovak strukturani va nanodispers alyuminiy oksidining ta’sir aniqlangan; 
kaolin va bentonitlar bilan birgalikdagi glinozem tarkibli chiqindi miqdorining alyumosilikat namunalarining edirilishga va maydalash qobiliyatiga ta’siri aniqlangan;
yuqori xaroratda pishishdagi fizik-kimyoviy jarayonlar oydinlashtirilgan va 1000-1400oS harorat oraligida yuqori glinozemli massa namunalarida mullit, korund va qisman kristobalit minerallarining kristall fazalari hosil qilish bilan fazaviy o‘tishlari aniqlangan; 
maydalovchi jism, qoplama koshin va keramik izolyator namunalarining fizik-kimyoviy, texnologik, ekspluatatsiya va dielektrik xossalarining omuxta komponent tarkibiga bog‘lik ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
mullitkorundli namunalardan izolyator uchqun beruvchi shamlarida butlovchi element sifatida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
maydalovchi jism, qoplama koshin va keramik izolyatorlar olish uchun pishishning texnologik rejimlari va yuqori glinozemli massaning fraksiya tarkiblari maqbullashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik maqsadlardagi alyumosilikat keramik materiallar tarkiblarini va past haroratda olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo komponentlari asosida mullitkorundli maydalovchi jismning ishlab chiqilgan  tarkibi va olish texnologiyasi “Bekabod-ogneupor” QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Bekabod-ogneupor” QKning 2025 yil 23 iyundagi 106-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilganga nisbatan uch marta arzon maydalovchi jism ishlab chiqish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo komponentlari asosida yuqori glinozemli massadan olingan mullitkorundli qoplama koshin tarkibi va olish texnologiyasi  “ART GLOSS GALLERY” QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“ART GLOSS GALLERY” QKning 2025 yil 10 iyuldagi 10/11 2025-6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuyish agregatlari uchun chetdan keltirilganga nisbatan uch marta arzon qoplama koshin ishlab chiqarish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo komponentlari asosida uchqun beruvchi shamlar uchun keramik izolyatorlarning ishlab chiqilgan tarkib va olish texnologiyasi “AZIA PORSELAIN TRADE” MChJ QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2025 yil 24 iyuldagi 02/15-2501 son ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratli texnologiya asosida standart talablarga mos kelgan mahsulot olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish