Kurbanov Elyor Ermamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4352.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Xamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini qayta ta’sir etish (interfaol) darajasi mutanosibligini ta’minlash maqsadida ma’naviy-axloqiy tarbiya (kognitiv-maqsadli, faoliyatga doir va refleksiv) komponentlari didaktik talablar (anglash, tahlil, uqtirish, o‘zlashtirish)ni joriy qilish asosida aniqlashtirilgan;
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirishning yaxlit modeli ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga qaratilgan kasbiy kompetensiya komponentlari (bilim, ko‘nikma, malaka, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik) tarbiyaviy jarayon dinamikasiga tarbiya metodlari (debat, fasilitatsiya)ni integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirish metodikasi ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayoni samaradorligi kasbiy mahorat (o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik texnikaga ega bo‘lish), deontologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosida  takomillashtirilgan;
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga tayyorlashning an’anaviy tizimi (avtoritar uslubda pedagogik tadbirlarni uyushtirish)dan alohida farq qiluvchi «Intensiv tarbiya-taraqqiyot garovi» nomli yangi texnologik kouching dasturini ishlab chiqish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini ta’minlash maqsadida ma’naviy-axloqiy tarbiya  komponentlari didaktik talablarni joriy qilish bo‘yicha takliflardan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil “24”-maydagi “10”-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024-yil “28”-maydagi “78”-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga oid nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash usullari boyitilgan;
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirishning yaxlit modeli ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga qaratilgan kasbiy kompetensiya komponentlari tarbiyaviy jarayon dinamikasiga tarbiya metodlarini integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflardan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil “24”-maydagi “10”-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024-yil “28”-maydagi “78”-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish mazmuni boyitilgan;
falsafiy kategoriyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini takomillashtirish metodikasi ma’naviy-axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayoni samaradorligi kasbiy mahorat, deontologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosida  takomillashtirishga oid takliflardan «Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda foydalanilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil “29”-maydagi “10”-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2023-yil “30”-maydagi “71”-sonli buyrug‘iga asosan). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish