Xatamov Kobil Xayrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt442.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakarov Qulmat Ashirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini tashkil qilish va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy vositalar tarkibida hisobga olinayotgan ob’ektlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida asosiy vositalarning takomillashgan turkumlash guruhi ishlab chiqilgan;
asosiy vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarning mahsulot tannarxiga to‘g‘ri olib borilishini ta’minlashda ta’mirlash zaxirasi bo‘yicha amortizatsiya fondini yaratish hamda uning hisobini yuritish bo‘yicha amaldagi ishchi schyotlar rejasi takomillashtirilgan;
tovar xomashyo birjasidan sotib olingan transport vositalarining davlat raqamlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirishda 0450-“Auksion orqali olingan transport vositalarining davlat raqamlari” hamda 0550-“Auksion orqali olingan transport vositalarining davlat raqamlari amortizatsiyasi” nomli yangi ishchi schyotlardan foydalanish taklif etilgan;
asosiy vositalar auditi natijalarining ishonchliligi va sifatini oshirishda tahliliy amallar hamda moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlaridan moliyaviy holat tahlilida foydalanish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
asosiy vositalarni amaliyotda turkumlashning takomillashgan guruhi bo‘yicha berilgan takliflari “O‘zdonmahsulot” AKtizimidagi “Galla-Alteg” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan(“O‘zdonmahsulot” AKtizimidagi “Galla-Alteg” AJning 2018 yil 16 apreldagi 03/345-son ma’lumotnomaci). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etishda asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri guruhlash hamda undan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan;
asosiy vositalarni amortizatsiya fondini tashkil etish va uni alohida schyotini ochish takliflari “O‘zdonmahsulot” AKtizimidagi “Galla-Alteg” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan(“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi “Galla-Alteg” AJning 2018 yil 16 apreldagi 03/345-son ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasidaasosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari nazoratga olingan hamda shu bilan birga asosiy vositalarni o‘z vaqtida modernizsiya qilib borilishi takomillashtirilgan;
“Auksion orqali olingan transport vositalarining davlat raqamlari” nomli va uning amortizatsiyasini hisobga oluvchi ishchi schyotlarni ochish bo‘yicha takliflari “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi “Toshkentdonmahsulotlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zdonmahsulot” AKtizimidagi “Toshkentdonmahsulotlari” AJning 2018 yil 26 maydagi 4/568-son ma’lumotnomaci). Bu taklifning amaliyotga joriy qilinishi orqali korxonada amortizatsiya xarajatlarini boshqa operatsion xarajatlarga qo‘shgan holda soliqqa tortiladigan bazani hisoblashda ushbu summa xarajatlar tarkibidan chiqarilib, foyda hisobidan qoplanishi tartibi ishlab chiqilishi natijasida ushbu xarajatni alohida ishchi schyotida olib borish imkoniyati yaratilgan;
asosiy vositalar harakatini auditorlik nazoratidan o‘tkazishda moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlaridan foydalanish takliflari O‘zbekiston Auditorlar palatasining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 12 fevraldagi 429 p-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Ustavining 2.2-bandiga asosan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2018 yil 12 iyundagi 44-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishinatijasida korxonada moddiy resurslardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish darajasiga baho berish imkoniyati takomillashtirilgan.