Tuxtasinova Munira Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik xususiyatlari ” (PIRLS xalqaro baholash dasturi misolida) 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped4897
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Safarova Rohatoy G‘aybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Tashibekova Munojat Xashimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik xususiyatlarini o‘rganish va ta’lim samarodorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aksiologik munosabatning indentivligiga urg‘u berish asnosida integrativ namoyon bo‘lish dinamikasini ona tili, o‘qish savodxonligi, matn turlari va ular ustida ishlash mantig‘ini belgilashning zamonaviy yondashuvlari aniqlashtirilgan.
ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida xalqaro baholashlar dasturidan foydalanishning nazariy asoslari didaktik tayyorgarligi o‘quv jarayonini prognostik modellashtirish asosida rejalashtirish hamda nazariy va amaliy bilimlarni animatsion va virtual vositalar orqali vizual qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish natijasida matnni o‘qish va tushunish ko‘nikmalarining diagnostik bosqichlari takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish modeli o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tushunish, tahlil qilish va mazmunni qayta ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kognitiv, metakognitiv faoliyatga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari badiiy va semantik o‘qish ko‘nikmalarini uzviy integratsiyada shakllantirish, matnga tayangan holda kontekstual tahlil orqali mustaqil mantiqiy xulosalar chiqarish hamda matnning lingvistik jihatlarini chuqur anglashga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aksiologik munosabatning indentivligiga urg‘u berish asnosida integrativ namoyon bo‘lish dinamikasini ona tili, o‘qish savodxonligi, matn turlari va ular ustida ishlash mantig‘ini belgilashning zamonaviy yondashuvlariga oid taklif va tavsiyalari “Pedagogik takt va etika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 901417-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada innovatsion metodlar va topshiriqlarni modellashtirishga doir bilimlar shakllangan;
ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida xalqaro baholashlar dasturidan foydalanishning nazariy asoslari didaktik tayyorgarligi o‘quv jarayonini prognostik modellashtirish asosida rejalashtirish hamda nazariy va amaliy bilimlarni animatsion va virtual vositalar orqali vizual qabul qilish imkoniyatlariga oid takliflar “Pedagogik takt va etika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 901417-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada hissiy-majoziy idrok, fikr va ma’lumotlarni integratsiyalash bo‘yicha bilimlarni shakllantirish, ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarni pedagog tomonidan tashkil etiladigan pedagogik mehnat, faoliyat jarayonida bajarilishi shart bo’lgan vazifalarni sidqidildan bajarishlariga yo‘naltirishga doir bilim va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish modeli o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tushunish, tahlil qilish va mazmunni qayta ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kognitiv, metakognitiv faoliyatga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlarga oid taklif va tavsiyalaridan “Xalqaro baholash tizimi” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 360681-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada boshlang‘ich sinflarning ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish modelini metodik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.
boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari badiiy va semantik o‘qish ko‘nikmalarini uzviy integratsiyada shakllantirish, matnga tayangan holda kontekstual tahlil orqali mustaqil mantiqiy xulosalar chiqarish hamda matnning lingvistik jihatlarini chuqur anglashga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalari “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli ko‘rsatuvi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 16-sentyabr 2025 yil. 05-09-1448-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishga oid pedagogik shart-sharoitlar amaliyotda keng qamrovda joriy etilib, ularning ommalashuviga erishildi.