Axmedova Charos Zafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kognitiv buzilishlarning rivojlanishida etiologik omillarning roli va surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqish», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3551.
Ilmiy rahbar: Xakimova Soxiba Ziyadulloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanova Zilola Farxodovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Azizova Rano Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
sitomegalovirus infeksiyasining surunkali bosh miya ishemiyasi rivojlanishidagi etiologik rolini, uning miyada qon aylanishi, qon tomir endoteliy faoliyati va kognitiv qobiliyatlarga ta’sirini ilmiy jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkazilgan tadqiqot natijasida surunkali bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan nevrologik defisitning kuchayishi, kognitiv, koordinatsion va astenonevrotik buzilishlarning avj olishi bilan sitomegalovirus infeksiyasining patogenetik bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali bosh miya ishemiyasiga chalingan bemorlarda prokoagulyant faollikni baholashda trombodinamik tahlil yuqori axborotli diagnostik instrument sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi hamda ushbu tahlil natijalari bilan miya gemodinamikasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda gemostazning yaqqol buzilishida, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatining pasayishida, kognitiv buzilishlarning kuchayishida sitomegalovirus (SMV) infeksiyasining patogenetik roli asosida bosh miyaning neyrovizualizatsion o‘zgarishlari bilan korrelyasiyasida virusli yuklama va miya to‘qimasining strukturaviy destruksiyasi o‘rtasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor sitomegalovirus infeksiyasi fonida surunkali miya ishemiyasini davolashda medikamentoz (neyroprotektor NPep-12, antikoagulyant-antiagregant terapiya) va nomedikamentoz (art-terapiya) usullarni integratsiyalashdan iborat bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida surunkali miya ishemiyasi patogenezining qon tomir, kognitiv va hissiy bo‘g‘iniga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan kompleks yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosa 2025 yil 7 maydagi 17/24-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqot natijasida surunkali bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan nevrologik defisitning kuchayishi, kognitiv, koordinatsion va astenonevrotik buzilishlarning avj olishi bilan sitomegalovirus infeksiyasining patogenetik bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 15-martdagi №7-I-son buyruq asosida va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 17-fevraldagi №88-U-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SMV-statusni inobatga olgan kompleks tekshiruv yuqori aniqlikdagi diagnostika imkoniyatini yaratib, asoratlar va nogironlik holatlarini kamaytirgan, bemorlarning hayot sifatini yaxshilagan va ularning mehnatga layoqatliligini saqlab qolishga xizmat qilgan. Bu esa aholining salomatligini mustahkamlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Iqtisodiy samaradorlik: erta diagnostika natijasida gospitalizatsiya muddati o‘rtacha 2,7 kunga qisqargan va har bir bemor uchun davolash xarajatlari o‘rtacha 630000 so‘mga kamaygan. 100 nafar bemor hisobiga yillik iqtisodiy samara 63000000 so‘mni tashkil etgan. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan. Xulosa: surunkali bosh miya ishemiyasida kognitiv, koordinatsion va astenonevrotik buzilishlar bilan birga sitomegalovirus infeksiyasining patogenetik bog‘liqligini inobatga olgan holda kompleks tekshiruv, erta diagnostika va reabilitatsiya choralarini qo‘llash kasallikning og‘ir kechishini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish va mehnatga layoqatliligini uzoq muddat saqlab qolishda samarali usul sifatida e’tirof etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali bosh miya ishemiyasiga chalingan bemorlarda prokoagulyant faollikni baholashda trombodinamik tahlil yuqori axborotli diagnostik instrument sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi hamda ushbu tahlil natijalari bilan miya gemodinamikasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 15-martdagi №7-I-son buyruq asosida va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 17-fevraldagi №88-U-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: trombodinamik tahlilning amaliyotga joriy etilishi surunkali bosh miya ishemiyasiga chalingan bemorlarda prokoagulyant faollikni erta aniqlash imkoniyatini yaratdi. Miya gemodinamikasi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq patogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda xavf guruhidagi bemorlarni maqsadli nazorat qilish va individual reabilitatsiya choralarini ishlab chiqish ta’minlandi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, og‘ir asoratlar va nogironlikning oldini olish, shuningdek, mehnatga layoqatliligini saqlab qolishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: bir bemor uchun o‘rtacha 570000 so‘m, 100 bemor uchun yiliga 57000000 so‘m miqdorida mablag‘ tejashni ta’minladi, laborator va instrumental xarajatlarni 20–30% qisqartirdi. Xulosa: trombodinamika–T2 usuli SBMI bemorlarida prokoagulyant faollikni aniq baholash, miya gemodinamikasi bilan bog‘liqlikni erta aniqlash hamda shaxsga yo‘naltirilgan profilaktika va reabilitatsiyani qo‘llashga imkoniya beruvchi ishonchli diagnostik usul bo‘lib, og‘ir oqibatlarni kamaytirish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali miya ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda gemostazning yaqqol buzilishida, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatining pasayishida, kognitiv buzilishlarning kuchayishida sitomegalovirus (SMV) infeksiyasining patogenetik roli asosida bosh miyaning neyrovizualizatsion o‘zgarishlari bilan korrelyasiyasida virusli yuklama va miya to‘qimasining strukturaviy destruksiyasi o‘rtasidagi bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 15-martdagi №7-I-son buyruq asosida va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 17-fevraldagi №88-U-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SMV infeksiyasining surunkali miya ishemiyasidagi patogenetik rolini aniqlash bemorlarni xavf guruhiga ajratish, giperkoagulyasion sindrom va miya perfuziyasi buzilishlarini erta aniqlash, shuningdek, kognitiv buzilishlarning avj olishining oldini olishga qaratilgan individual profilaktika va reabilitatsiya choralarini ishlab chiqish imkonini berdi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, og‘ir asoratlar va nogironlik darajasini kamaytirish hamda mehnatga layoqatliligini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu yondashuvni joriy etish SBMI bemorlarida kasallikni erta aniqlash va maqsadli davolash imkonini berdi, asoratlar va qayta gospitalizatsiyalar kamaydi. Natijada bir bemor uchun o‘rtacha 210000 so‘m, 100 bemor uchun yiliga 21000000 so‘m tejashga erishildi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirib, samaradorlikni oshirdi. Xulosa: sitomegalovirus infeksiyasining surunkali bosh miya ishemiyasidagi patogenetik roli aniqlanishi kasallikni erta tashxislash, xavf guruhidagi bemorlarni nazorat qilish va individual profilaktika hamda reabilitatsiya choralarini qo‘llashga asos yaratdi. Bu yondashuv og‘ir oqibatlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda samarali usul sifatida e’tirof etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor sitomegalovirus infeksiyasi fonida surunkali miya ishemiyasini davolashda medikamentoz (neyroprotektor NPep-12, antikoagulyant-antiagregant terapiya) va nomedikamentoz (art-terapiya) usullarni integratsiyalashdan iborat bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida surunkali miya ishemiyasi patogenezining qon tomir, kognitiv va hissiy bo‘g‘iniga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan kompleks yondashuv asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 15-martdagi №7-I-son buyruq asosida va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 17-fevraldagi №88-U-son buyruq asosida amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SBMI bemorlarini davolashga kompleks yondashuv (NPEP-12 preparati, art-terapiya va antikoagulyant- antiagregant terapiya)ni joriy etish kognitiv funksiyalar va miya perfuziyasi ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshiladi. Bu bemorlarning hayot sifatini oshirish, nogironlik va qayta kasalxonaga yotqizish holatlarini kamaytirish, shuningdek, mehnatga layoqatliligini uzoq muddat saqlab qolishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: SBMI bemorlarini davolashga kompleks yondashuvni (NPEP-12 preparati, art-terapiya va antikoagulyant- antiagregant terapiya) amaliyotga joriy etish natijasida gospitalizatsiya muddati 10 kundan 6 kungacha qisqardi. Bu bir bemor uchun statsionar xarajatlarini o‘rtacha 802500 so‘mga kamaytirish va dori-darmon xarajatlarida qo‘shimcha 140000 so‘m tejash imkonini berdi. 100 nafar bemor hisobiga esa yiliga qariyb 94250000 so‘mlik mablag‘ni tejashga erishildi. Xulosa: ilk bor asoslangan SBMIni davolashga kompleks yondashuv (NPEP-12, art-terapiya, antikoagulyant- antiagregant terapiya) bemorlarda kognitiv funksiyalar va miya perfuziyasi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilan birga, gospitalizatsiya muddatini qisqartirish, xarajatlarni kamaytirish va mehnatga layoqatliligini saqlab qolishga yordam beruvchi samarali usul sifatida e’tirof etildi. Ushbu natijalar SBMI bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotiga SMV omilni hisobga olgan holda personallashtirilgan yondashuvni joriy etish zarurligini asoslab bergan.