Xudaykulova Shaxlo Mamaniyazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy  qarashlarini neyropedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishning metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1094.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temur Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadiqovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktor, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 
bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy qarashlarini neyropedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishning nazariy va metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy qarashlarini rivojlantirishdagi nazariy yondashuvlar mazmuni kognitiv-psixologik tamoyillarni tajriba-sinovga asoslangan empirik tahlillar vositasida neyropedagogik paradigmalarga motivatsion-harakatlantiruvchi mexanizmlar va ijtimoiy-psixologik moslashuv tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash asosida ochib berilgan;
axloqiy rivojlanish va neyropedagogik usullarning valentli aloqadorligi individual kognitiv-emotsional xususiyatlarga xos kognitiv-kreativ neyroyondashuvlarning ijtimoiy-axloqiy ko‘nikmalarini aksiologik tahlilning turli tarkibiy-tasnifiy modellariga xos empatik idrok va refleksiya jarayonlariga interfaol o‘qitish vositasida optimallashtirish orqali nazariy jihatdan asoslangan;
axloqiy qarashlarni shakllantirishning samarali neyropedagogik metod va texnologiyalari yoshlar ongini qadriyatlar asosida rivojlantirishga qaratilgan kognitiv-muloqotli platformalar, refleksiv empatiyani rag‘batlantiruvchi innovatsion ta’lim vositalari bilan boyitilib, kognitiv-kreativ tafakkurni faollashtirishga mos keluvchi  neyropedagogik yondashuvlarga asoslangan tarkibiy metodikalar orqali aniqlashtirilgan;
o‘quv jarayoniga neyropedagogik texnologiyalarni tatbiq etish usullari yoshlar ongida axloqiy tamoyillarni shakllantirishga qaratilgan avtodidaktik muhit, intellektual aks ettirish platformalari va axloqiy-baholovchi komponentlarni verbal va noverbal muloqotni rag‘batlantiruvchi qiyosiy-tahliliy vositalarga kognitiv-tasviriy integratsiya orqali induktiv moslashtirish asosida ishlab chiqilgan;
axloqiy qarashlarni neyropedagogik asosda rivojlantirish shakllari bo‘lajak o‘qituvchilarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan kognitiv-emotsional stimulyasiya, refleksiv tahlil vositalari, muloqotga yo‘naltirilgan kognitiv maydonlar va empatik induksiya mexanizmlarini axloqiy qarorlarga interaktiv tarzda yo‘naltirish orqali muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy qarashlarini neyropedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kognitiv-psixologik tamoyillarni tajriba-sinovga asoslangan empirik tahlillar vositasida neyropedagogik paradigmalarga motivatsion-harakatlantiruvchi mexanizmlar va ijtimoiy-psixologik moslashuv tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash asosida ochib berilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy qarashlarini rivojlantirishdagi nazariy yondashuvlar mazmuniga oid taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 23 maydagi 04/11-6513-son ma’lumotnomasi). Natijada, neyropedagogik texnologiyalarni oliy pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
 individual kognitiv-emotsional xususiyatlarga xos kognitiv-kreativ neyroyondashuvlarning ijtimoiy-axloqiy ko‘nikmalarini aksiologik tahlilning turli tarkibiy-tasnifiy modellariga xos empatik idrok va refleksiya jarayonlariga interfaol o‘qitish vositasida optimallashtirish orqali nazariy jihatdan asoslangan axloqiy rivojlanish va neyropedagogik usullarning valentli aloqadorligiga doir xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 11 martdagi №103-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning axloqiy qarashlarini neyropedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan metodik tizim takomillashtirishga xizmat qilgan; 
yoshlar ongini qadriyatlar asosida rivojlantirishga qaratilgan kognitiv-muloqotli platformalar, refleksiv empatiyani rag‘batlantiruvchi innovatsion ta’lim vositalari bilan boyitilib, kognitiv-kreativ tafakkurni faollashtirishga mos keluvchi  neyropedagogik yondashuvlarga asoslangan tarkibiy metodikalar orqali aniqlashtirilgan axloqiy qarashlarni shakllantirishning samarali neyropedagogik metod va texnologiyalariga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 11 martdagi №103-son ma’lumotnomasi). Natijada, neyrtexnologiyalarni qo‘llagan holda talabalarda axloqiy sifatlarni takomillashtirishga qaratilgan amaliy dars ishlanmalarini yaratishga xizmat qilgan;
yoshlar ongida axloqiy tamoyillarni shakllantirishga qaratilgan avtodidaktik muhit, intellektual aks ettirish platformalari va axloqiy-baholovchi komponentlarni verbal va noverbal muloqotni rag‘batlantiruvchi qiyosiy-tahliliy vositalarga kognitiv-tasviriy integratsiya orqali induktiv moslashtirish asosida ishlab chiqilgan o‘quv jarayoniga neyropedagogik texnologiyalarni tatbiq etish usullari, bo‘lajak o‘qituvchilarda axloqiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan kognitiv-emotsional stimulyasiya, refleksiv tahlil vositalari, muloqotga yo‘naltirilgan kognitiv maydonlar va empatik induksiya mexanizmlarini axloqiy qarorlarga interaktiv tarzda yo‘naltirish orqali muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan axloqiy qarashlarni neyropedagogik asosda rivojlantirish shakllari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi DUK “O‘zbekiston 24” ijodiy birlshmasi davlat muassasasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlshmasi davlat muassasasining 2025 yil 28 maydagi 05-09-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda axloqiy sifatlarni neyropedagogik texnologiyalarni ommalashtirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish